SHOIRLIKKA YOL

Yuragimdir shafaqrang,
Lolalarga oxshaydi.
Bobom xop omochlagan
Dalalarga oxshaydi.
Vaysiy, Mohlaroyimga
Doir bolmoqchiydim men.
Dardi dunyoni tutgan
Shoir bolmoqchiydim men.
Shoir bolay, deb Undan
Toza dardlar tiladim.
Dardlansin deb yurakni
Tirnadim, timdaladim.
Konglimning gulbogida
Unar sher yalpizlari.
Koksimning har yogida,
Tirnogimning izlari.
Yuragimda shu yoziq,
Baxt  bu solmas gulimdir.
Timdalangan har chiziq
Shoirlikka yolimdir.
