AVTOBUSDA

Yana kozlarimga singib ketdi tun,
Umrim sahnasida yana oppoq rang.
Shoshilib kelmoqda yana yangi kun,
Yangi tong qoshigi bermoqda jarang.
Bir chekkada bekat. Moshin tola yol.
Jilmaygan kozlarim bitta nuqtada.
Solib bitay dedi sabr degan gul,
Axiyri avtobus kelib toxtadi.
Orzular eshigi bolgan avtobus
Manzilga shoshadi men bilan birga.
Kecha-kunduz tinim bilmaydi hanuz,
Nuqul tovonini ishqalar yerga.
Kozlarimga tolib ketmoqda hayrat
Avtobusdan boqib ketayotgan on.
Bugun boshqacharoq korindi hayot,
Bugun hamma menga tuyuldi shodon.
Daraxtlar tillorang romolin orab,
Kuzgi izgirindan qilmas diydiyo.
Avtobus oynasi ortidan qara-a-ab,
Ustidan kulganim sezmaydi dunyo.

