KOZBOYLAGICH

(Bolalar oyini)
Asli katta oyin ekan kozboylagich,
Yiqitmogi tayin ekan kozboylagich.
Har tarafda sarson, ojiz yurishlikdek
Azob soat sayin ekan, kozboylagich.
Nur adashib, zulmat bosgan yollaringda
Goh dost, gohi xoin ekan kozboylagich.
Sharpa berib, keyin ozin obqochishar,
Ming bir aldovdayin ekan kozboylagich.
Hayot asli oyin, toki kozlaringdan
Yechilmasa qiyin ekan kozboylagich.
* * *
Yollarimda U yoqqan fonus,
Yuragimda alvon atirgul.
Yor deb yonsam, yiglasa qaqnus,
Mendan ishqni organsa bulbul.
Bu qurmagur devona kongul,
Samolardan axtarar sarhad.
Chap koksimda alvon atirgul 
Shirin qiynoq, sher atalmish dard.
Qarshi chiqmam dunyoi dunga,
Qizil gulga tolmoqda bagrim.
Xazon fasli kelmaydi bunga,
Axir ozing borsan-ku, Tangrim.
Qollarimdan tutib olib yur,
Ozing yorug qilgan yollarga.
Yana tez-tez nur yuborib tur
Koksimdagi atirgullarga!
* * *
Xazonlar ichinda turibman karaxt,
Hislarim kelishmas, sozlarim tomtoq.
Hovlimizda osgan, ey, sershox daraxt,
Ikkimiznikidir shu ona tuproq.
Sherlarimning tami shirinmas, taxir,
Lek dardim tinglaysan kecha-yu kunduz.
Sen menga vatandosh, tuproqdosh axir,
Ikkimiznikidir shu chuqur ildiz.
Korsam shoxlaringda gullarning rangin,
Gul bolalik kelar xotirlarimga.
Ikkalamizni ham ostirdi zamin,
Tomirlaring tutash tomirlarimga.
Bu oxshashlik oyga toldirdi meni,
Shu ona tuproqsiz senu men sagir.
Kozyoshlarim bilan sugoray seni,
Sen menga tuproqdosh, vatandosh, axir.
Xazonzor ichinda turibman sokin,
Xayolim nogohon shamoldek yeldi.
Bu buyuk Vatanni yozishdan oldin,
Daraxtlar haqida kuylagim keldi.
