TUGAMAGAN SHER

Sizga achinaman, shersiz kunlarim,
Tasviri qogozga tushmagan tonglar.
Shirin damlarim siz  otkan tunlarim,
Faqat oq-qoradan iborat ranglar.
Sizga achinaman, mazmunsiz onlar,
Behuda aylangan soat kapgiri.
Sizga achinaman, bom-bosh tomonlar,
Hayot  gavjumlikning xaridorgiri.
Senga achinaman, bedard yuragim
* * *
Har qadamda gul ildiz otar,
Har soatda aylanadi yer.
Oy korinib, quyosh ham botar,
Nega hanuz yaralmaydi sher?
Tun ham uxlar  bunda men bedor,
Oy, kel, qollaringni menga ber.
Tong otyapti yurak homilador,
Qachon tugiladi sher?!
* * *
Yurakdek bir qush bor, osmondek moviy...
Iqbol MIRZO
Nahotki, yozishga hech vaqoyim yoq,
Nahotki, yuragim hissiz va bom-bosh.
Kuylamay ketishga kelgan joyim yoq,
Yurakda sayraydi bir qush, sirli qush.
Ul qushdirki nolon qumri yo bulbul,
Haq deb nafas olib, Haq deb yutingan.
Chap koksidan unib qonli qizil gul,
Konglim bilan opa-singil tutingan.
Balki Navoiy ham tinglagan uni,
Balki Pushkin bilan sirlashgani rost.
Tilini tushungan daho Yesenin,
Bir umr vaslini qilganmi havas.
Ana, shundoqqina kezib yuribdi,
Ammo tutib, ushlab bolmaydi qolda.
Mana, yuragimga qonib turibdi,
Endi faqat uchib ketmasa boldi.
Nahotki, yuragim hissiz va bom-bosh,
Nahotki, yozishga hech vaqoyim yoq.
Sayrayver yurakda, ey qush, sirli qush,
Kuylamay ketishga kelgan joyim yoq.
* * *
Yuragimga gavhar sozlar sochib qoy,
Hayot, tingla qalbim ovozasini.
Tangrim, ozing uygot, qulfin ochib qoy
Qulflangan kozim darvozasini.
Men faqat oldinga chopib boryapman,
Yolda qoqilmasdan, toymasdan toshga.
Qara, bulutlardan chiqib boryapman,
Yana, yana biroz qoldi Quyoshga!!!
* * *
Olovlarda kuyib, yonib toymadim,
Sekundlarni oz holiga qoymadim.
Fursat bilan quvlashmachoq oynadim,
Vaqtimdan baxtimni yutib olay, deb.
Changalimda chirsillagan chog ushladim,
Yolimdan tosh chiqsa toshni tishladim,
Tovonimda tikon odim tashladim,
Kiyiksoqmogidan otib olay, deb.
Adabiyot, munavvar qil yolimni,
Oppoq orzularga yozdim dilimni,
Olis osmonlarga chozdim qolimni,
Mashrab etagidan tutib olay, deb.
Ruhin Namongonda kutib olay, deb.
* * *
Ona, qanday gamgin bola olaman,
Kokda yulduz xanda otganda.
Men yiglashni bilmay qolaman,
Nastarinlar gullab yotganda.
Otam meni asraydi kuyib,
Shunga kozim yigi bilmaydi.
Vatan meni ovutib qoyib,
Ornimga ham ozi yiglaydi.
Bugun shunday xursandman, hayhot,
Yuragim ham quyoshli, oyli.
Bazan tajang koringan hayot,
Tabassuming buncha chiroyli.
