YOR-YOR

Oydina opamga
Maysalar arosinda
yalpiz yiglar, yor-yor,
Surmalar qarosinda
bir qiz yiglar, yor-yor.
Quyosh chaqnab ketgaydir,
kozlari kulganda qiz,
Chirmandaga yiglama,
oylarga arzanda qiz.
Manzili qaydin-qaydin
uyga yetodi, yor-yor.
Orzusi oydin-oydin
opam ketodi, yor-yor.
Dili alyora opam,
sizga baxtlar tiloyin,
Kochangizdan otganda
allalar eshitoyin.
Xayolimni ogirlab,
yiglama yalpizgina.
Shodliklarga yogrilib,
ana ketdi qizgina.
Men yoshlikman
Maysalar arosinda
yalpiz yiglar, yor-yor.
Surmalar qarosinda
bir qiz yiglar yor-yor.
SURXONDARYODA
Mashrab yurtidan keldim,
Hiyyo-hiyyo, hiyyo-hiy.
Barchin ortidan keldim,
Hiyyo-hiyyo, hiyyo-hiy.
Oybarchinim qaydasan,
Hayyo-huyt, hayyo-huyt.
Hoy Alp inim, qaydasan.
Hayyo-huyt, hayyo-huyt.
Oybarchinning jamolin
Soyla, dutorim.
Alp jigitning kamolin
Kuyla, dutorim.
Surxonning toglarida,
Boysunning boglarida
Qoshiq aytay, momojon.
Mashrab bobom devonin,
Qahhor baxshi dostonin
Qoshib aytay, momojon.
Baxtim ortaveradi,
Shukur shunday zamonga.
Konglim tortaveradi
Surxondayra tomonga
Hayyo-huyt, hayyo-huyt.
Men yoshlikman
* * *
Kokni tutgoli keldim,
Bir tokilib olsinda.
Qoshiq aytgoli keldim
Daryoning yaqosinda
Huv quyoshni quchoqlab
Turganimni kim korgan?
Momom-chi, kokilimga
Baxtimni qoshib organ.
Eh-hey, kohna Namongon,
Baytlar topdim kechangdan.
Mashrab qoshiq kuylaydi
Sening har bir kochangda.
Tuygularim yam-yashil,
Orzularim gulzordir.
Sayrayverar jonqushim,
Yuragim bulbulzordir.
Hayot qilgan jilvalar
Bir gozal tuyuladi.
Koksimdagi jilgalar
Bogzimga quyiladi.

Kokni tutgoli keldim,
Bir tokilib olsinda.
Qoshiq aytgoli keldim
Daryoning yaqosinda
TOSHKENT YOLIDA
Fasli bahor e masdir motamsaro,
Ammo konglimda bir boshliqdek gohi.
Kurtak yozayotgan daraxtlar aro
Habib Sadulloning mamnun nigohi.
Birdan xayollarim ketar sochilib,
Bahor kezib yurar Toshkan yolida.
Zulfiya turibdi qiygos ochilib,
Salqin saharlarda, bodom gulida.
Qaldirgochlar keldi shoirni sorab,
Qalbda quvonch, shodlik, shukuh, onajon.
Oppoq gullayotgan orikka qarab,
Bunda sher oqiydi Hamid Olimjon.






BEKATDA

Bekat, ajib sarguzashtlar makoni,
Bu yerda tokilib ketar yuragim.
Yangi sher yozishning vaqti, imkoni,
Shu yerda sokilib ketar yuragim.
Bunda kutiladi, sinalar sabr,
Dilim gozallikni kuylayotibdi.
Garchi yaqinlashib qoldi sentyabr,
Yuragimda bahor gullab yotibdi.
Kozida ishonchdan boshqa narsa yoq,
Qarang, qaro tunday qoradir qoshi.
Koksida quvonchdan boshqa narsa yoq,
Bekatda gul sotar mening tengdoshim.
4-M.Abbosova




ARUZ MASHQI

Ul sanam nazar etsa, baland kongil toqiyo,
Aning ot nigohidin kuylarim oynoqiyo.
Koziga boqsam toyib, qarochogida kuyib,
Qadah qil koksim oyib, may quy manam soqiyo.
Kozining otashidin olovxor qaqnus oldim,
Nigohin kuylar ajab jon qushin sayroqiyo.
Qayrilib qaroshiga yetarmi bardoshima,
Oftobroy qoshiga, parvona bormoqiyo.
Jon yetar poyoniga, dil visol ayyomiga,
Qiyoni qiyomiga yetkazib qilsa qiyo.





GUL GAZALI

Kordim gulgun yuzingda billur tomchi yoshing, gul,
Boqqa kirsam har sahar tazimdadur boshing, gul.
Sabo sochlaring oynab, chamanda xirom etsa,
Chamamda yoshurgaysen, atay kozu qoshing, gul.
Bale, qadding qiyomat, ham belu qoling nozik,
Va le banding omonat, metin sabru doshing, gul.
Quyoshga boqqaymusen, quyosh senga boqarmu,
Va yo oshigingmu ayt, kokdagi quyoshing, gul.
Nahorda oftob nur taratgay sabzalarga,
Ki rohat boshing egib, kokiling taroshing, gul.
Gulga aylan, Mehrinoz, Gul shahrida gul sayli,
Hur Vatan bir chamandur, sening ham qiyosing gul.
* * *
Ozbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarovning Yetti
gozal, Qirq gozal nomli suratlariga qarab
Koz eshigida ki priklar turodurlar soqchiday,
Anga kirmakchi bolgon jonini olmoqchiday.
Qon qizil guncha labi, mena ayondek talabi,
Ishqida yonganlarni kul qilib, kulmoqchiday.
Anga shaydo ishq ahliga choh qazib kulgichlari,
Kuydirishda quyoshning bir bolagi bolmoqchiday.
Ikki ol yonogiga tushgan ul qaro zulfi,
Ushshoqi zorga atay qoyilgan sirmoqchaday.
Yetti gozal yetmish ming tomirlarim chirt uzib,
Qirq gozal qirq jonim sorasa qandoq chiday.
Nigohiga Mehrinoz kirmoqni etsam ixtiyor,
Koz eshigida ki priklar turodurlar soqchiday.





KUZATISH

(kuz aytish)
Derazamni ochdim, boshlandi hayot,
Xonamdan kuzata boshladim darrov.
Yo rab, koz ongimda shamollar jallod,
Barglarning boshini olar beayov.
Tagin kuz kelibdi, firoq hukmron,
Visollar ustidan hijronlar golib.
Shamol uvillaydi yiglagansimon,
Daraxtning boyniga osilib olib.
Hayratdan tek qotib tursam, hamalning
Ohlari yurakni chimchilab oldi.
Shartta derazamni yopdim, shamolning
Rangsiz koylaklari qimchilib qoldi.
Eh, faqat kuzatib turmoqlik qiyin





OZODLIK

Anov kokda uchib yurgan qush,
Bir paytlari mungayib xomush,
Yotar edi qafasda qaqshab,
Endi esa ozoddir, erkin,
Kokka baland uchishi mumkin,
Xuddi menga oxshab!
Men yoshlikman
* * *
Havoyi gaplardan kimga nima naf,
Befoyda soz  solib bitgan gul.
Topa oldimmikin? Qaysi bir taraf
Sen togri deb korsatyotgan yol.
Dunyo  gavjum bozor, narxlari baland,
Qachon yurishadi savdoim?
Menga ozing kutib turgan yol bilan,
Solmaydigan gul ber, Xudoyim.





TANOVOR

Gulli kochalarda tashlayman qadam,
Gulgun hislarimda savollar tugun.
Balki u yonimda turar ayni dam,
Topolarmikinman uni shu bugun.
Qayrilib qarayman, qani, qayerda?
Nahotki, yoqlikka ketganman singib.
Nur bolib chiqaman zulmat qaridan,
Yoningga yetaman yellarni yengib.
Mana, senga oppoq yuragim tutdim,
Bir bor korsatmaysan ozingni nechun?
Seni eslayman deb ozni unutdim,
Ozimni yoqotdim seni topmoq-chun.
Sen esa qayerda, kutyapsan neni?
Qara, kozlarimning sohillari nam.
Olamga hayqirib chaqirsam seni,
Javob berar hatto togu toshlar ham.
Nega sukutdasan  nimaga jimsan?
Tinmay beraverdim shu savollarni.
Nigohing aksi bor falakka qasam,
Izlayverdim senga eltar yollarni.
Qayerga bormayin sezib turaman
Ortimdan kuzatgan nigohing kuchin.
Borimni beraman, jonim beraman
Osha nigohingni kormoqlik uchun.
Isming aytay desam kuydi tomogim,
Bogzim hamma yogi ilma-teshik nay.
Hatto daraxtlar ham senga intilsa,
Men nega turishim kerak indamay.
Dunyoni kezarman Mashrabday dalli,
Sen tengsiz mashuqsan, biz sozsiz ushshoq.
Odimlasam faqat sening yoding-la,
Tikon ham sanchildi gul kabi yumshoq.
Sirqirab qon oqdi tovonlarimdan,
Va bu qon tuproqqa qorishib ketdi.
Yuragim quyoshga aylandi birdan,
Konglim kochalari yorishib ketdi.
Havoning shaklini kora boshladim,
Shamolning rangini ilgadim nogoh.
Sirli visolingni topishim haqqi,
Menga butun borliq boldi xayrixoh.
Osmonda nigohing, gulda orazing,
Toglarda savlating, bagring qirlarda.
Mayin sabolarda uchdi nafasing,
Siymong gavdalandi rangin nurlarda.
Gunchaning labida pichirlading sen,
Qushlar sen orgatgan qoshiqni aytdi.
Yellar etagini hilpiratib keng,
Hiromon aylamish boglarda daydi.
Bani borliq senga qilar ibodat,
Ruhim qushi sayrar sen tomon ucha.
Topdim, mujassamsan, sendan iborat
Zamindan to olis koinotgacha.
Entikdim nomingni takrorlayotib,
Seni axtarishni qilmasdan kanda.
Tun qora korpasin ustiga yopib,
Oyni yostiq qilib uxlab yotganda.
Asta chayqaladi osmon dengizi,
Yulduzlar kozimga ketmoqda sachrab.
Har bir nafasimda nafasing sezib,
Kozimda kozingni qololsam asrab.
Topdim, senga bolgan chin ishqim golib,
Bildim, bildirmasdan kuzatyotgan kim.
Endi yuragimga joylashib olib,
Kozlarimdan qarab tur, Tangrim.
Kozlarimdan qarab tur Tangrim!




CHISTON

Ayni gozal chogi Navrozdin iborat,
Yal-yal yashil qabosi koz-kozdin iborat.
Zangori ton birla feruz kozga oxshaydur,
Ton yechsa ajab boshdin-ayoq kozdin iborat.
(Bodom)


TORTLIKLAR

Orzugulim yashnab osmoqda durkun,
Xayolning eng gozal qasrini qurdim:
Qollarimni chozsam yetadi bir kun
Osmonning boshini silashga qurbim.
* * *
Dunyo, meni anoyi bilma,
Kamolim baxt bolib gullaydi.
Mening sabrim tugagunicha,
Sabrning ham sabri tugaydi.
60
Mehrinoz Abbosova
* * *
Shuncha quvonchlardan yuragim karaxt,
Asta omad qushin yelkamga oldim.
Baxt bu  osmonopar ulkan bir daraxt,
Uning shoxlariga ilinib qoldim.
UCHLIKLAR
Nega gullamasdan turibsan karaxt,
Yiqilib ketar deb gam ye ma, daraxt,
Senikidan chuqur mening ildizim.
* * *
Bir ozimni tashlab qochsang ham,
Boshimdan balolar sochsang ham,
Men senga gul sovga qilaman.
