MUBORAKBOD

Ozbekiston belgisi kokrak nishoni sohiblariga
Mana, koksingizda tole yulduzi,
Yurakka nur sochib porlab turibdi.
Buyuk kelajakka masullik hissi,
Sizni kamolotga chorlab turibdi.
Mana, kozingizda quvonch surati,
Tuygular toshadi vujudga sigmay.
Turibsiz qalblarda yurt muhabbati,
Vatanni quchoqlab, opmoqlikka shay.
Alqaylik gullagan Vatan ertasin,
Buyuk qilayotgan ulug insonni.
Yashaylik mana shu nishon singari
Yuraklarga qadab Ozbekistonni.
Yuraklarga qadab OZBEKISTONni!
* * *
Mana men  yoshlikman, hech olmasman tin,
Vatan, bir koringga kelar yaragim.
Menga bor dardingni aytishing mumkin,
Bugun jussamdan ham katta yuragim.
Bola edim, yelkalab yurguvchi otam
Kaftida avaylab, suyib ostirdi.
Yiqilsam, qolimdan tutguvchi Vatan
Suyanchigim bolib, suyab ostirdi.
Bunda shamollar ham mayin yeladi,
Qaydan topgum bundoq Oftobistonni.
Endi menga suyan, degim keladi,
Shart bagrimga bosib Ozbekistonni!
