XITOB

Bolasin avaylab suyar edi kop,
Tayyor turar doim borin bermakka.
Ona yuvib-tarab tayinladi xop,
Dog tushirmagin, deb oppoq koylakka.
Bolakay unutdi, yubordi tokib
Oppoq koylagiga anor donasin.
Song uyiga qaytdi biroz qorqinib,
Axir ranjitgandi aziz onasin.
Ohu faryod urib qilmasdan nola,
Ona jim yigladi, yum-yum yigladi.
Boshqa qilmaslikka soz berdi bola,
Jajji yurakchasi nedir ilgadi.
Bu dog aylanmasin vahshat qoniga,
Xalqing  onang sendan shod bolsin, tokay.
Buyuk, pok millat-u Vatan shaniga
Dog tushirmayman, deb soz ber, bolakay!
* * *
Menga har qachongidan
Hurram korindi bu kuz,
Koksimning chap yogida
Gullab ketdi bitta soz.
Kecha tugilgan toychoq,
Bugun-chi, saman boldi.
Yolda ketar ekanman,
Korganim chaman boldi.
Tor va toshloq kochalar
Keng bugun, ravon bugun.
Koz yetmagan choqqilar
Oshilgan dovon bugun.
Yarim yollarda qolsin
Oz sozidan qaytganlar.
VATANdek buyuk sozni
Til uchida aytganlar.
* * *
Tuni bilan qon boldi bagir,
Koksimda hech chaqmadi chaqmoq.
Shoir uchun judayam ogir
Bom-bosh yurak bilan uygonmoq.
Sonmasmikin kozlarimdagi
Tangrim yoqib qoygan chiroqlar.
Peshonamda tamgaday abad
Soroqlar, soroqlar, soroqlar.
Har bir quvonchimda Vatan izi bor,
Uning toleida men ham bormanmi.
Har bir nafasimga Vatan daxldor,
Men Vatanga daxldormanmi?!
Shu savollar girdobi yutar,
Yechim topmas kongil sirlarim.
Evoh, har tong yoqamdan tutar
Hali yozilmagan sherlarim.

