FEVRAL SHERI

Laylakqor, yogaver, bermaysan xalal,
Hislarim sher bolib kelar potirlab.
Koksing aslo sovuq muz e mas, fevral,
Bagringdan chiqqan-ku ikki qaynoq qalb.
Ul qaynoq qalblardan taft olib oqshom,
Mashq yozurman bunda gujgon yulduz-la.
Qancha ashorlarning guvohi, o sham,
Hazrat Navoiydan, Boburdan sozla.
Qalam tutib oyga-xayolga tolgan,
Hikmat tola kozlarini aytib ber.
Dillaridan otib, yozilmay qolgan,
Minglab buyuk sozlarini aytib ber.
Bu zamon oqimoq, uqimoq oni,
Boylaylik sheriyat dovonlaridan.
Kel, topaylik ikki buyuk siymoni
Har bir baytlari-yu devonlaridan.
Ul ikki dahoni oqiyapmizu,
Mening kozlarimda chaqnaydi quyosh.
Ul ikki dahoni uqiyapmizu,
Sening yuzlaringdan dumalaydi yosh.
Jonida Navoiy quyoshi bor sham
Jismida Boburning koz yoshi bor sham

MAY

Ismin yozib yaproq bagriga,
Berkinvolib titroq bagriga,
Yomgirlardek tuproq bagriga
Botib ketayotir may.
Bahor yakun topganligini,
Koklam eshik yopganligini,
Quyosh gulni opganligini
Sotib ketayotir may.
Ortqilab yillarning gamini,
Oftobda kuydirib tanini,
Ayriliqning achchiq tamini
Totib ketayotir may.
Dol, yomgir ham tinib bir pasda,
Bahoroyni yetaklab asta,
Iyunning qoliga guldasta
Tutib ketayotir may.
Tirnalgan koksimni tirnamay,
Tolsang, tokilmasang bunda may,
Hozir yonginamdan indamay
Otib ketayotir may.
Otib ketayotir may


IYUN

Baliq tilin tishlaydi har choq,
Hamisha osuda, sokindir ummon.
Menga hayqirishning cheklovlari yoq,
Axir men insonman, insonman, inson!
To qurib qolishga haqqim yoq zinhor!
Hatto jilovini olgum quyunning.
Bagriga daryoday tolib kirgum bor
Lablari quruqshab qolgan iyunning.
