BOYCHECHAKLI SHER

Kok yuziga tortdi qora pardasin,
Tashqari shi p-shiydon. Huvillar kocha.
Shamol zulumotga qilar zardasin,
Sovuqdan uh tortib, guvillar kecha.
Men xayol suraman ashor togrida,
Qizim, uxla, deydi, onam kuyunchak.
Gozal tun, farahbaxsh fevral bagrida
Yuragimni yorib chiqar boychechak.
Tutdim koklam hidi anqqan qalamni,
Mana tong otmoqda, sherim bitadi.
Bahorni sogingan butun olamni,
Boychechakning boyi tutib ketadi.
