YOMGIR

Oqshom sukunati chokkan shaharga
Yoz yomgiri yogar jimlikni buzib.
Yana qaytging kelar gozal bahorga,
Yana ketolmaysan konglingni uzib.
Mayda-mayda tomchi sachrar har yoqqa,
Konglimga yogilar zavqi shu onning.
Yigloqi bulutning yoqasi loyqa,
Etagi shalabbo bolar osmonning
* * *
Ajab sohir tuyulmoqda bu damlar,
Hayqirib kuylaydi hatto toshgacha.
Nechun beparvosiz axir, odamlar,
Bu tun ozgachadir, tamom boshqacha!
Boqaman olisga nigohim sanchib,
Osmon chamanini qurshar oq gullar.
Kun boyi sershovqin shahar ham tinchib,
Biroz mizgish uchun chozilar yollar.
Bu kech kongil qushi yana sayradi,
Tun ham qulluq aytar tabriklarimga.
Uyqudagi gozal dunyo hayrati
Ilinib qoladi ki priklarimga.


BAHOR


Har tong derazamning qanotin ochib,
Bir olam muhabbat bilan qarayman.
Va dildan talpinib, hayqirib, toshib,
Bahor keldimi, deb shoshib sorayman.
Mana, kokda qator varraklar ila
Qoshilib kezmoqda mehr va soginch.
Orik ham bejirim koylaklariga
Yana taqib oldi oppoq tognogich.
Gozallik uygondi, mana men guvoh,
Endi yorug tonglar e masdir garib.
Quyoshning tikilib qarashidan, oh,
Qizgaldoqlar yuzi ketdi qizarib.
Bu holat surati kochdi yurakka,
Dunyoni unutdim, ozni unutdim.
Vada bersa-da u yana kelmakka,
Bahorning qolidan mahkamroq tutdim.

* * *
Bu zamon boronlar qilolmas hamla,
Yomgir.
Halinchalak.
Gozal bogdaman.
Toza ruhim, toza tuygularim-la,
Hozir osmondan ham balandroqdaman.
Koklam yomgirida sehrli kuy bor,
Bu kuydan uygonib ketar ona Yer.
Tangrim yuborayotgan sozlarni, bahor,
Yomgir iplaringda olib tushib ber.
Tegramda dunyoning joni halakda,
Tashlab qoyar menga hayot koz qirin.
Yangi sher yozyapman halinchalakda,
Tinglab yoshligimning qiqir-qiqirin.
2-M.Abbosova
* * *
Baxtdan masrur ruhimni ilkis
Qurshab oldi jununvash hislar.
Otiribman xonamda yolgiz,
Konglimdagi YOLGIZni eslab.
Yuragimdan potrab nimadir
Tiqildi-yov bogzimga muzdak.
Ozi koksim tolib turuvdi,
Yomgir yogdi ustiga-ustak.
Togrimdagin keldi yupatgim,
Tosatdan kozguga koz solib,
Tanimadim, yiglayotgan kim,
Kozlarimga berkinib olib
