TUGILGAN KUNIM

Mana bugun mening tugilgan kunim,
Nega, nima uchun qutlaydi barcha.
Axir nima qildim, neni dondirdim,
Tugilganimdan to shu kunimgacha?
Otgan kunlarimni qilgancha tahrir,
Komilib boraman tubsiz soroqqa.
Nega tushunmaysiz, odamlar, axir
Arzirli nimam bor tabriklamoqqa?
Hali uxloqligim, mudroqligimmi,
Ayting, qanday yaxshi jihatlarim bor?
Yoki ota ketgan qorqoqligimmi,
Siz jimsiz. Sozimni qilmaysiz inkor.
Stolda turibdi haqiqat torti,
Biroq uning tami biroz achchiqroq.
Picha adolatning tamini totib,
Bir bolak vijdonga uzatdim barmoq.
Avjga chiqdi ziyofatning davomi...
Qadahlar qoshigi, shampanlar raqsi.
Evoh, xudbinlikning quyuq sharobi
Koylagimga sachrab ketmadi yaxshi.
3
Eshik taqillatdi Baxt, Quvonch, Shodlik,
Ochsam turar bari tutib quchoq gul.
Kirib keldi yangi hamrohim  YOSHLIK,
Ammo nimagadir konmasdi kongil.
Men yangi dostlarga qilib iltifot,
Bilmabman u meni oksib kutganin.
Sezmabman, qadrdon bolaligimning
Qachon, qanday uydan chiqib ketganin.
Mana bugun mening tugilgan kunim
* * *
Uxloq hislarimni seldek gurlatgan,
Qoshida suyukman, qoshida suyuk.
Kamolim gullatgan, yolim nurlatgan,
Ul BUYUK!
Yurakda yurtimni yashnatishdek ahd,
Meni bagir ochib kutayotgan  Baxt.
Yonimdan sezdirmay otayotgan vaqt
Yuguruk!
OZI yuragimga naqshladi ishonch,
Endi tuygularim e mas yalongoch,
Koksimda childirma chalyapti quvonch:
Duk-duk-duk...
* * *
Inson unutuvchi de makdir.
Hadisdan
Kulsam, yiglash tamom chiqadi yoddan,
Yiglasam, unutgum nogoh kulguni.
Borligin bildirib turadi, zotan,
Eslolmay qolishdan qorqaman UNI.
Bilishni bilmayman, borligim gumroh,
Dilim qachongacha otar qutquda.
Toki insonlikdan charchadim evoh,
Tezroq shoir bolgim kelyapti juda.
