OTASHKURAK

Shom chogi, Jahon Otin qoshiq xirgoyi qilib,
korpa qavib otirar edi. Tosatdan hovli etagida qora
sharpa paydo boldi. Jirkanch qiyofadagi sharpa
hamlasidan Jahon Otinni ayvon ustuniga suyoglik
turgan otashkurak asrab qoldi.
Jahon Otin UVAYSIY videofilmidan
Seni korsam konglim osar, otashkurak,
Yurak tinmay seni qomsar, otashkurak.
Otashkurak, gardlaringni kozga suray,
Qaynoq, otash yuragimni senga beray.
Seni korsa quvnab ketar ikki kozim,
Tarifingga kamlik qilar bu dam sozim.
Seni molu dunyolarga alishmasman,
Ming-ming oltin  tillolarga alishmasman.
Mumtoz nazm devorida izing qolgan,
Senga mehrim, senga madhim dilga solgum.
Hazrat momom asrab qolgan azmannishon,
Hazrat momom alqab qoygan azmannishon.
Koksim  gulxan, olov  yurak, otash  yurak,
Seni korsam konglim osar, otashkurak.
