UCHRASHUV
-  Bu yerda yolg'izmisiz?
Yigitcha qayrilib qarab, yonida keksa xitoylikni ko'rdi. U uncha baland bo'lmagan, sochlari oqargan, tepakal va jilmayganida yuzini yashnatib yuboruvchi jigarrang ko'zli odam edi. Xonadagi ko'pchilik erkaklar kabi uning ham egnida qora smoking va oq ko'ylak, bo'yniga kapalaknusxa qora bo'yinbog' bog'langandi.
-  Ha, yolg'iz o'zimman, - deb javob berdi yigitcha ham qariyaga jilmaygancha.
- Men ham,- dedi chol. - Yoningingizga o'tirsam, maylimi?
-  Mehmonim bo'ling, - javob berdi yigitcha
-  Ajoyib to'y bo'lyapti, shundaymasmi?
-   Agar sizga shunday narsalar yoqsa... - dedi yigitcha.
-  Nima, sizga to'y tantanasi yoqmayaptimi?- so'radi chol.
-    Biz yashayotgan kunda bularning barchasi kulgili tomosha, shundaymasmi? - dedi yigitcha stulga suyanib olib.
-  Aynan nima?- so'radi  chol.
-  Nikon.
-   Agar ikki inson bir-birini sevmasalar, nikoh bu kulgili tomoshadir, - dedi chol.
-  Sevgi! - xitob qildi yigitcha. - Sevgi nima o'zi? Odamlar doimo sevadilar va soviydilar. Ular goho bir-biriga sadoqatlidirlar, gohida esa bir-birlarini ko'rishga toqati yo'q. Agar mendan so'rasangiz, - dedi yigitcha, - muhabbatni shunday baland qadrlashlari bekor, u faqat alam va azoblar keltiradi.
-  Surbet bo'lish oson, - javob berdi chol, - lekin ishontirib aytamanki, hayotda muhabbatga nisbatan surbetlarcha munosabatda bo'lishdan ortiq katta xato bo'lishi mumkin emas.
Yigitcha cholga o'gilirdi
-  Nimaga? - so'radi u.
-  Gapimga ishoning, - dedi chol, - umringiz poyoniga yetgan chog'ida qandaydir ahamiyatga ega bo'lgan yagona narsa - bu siz bergan va olgan muhabbatingizdir. Narigi dunyoga safar qilishda o'zingiz bilan olib ketishingiz mumkin bo'lgan narsa - bu muhabbat Bu dunyoda siz qoldiradigan yagona qimmatbaho narsa muhabbatdir. Boshqa hech nima. O'z umrida juda ko'p qiyinchiliklarni oson yengib o'tib, baxtli bo'lgan ko'p kishilarni taniyman, lekin muhabbatsiz hayot kechirgan odamni hali uchratganim yo'q. Mana shu bois muhabbat - bu umrning eng buyuk hadyasi - tushuntirdi chol. - U umrga ma'no kiritadi. Aynan o'sha tufayli hayot yashash uchun arziydi.
-   Bunga uncha ishonolmayman, - deya ming'irladi yigitcha orqasiga o'girilgancha.
-  Nimaga? - so'radi chol.
Yigitcha javob berishdan oldin biroz jim qoldi.
-  Bilasizmi, o'ylaymanki... Nazarimda, sevib qolish - bu romantik afsonadir. Hammamizni qachonlardir kimnidir uchratamiz va sevib qolamiz, deb ishontiradilar, Lekin bu kamdan kam ro'y be-radi. Mabodo ro'y bersa ham uzoqqa bormaydi.
-  Ha... tushunaman, - dedi qariya. - Albatta, siz butunlay haqsiz. Sevib qolmoq - bu romantik
afsona! 
Yigitcha qariyaga tomon o'girildi.
-  To'xtang-chi, - dedi u. - Nazarimda...
-  Bizga muhabbat o'zidan o'zi kelmaydi, - so'zida davom etdi chol jilmaygancha. - Biz uni yaratamiz va har birimiz uni yaratishga layoqatlimiz. Odamlar "sevib qoldim" deb hisoblab, xatoga yo'l qo'yadilar, ular bir kuni ko'chadan ketib borayotib, kimnidir ko'rib qoladilar-u "voh!" deb oshiqu beqaror bo'ladilar deb xayol qiladilar. Lekin bu muhabbat emas.
-  lye, ha nima bo'lmasam? - so'radi yigitcha.
-  Jismoniy mayl, havasdir. Faqat muhabbat emas! Albatta, o'zaro jismoniy mayldan muhabbat rivojlanishi mumkin, lekin haqiqiy muhabbat faqat jismoniy bo'lishi mumkin emas. Sevish uchun -haqiqiy sevish uchun insonni anglash zarur, uni yaxshi bilish va hurmat qilish darkor. Uning omon-esonligi haqida chin dildan qayg'urish kerak. Bu xuddi olmali pirogga o'xshaydi.
- Bu bilan nima demoqchisiz? - so'radi yigitcha.
-  Siz nima deb o'ylaysiz, olma pirogini faqat tomosha qilish bilan uning ta'mini bilish mumkin-mi? - dedi chol.
-  Menimcha, yo'q. Uni yeb ko'rgan ma'qul.
- Albatta. Boshqacha aytganda, uni tashqi
jihatdangina emas, balki ichidan qandayligini bilishingiz zarur, gapimga qo'shilasizmi?
- Ha.
-  Xuddi shu narsa insonlarga ham taalluqlidir, - tushuntirdi chol. - Faqat tashqi ko'rinishiga qarab, qandayligini aniqlashning iloji yo'q. Kimnidir haqiqatda sevish uchun uni ichki olami - uning tabiati, ruhi va qalbini ko'rish kerak. Ko'z bilan ko'rinmaydigan shunday narsalar bor. Bosh harf bilan yozilajak Muhabbatga eng muhimini faqat   qalb ko'zi bilan qarash mumkin.
 Mana shuning uchun ham uzoq muddatli sevgi munosabatlari tasodifiy emas, ular shunchaki ro'y bermaydi, bu omad natijasi emas. Ular parvarish qilinadi va yaraladi.                                              
-  Qanday qilib? - javobni talab qildi yigit.
-  Men bola vaqtimda onam muhabbatning oltin qoidasini o'rgatgan edi, - tushuntirdi chol. - "U juda ham oddiy, - derdi u, - agar seni sevishlarini xohlasang, o'zing ularni yaxshi ko'rgin".
Har birimizda sevish, sevilish va o'z hayotimizda haqiqiy muhabbat munosabatlarini yaratish qobi-liyati bor. Aynan shu bois, mabodo kimlardir usiz yashashni afzal ko'rishi nihoyatda ayanchlidir.
-  Qanday qilib shunday deya olasiz? - e'tiroz bildirdi yigit cholga o'girilib. - Qanday qilib kimlardir muhabbatsiz yashashni afzal ko'rishi mumkin?
Qariya yigitchaning ko'zlariga tik qaradi va javob berdi:
-  Ayrim kishilar ayrilish va yo'qotish vaqtida yuzaga keluvchi alamni boshidan kechirmaslik uchun sevmaslikni afzal ko'radilar.
Yigitcha bu so'zlarni tinglayotganda yuzlari qizarib, tomog'iga bir nima tiqilayotganini sezdi. Qariya uning fikrlarini uqib olayotgandek, unga juda noqulay bo'lib qoldi.
-  Sizni ishontiramanki, - dedi qariya, - muhabbat uchun har bir kishida imkoniyat mavjud, lekin bunda tanlay bilish ham kerak bo'ladi.
Chol qo'shni stolda hayajonlanib bahslashayot-gan juftlikka imo qildi.
-  Mana, qarshingizda yaxshigina misol:' ikki kishi muhabbatda yutib chiqishni emas, bahsda g'alaba qozonishni afzal ko'radilar. Umr tanlovga to'la. Biz o'zimiz tanlashimiz mumkin: haq bo'lib chiqamizmi yoki sevimli bo'lamizmi; biz tanlashimiz mumkin: kechirish yoki o'ch olish; yolg'iz bo'lishmi yoki jamoa ichidami - bularning qay birini tanlashimiz o'zimizga bog'liq. Umrida muhabbati yo'q kishilar ko'pincha, anglab yoki anglamasdan, o'z hayotiy vaziyatlarini o'zlari tanlaydilar.
- Odamlar o'z hayotiy vaziyatlarini o'zlari tanlaydilar? - savolomuz  takrorladi yigitcha.
- Albatta. Umringizning qaysi davrida bo'lmang, hayotdagi vaziyatingiz qandayligidan qat'i nazar, siz uni tanlaganingiz tufayli u shunday. Siz yolg'izmisiz, yo'qmi, baxtli yoki baxtsizmisiz, buning sababi faqat bitta - buni o'zingiz tanlagansiz. Va buni o'zgartirishga faqat o'zingiz qodirsiz!
Ko'pchilik odamlar mabodo boshqa kimdadir topsalar, umrlarida muhabbat bo'lishi mumkin deya hisoblab, yanglishadilar. Ular hayotda o'sha tanho inson paydo bo'lgandagina sevgini boshdan kechiraman, deb hisoblaydilar. Aslida esa ular muhabbatni avval o'zlarida topmagunlaricha, atrofdagi kishilardan uni hech qachon topmaydilar.
Biz hayotga nimani bersak, o'shani undan olamiz. Munosabatlar bizga muhabbatni bermaydi, balki biz munosabatlarga muhabbatni kiritamiz. Biz sevishni o'rgangan chog'imizda hech shubhasiz, muhabbatga limmo-lim munosabatlar tug'iladi. Mana shu bois har bir kishi sevish va suyukli bo'lishi mumkin va hayotiy sharoitlari qanday bo'lishidan qat'i nazar, har bir kishi haqiqiy mehrli munosabat-larni yarata oladi.
- Balki, shundaydir, - dedi yigit, - lekin sizga mos keladiganini uchratishingiz uchun baribir omadli bo'lishingiz kerak, to'g'rimi? Bilasiz-ku, haligi, sizni o'ziga tortadigan bo'lishi kerak.
- Omad bu yerda hech qanday rol o'ynamay-di,- dedi chol.
-  Yaxshi, demak, taqdir. 
Qariya kulimsiradi.
- Taqdir sizga ko'mak qo'lini uzatishi mumkin va odatda shunday bo'ladi ham, lekin o'zingiz ham rolingizni o'ynashingiz darkor. Xona burchagida yolg'iz o'tirgancha birov bilan uchrashishingiz mahol, buning sodir bo'lishi uchun o'rningizdan turishingiz kerak.
-  Bu har doim ham bunchalar oddiy emas, - e'tiroz bildirdi yigit
- Hech kirn buni oddiy demayapti ham, - javob berdi chol. - Lekin agar siz muhabbatni istasangiz, o'z qo'rquvlaringizni yig'ishtirib, hayot sizga berayotgan imkoniyatlardan foydalanishingiz zarur.
-  Bu qanday imkoniyatlar ekan? - so'radi yiaitcha.
- Mening mamlakatimda qachonlardir tunda farishta huzuriga kelib, uni kelajakda kutayotgan buyuk ishlar to'g'risida so'zlab bergan bir inson haqida eski hikoyat bor; uning juda katta boyliklar topish, jamiyatda xizmat qilib yuksak mavqega erishishi va ajoyib ayolga uylanishiga imkoni bo'ladi.
Bu odam bir umr va'da qilingan mo'jizalarni kutib yashadi, lekin hech nima sodir bo'lmadi va oxir-oqibatda u yolg'izlik va qashshoqlikda o'lib ketdi. Jannat eshigiga yetgan chog'ida u ko'p yillar muqaddam huzuriga kelgan farishtani uchratib qoldi va unga yozg'irdi: "Sen menga behisob boyliklar, jamiyatda yuksak mavqe va ajoyib xotin va'da qilganding. Butun umrim davomida kutdim... Lekin hech nima sodir bo'lmadi.
"Senga buni va'da qilmaganman, -javob berdi farishta. - Men senga boylik, jamiyatda baland mavqe va xotining bo'lishi mumkin bo'lgan ajoyib ayol bilan uchrashish imkoniyatini va'da qilgan edim, sen esa ularni o'tkazib yubording".
U odam o'yga cho'mibdi:
"Nima haqda gapirayotganingni tasavvur qilmayapman", - debdi u.
"Esingdami, bir vaqtlar senda kanselyariya korxonasining qaltis kommersiya g'oyasi bo'lgan, lekin omadsizlikdan cho'chib, harakat qilmading-a?" - so'radi farishta.
U odam bosh irg'adi.
"Sen uni amalga oshirishdan bosh tortganing evaziga bir necha yil o'tib, bu g'oya boshqa insonga berildi, u esa uni to'xtatmoqchi bo'lgan qo'rquvlarga yo'l bermadi va agar yodingda bo'lsa, eng boy kishilardan biriga aylandi. Yana, xotirangda bo'lsa, - dedi farishta, - juda qattiq zilzila shaharni larzaga keltirib, ko'p uylarni vayron etgandi va minglab kishilar vayronalardan chiqolmay qolishdi. Senqda tirik qolganlarni topish va qutqarish imkoniyati bor edi, lekin o'zing bo'lmaganingda talonchilar uyingga kirib, bor mol-mulkingni o'g'irlab ketishlaridan qo'rqib, yordam so'rab chaqirgan kishilarga e'tibor bermay, uyingda qolding". 
 U odam o'zini nomusga qo'ygan qilig'ini eslab, bosh irg'adi.
"Bu yuzlab odamlaming hayotini saqlab qolib, shaharda tirik qolganlarning hammasining hurmatini qozonishing uchun ajoyib imkoniyating edi", - dedi farishta.
"Va o'sha ayol, sarg'ish sochli ajoyib ayol senga yoqardiku, yodingdami? Sen o'sha vaqtgacha va keyin ko'rgan birorta boshqa ayolga o'xshamasdi, lekin sendek odamga turmushga chiqish uchun hech qachon rozi bo'lmaydi deb o'ylading va rad etilishdan qo'rqib, uning yonidan o'tib ketding".
U odam yana bosh silkidi, lekin endi uning ko'zlarida yosh qalqardi.
"Ha, do'stim, - dedi farishta, - u sening xotining bo'lishi mumkin edi, u bilan ko'p ajoyib farzandlar ko'rish baxtiga muyassar bo'larding va u bilan umrbod haqiqatda baxtiyor bo'lishing mumkin edi". Hammamizni har kuni shunga o'xshash imkoniyatlar qurshaydi, ular orasida sevish imkoniyati ham bor, lekin ko'pincha shu voqeadagi kishiga o'xshab, biz ulardan foydalanishimiz uchun qo'rquvning halaqit berishiga yo'l qo'yamiz.
-  Qo'rquvga? - savolni takrorladi yigitcha.
- Ha. Qo'rquv. Biz o'zgalar tomon yuz o'girishlaridan qo'rqib bormaymiz, o'z hissiyotlarimiz haqida ustimizdan kulishlaridan cho'chib gapirmaymiz, biz o'zimizni o'zgalar ixtiyoriga topshirmasligimiz ham yo'qotish alamidan qo'rqish tufaylidir.
O'zi yoqtirgan qizlar bilan ularning yo'q deyish-laridan qo'rqib gaplasholmagan barcha voqealar yigitning yodiga tushdi. U boy berilgan barcha imkoniyatiardan xafa bo'lib, chuqur tin oldi.
-  Lekin, - davom etdi chol, - bu voqeadagi o'sha odamdan ko'ra bizda bir ustunlik bor.
- Qanday ustunlik? - ming'irladi yigitcha.
- Biz hali hayotmiz. Bu imkoniyatlardan foyda-lanishni boshlashimiz mumkin. O'z shaxsiy imkoniyatlarni yarata olamiz.
Yigitcha keksa xitoylik    gapirayotgan gaplarning ko'pi o'ziga to'g'ridan to'g'ri aloqadorligini ko'rib turardi. U haqiqiy sevgi munosabatlarini omad chopishi yoki taqdir ishi deb hisoblardi. Yoki shunday odamni uchratasan, yo yo'q. Kimnidir payqaysan, u senga darhol yoqib qoladi va sevib qolasan. Bu aynan shunday sodir bo'ladi, deb o'ylardi, endi cholni tinglab,    undaymasligiga ishondi.
Keksa xitoylik o'rnidan turdi.
-  O'zing sevishni o'rganmaguningcha haqiqiy sevgi munosabatlarini yaratib bo'lmaydi. Sevadigan bo'lishing bilan ketidan, albatta munosabatlar ham keladi.
-  Har bir inson sevishni o'rgana oladi, deya ta'kidlaysizmi? - dedi yigitcha.
-  Albatta, - kulimsiradi qariya. - Sevmoq - olamda eng tabiiy bo'lgan holatdir, o'zini sevish, boshqalarni sevish va hayotni sevish. Qanday sharoitlar bo'lishidan qat'i nazar, umr qanday holatda bo'lmasin, har birimizda sevish, sevilish va haqiqiy muhabbatdan rohatlanish layoqati bor. Faqat uning sirlarini bilish zarur.
-  Qanday sirlar?
-  Haqiqiy muhabbat sirlari.
-Haqiqiy muhabbat siriari?    - takrorladi yigit. - U nima o'zi?
-  Haqiqiy muhabbat sirlari ilk bor odamlarga ming yil muqaddam qadimgi donishmandlar tomonidan ma'lum qilingan. Bu o'nta tamoyil yordamida umringizda shunchaki muhabbat emas, shunday limmo-lim sevgi yaratish mumkinki, u butun hayotingiz davomida sizni tark etmaydi.              
-  Hazillashayapsiz, shekilli? - dedi yigitcha.- Siz har bir odam muhabbatni va sevgiga to'lig' munosabatlarni topadi, deb ta'kidlaysizmi?
- Yo'q. Men har bir inson muhabbatni va haqiqiy sevgi munosabatlarini yarata oladi, deb ta'kid-layman, - javob berdi qariya.
- Nima uchun bunga ishonasiz? - so'radi yigit.
-  Agar kaftlarimni bir-biriga ursam, qarsak ovozi chiqadimi? Bu stolni itarib yuborsam, u suriladimi? Barcha narsalarni boshqaruvchi to'lqinlarni harakatga keltirishdan tortib, quyosh botishigacha tabiat qonunlari, universal qonunlar mavjud. Olimlar bu qonunlardan ko'pini kashf etdilar - fizika qonunlari, harakat qonunlari, jismlarning o'zaro tortishish qonuni. Lekin boshqa qonunlar ham bor - inson tabiatiga taalluqli, salomatligiga va... muhabbatga taalluqli qonunlar bor.
-- Muhabbatga taalluqli qonunlar? - xitob qildi yigitcha. - Agar bunday, siz aytgandek "qonun"lar bor bo'lsa, unda nima uchun ular to'g'risida hech narsa biimaymiz?
- Chunki ba'zan hayotda o'z yo'limizni yo'qotib qo'yamiz. Ba'zan iztirobga tushamiz va hafsalamiz pir bo'ladi, unutamiz va bizga eslatish zarur bo'ladi.
-  Muhabbatsiz hayotda, - dedi keksa jentelmen, - olam g'oyat sovuq va zerikarli joy bo'lib ko'rinardi. Ammo muhabbat tufayli jumlai jahon jannatga aylanadi. Amerikalik buyuk yozuvchilardan biri Tornton Uaylder shunday deb yozgan: "Tirik insonlar o'lkasi va o'liklar mamlakati bor, ular orasidagi ko'prik muhabbat... tiriklikning yagona usuli, yagona ma'nosi". Haqiqiy muhabbat sirlariga amal qil va o'z olaming hamda o'z umringni to'la o'zgartiribgina bu ma'noni topasan.
-  Qanday qilib? - so'radi yigitcha.
Qariya kulimsiradi va bir varaq qog'oz uzatdi. Yigitcha qog'ozga diqqat bilan tikildi, lekin unda faqat o'nta ism va telefon raqami yozilganini ko'rdi. U qog'ozni o'girib, yana nimadir borligiga umid qildi, lekin narigi tomoni toza edi.
-  Bu nima? - dedi u va nigohini qog'ozdan uzdi, ammo... chol g'oyib bo'lgandi. Yigit o'rnidan turib, xonani ko'zdan kechirdi, u hatto tuzukroq qarash uchun stulga chiqib ko'rdi, lekin qariya hech qayerda ko'rinmasdi. U cholning qaytib kelishini kutdi, lekin oradan yarim soat o'tgach, endi bu oqshom keksa xitoylikni ko'rmasligini angladi.
Ketishdan oldin yigit kelin va kuyov bilan xayrlashdi. Uni taklif etganlari uchun minnatdorchilik bildirdi, ularga eng yaxshi tilaklar tiladi va keksa xitoylikni birontalari tanishlarini so'radi. Yangi kelin-kuyov taklif etilganlar ro'yxatida hech qanday xitoylik yo'qligiga ishonchlari komilligini aytishdi. Yigitcha xitoylik, hoynahoy, ofitsiant bo'lsa kerak, degan xulosaga keldi va shu bois chiqayotib, bosh ofitsiantdan uning qo'l ostidagi ofitsiantlardan biri bo'lgan keksa xitoylikni qayerdan topishi mumkinligini so'radi. Ammo bosh ofitsiant ham bunday odam to'g'risida hech qachon eshitmaganini va bunday odam uning qo'l ostida ishlamaganini aytdi.
Yigitning qiziqishi tobora ortgandi. Keksa xitoy-likning o'zi kim edi?