
XOTIMA
Yigitcha to'y sahnasiga nigoh tashlagancha bir o'zi o'tirardi. U avvallari o'zi ko'rgan ba'zi bir juda zo'r yoki hashamdor to'ylarga o'xshamasa-da, bu yerda g'ala-g'ovur, do'stona muhit hukm surardi va yuzga yaqin mehmonlar shodon va quvnoq ko'rinishardi. Ansambl kuy chala boshlagan chog'da yigitcha o'z xayolida bundan ikki yil avvalgi keksa xitoylikni uchratgan to'yga qaytdi. U o'shanda muhabbatga qanchalik hayosizlarcha munosabatda bo'lganini xotirlab, jilmayishdan o'zini tiya olmadi.
U keksa xitoylik ro'yxatidagi odamlar bilan qanday uchrashganini eslab, kulimsirardi. Garchi ularning hammasi chin dildan va ilhom bag'ishlab gapirishsa-da, qalbining qaysidir tubida gumon soya tashlardi. Haqiqiy Muhabbat sirlari unga yordam berishiga ishonchi komil emasdi. Lekin ular, hech shubhasiz, boshqalarga  u kabi muhabbat va haqiqiy mehrli munosabatlar izlab yurgan odamlarga, hayotdan ko'ngli qolgan va zerikarli, yolg'izlikda umr kechirayogan kishilarga, hatto baxtsiz, notinch o'zaro munosabatlar girdobida qolgan insonlarga ham ko'maklashganlar.
Yigitcha kichikroq yondaftarchasiga Haqiqiy Muhabbat sirlarini xulosalovchi va ularni turli hayotiy vaziyatlarda qo'llashning uchta alohida ro'yxatini yozib oldi va qiynalgan daqiqalarda ulardan ilhomlanish hamda bu sirlarni boshqalarga bildirish maqsadida ushbu yondaftarchasini doimo yonida olib yurardi
Xulosalar quyidagicha edi:
Haqiqiy Muhabbalning o'nta siri  o'z hayotingizda muhabbatni yarating.
1. Muhabbatga to'la fikrlarni afzal biling.
2. O'zingizni va o'zgalarni hurmat qilishni
o'rganing.
3.  Diqqatingizni nima olishingizga emas, mma
berishingiz mumkinligiga qarating.
4.  Muhabbat topish uchun avval do'st toping.
5.   Odamlarni bag'ringizga bosing. Quchog'ingizni ochganingizda yuragingizni ham ochasiz.
6.  Hadiklardan, avvaldan xato xulosa chiqarish va baholashdan xalos bo'ling.
7.  O'z hissiyotlaringizni yuzaga chiqaring.
8.  Sadoqatli bo'ling  muhabbat eng yuksak darajadagi ustunlikka ega bo'lsin.
9.   Ehtiros bilan yashang.
10.  O'zgalarga ishoning, o'zingizga va umrin-gizga ishoning.

Haqiqiy Muhabbalning o'nta siri  umr yo'Idoshingizni qanday tanib olmoq mumkin.
1.   Bir umrlik sherikdan sizga zarur bo'lgan jismoniy, hissiy, aqliy va ruhiy sifatlar unda mujassammi?
2.  Uni hurmat qilasizmi?
3.  Uning ehtiyojlarini qondirish uchun nima bera olasiz?
4. U sizning eng yaqin do'stingiz hisoblanadimi? 5.Bir-biringizni bag'ringizga bosganda yaxlit
birlikda ekaningizni sezasizmi?
6.   Bir-biringizga o'sish va ta'lim olish uchun kenglik va erkinlik bera olasizmi?
7.   Sizlar bir-biringiz bilan rostgo'y va ochiq muloqot qila olasizmi?
8. Ikkalangiz ham o'zaro munosabatlaringizga sodiqmisiz?
9.Munosabatlaringizga qat'iyat va ehtiros bilan qaraysizmi? U siz uchun boshqa hamma narsadan ko'proq ahamiyatlimi?
10. Bir-biringizga to'la ishonasizmi?

Haqiqiy Muhabbalning o'nta siri                   munosaballaringizga mehrni
qanday qaytarish.
1. Umr yo'ldoshingiz ehtiyojlari va istaklari
to'g'risida o'zingiznikidan kam o'ylamang.
    2. O'zingiz va sherigingizni qadrlashni o'rga-
ning. O'zingizga: Qaysi sifatlarimni hurmat qila-
man? va Juftimning qaysi jihatlarini hurmatlayman? degan savollarni bering.
3. Munosabatlardan nima xohlashingizga emas,
ularga o'zingiz nima kiritishingizga e'tibor bering.
4. Juftingiz bilan do'stlashing. Umumiy qiziqishlar, umumiy intilishlami izlang.
5. Bir-biringizga   bag'ringizni oching.
6. O'tmishdan xalos bo'ling va kechiring.
Hayotni yangitdan boshlang.
7. O'z hissiyotiaringizni ochiq va rostgo'ylik bilan ifodalang.
8.  O'zaro munosabatlarga o'zingizni to'la bag'ishlang. Juftingizni   ustun jihatlarini qadrlang.
9.  Munosabatlaringizda ehtirosni qayta tiklang.
10. Juftingizga ishonishni o'rganing, munosabatlaringizga ishonch bildiring va shunday yo'l tutingki, ular hech qachon tugamasin.
Haqiqiy Muqabbat sirlarini o'z hayotiga astasekin kirita borib, u o'zgarishlar paydo bo'layotganini seza boshladi. Uning tashqi ko'rinishida hech bir o'ziga xos o'zgarishlar ro'y bennasa-da, har holda, muhim va chuqur o'zgarishlar sodir bo'ldi.
Oilasi va do'stlari, hatto hamkasblari ham uning xulq-atvori o'zgarganini payqadilar. U salomlashganida shunchaki qo'l siqish o'rniga bag'rini ochib ko'rishardi. Insonlar bilan boshqacha: diqqat bilan, hurmat bajo keltirib, doimo ko'zlariga tikilib gaplasha boshladi. U endi boshqalarga vaqt ajratar va ularga astoydil qiziqish bildirib, g'amxo'rlik qilardi. U tanishlarining tug'ilgan kun sanalarini eslash hamda uzoq ko'rishmagan kishilarga shunchaki salom deb, ularni esda tutayotganini bildirib qo'yishni o'ziga qoida qilib oldi. Lekin hammadan ajablanarli tomoni shundaki, u ba'zan shunchaki beixtiyor yaxshi ishlar qilardi. U goho guldasta sotib olar va ko'chada ketayotgan notanish ayolga uning chehrasida uyalish va hayrat ko'rish umidida sovg'a qilardi. U birovning shunchaki tabassumidan yayrab ketardi. 
Ayrim hamkasblari va do'stlari bu o'zgarishlarning sababi nimadaligini undan so'rardilar. Bu qandaydir yangi diniy ta'limotmi yoxud u katta miqdorda pul oldimi? Balki u kayfiyatni ko'taruvchi qandaydir dori qabul qilayotgandir?  U keksa xitoylik va    Haqiqiy Muqabbat sirlari to'g'risida so'zlab berganida kam kishilar ishonardilar. Lekin uning hikoyasini ishonqiramay avvaldan xulosa chiqarmasdan eshitganlar ham bo'ldi va ularning hammasi bir necha oydan keyin minnatdorchilik bildirgancha qo'ng'iroq qilib, bu sirlar ular hayotini qay darajada o'zgartirganlarini so'zlab berardilar. Keyin, ochiq havoda xuddi chaqmoq chaqnagan kabi mo'jizaviy bir narsa sodir bo'ldi. Bir kuni oqshom payti unga qo'ng'iroq qilishdi. Bu bir qiz bo'lib, u bilan uchrashmoqqa izn so'radi. Uning telefon raqamini keksa xitoylik berganini aytdi. Haqiqiy Muhabbat sirlari haqida nimalardir...,  dedi qiz. Ertasi kuni yigit qiz bilan uchrashdi va o'sha zahoti uni yoqtirib qoldi. Qiz nafaqat ko'zlarining issiqligi va chehrasining go'zalligi bilan uni maftun etdi. Ular suhbatlashganlarida u eng muhim narsalar to'g'risida erkin gaplashsa bo'ladigan jondosh qalbni topganini sezardi.
Mana endi Uning huzuriga quchoq ochib kelardi, uning jismoniy go'zalligini faqat qalbininq nafisligi hamda chiroyiiligi biian tenglashtirish mumkin edi. Unga nazar tashlarkan, muhabbat hissi bilan esankiragancha bir lahzaga tin oldi. U haqiqiy muhabbat nimaligini anglagan birinchi ondayoq shu lahzani butun umrga eslab qoldi.
Bu umr bo'yi doimo orzu qilgan, lekin qariya biian
uchrashguncha shunday voqea u bilan ro'y berishi
mumkinligiga aslo ishonmagan o'sha lahza edi. Keksa
xitoylik bilan yana bir bor uchrashib, unga shunchaki
minnatdorchilik bildirib, hech bo'lmaganda, hayotini
o'zgartirishga qanchalik yordam berganini bildirish
uchun yigit nimalar qilmasdi, deysiz. Uni to'yga taklif
etishni qanchalik xohlardi!
 Yigit qizning qo'lidan tutib raqs maydonchasiga
boshlab ketayotganida zaldagilarning hammasi
o'rnidan turib, tabassum bilan qarsak chalishardi.
U och kulrang matodan qoyilmaqom qilib tikilgan
kostum kiygandi, lekin qizning qo'lini tutib borayotganida barchaning nigohi uning yonidagi
ayolga qaratilgandi. Kelinning egnidagi oddiygina,
lekin bashang oq atlasdan tikilgan yelkalari ochiq
ko'ylagi uning tabiiy go'zalligini to'ldirardi.
Ular maydoncha markaziga chiqishganida bir-birlarining ko'zlariga tikilib boqdilar. Ovozlar va qarsaklar tindi va ansambl o'z qo'shig'ini ijro eta; boshladi. Yigitcha atrofini qurshagan va qarsak chalib, ularni ruhlantirib turgan qarindoshlari hamda do'stlarining tabassumli chehralariga nigohini qaratdi. Xonani gir aylantirib qarab chiqqanida, zalning oxirida chiqish eshigi yonida yolg'iz turgan odam uning diqqatini jalb etdi. Bu o'sha edi! Keksa xitoylik o'sha joyda jilmaygancha turardi.