
[IMG]
logo1.png
 

KATTA YOL BOSHIDAGI
TILAKLAR

Aziza Qudratovaning ertak va hikoyalarida ona
tabiatning hali ozingizga notanish va sirli dunyosiga
dadil qadam tashlaysiz. Ozingizga tanish jonivorlarlarning xayolingizga ham kelmagan yangi qirralarini
kashf etasiz. Chunki Aziza mahoratli kuzatuvchi va
yaxshigina xayolparastdir. Uning Elqanotning sarguzashtlari, Tilla tangacha, Tungi mehmon, Oltin
tariq va Mayna bolgan bedanalar kabi ertaklarini
oqib, ijodkorning topqirligiga tan berasiz.Azizaning Elqanotning sarguzashtlari nomli ertagini ilk bor Tursunboy Adashboyev tahriri bilan Ozbekiston adabiyoti va sanati gazetasida oqib chiqdim.
Ertakni oqimadim, balki uni ekranda korsatilayotgan
multfilmday tomosha qildim, desam mubolaga
bolmaydi. Oddiy muqaddima, ammo qiziqarli yechim
bilan yakunlangan sarguzasht siz bolajonlarni ham
sehrlay olishiga aminman.
Mashhur ertakchi Xans Kristian Andersonning
Ertak  bolalar nigohini olovlantira oladigan oltindir,
degan mashhur iborasini yozganida, ertaklarning mo-jizaviy va maftunkor kuchini tabiatdagi eng qimmatbaho
toshning qudratiga majoziy manoda tenglashtirgan degim keladi. Aslida zor bir ertakning kuchi dunyodagi
barcha nodir toshu javohirotlardan ortiqdir!
Albatta, ijodkorning asarlari kamchiliklardan xoli
emas. U hali kop mashq qilishi, tinmay izlanishi lozim.
Mashhur bolalar adibi Xudoyberdi Toxtaboyevning
Soqmoqlar deb nomlangan ilk kitobidagi sozboshida shunday satrlar bor: Soqmoqlar... Ana shu
soqmoqlar yolovchini albatta katta yolga olib chiqadi.
Faqat yolovchida qunt va chidam, istak bolsa bas...
Katta yol boshida turgan Azizaga oq yol tilayman!

Muazzam IBROHMOVA