OLTIN TARIQ

Qadim-qadim zamonda tog choqqisidagi minorada
qirol mushuk yashar ekan. Uning saroyida faqatgina
sichqonlar xizmat qilishar ekan. Qizigi shundaki, qirol
mushuk sichqon va kalamushlarni yemas, aksincha,
ularga juda mehribon va xushmuomala ekan. Xizmatkorlar sichqonlardan birortasi bolalasa, ularning nomini
ham qirol mushukning ozi qoyar ekan.
Kunlarning birida yarim tunda bir ona sichqon bolalabdi. Qirol tunning qoronguligiga ham qaramay, sichqonchaga nom qoyish uchun yertolaga tushibdi.
Qarasa, yangi chaqaloq juda kichgina va tim qora emish.
Saroyda hali bunday rangda sichqoncha tugilmagan
edi. Mushuk unga qoravoy deb ism beribdi va oz tar-
biyasiga olibdi. Ammo qoravoy juda erka, shox va
bezori bolib ulgaya boshlabdi.
Bir kuni qirol mushuk qoravoyga xazinasini korsatibdi. Uning xazinasida juda mazali yeguliklar kop
ekan. Ammo u garoyib qutichada saqlanadigan
kichkinagina tilla tariqni hamma narsadan ustun qoyar
ekan.
- Bu oddiy tariq emas, Qoravoy. U menga ota-bobolarimdan qolgan. Uni avlodlarimga ham yetkazishim
kerak. Nega desang, tilla tariq bor ekan, mushuklar
sichqonlarni hurmat qilib, ularni himoya qilishadi. Shu
vaqtgacha uni hech kimga korsatmagan edim. Mana,
ortamizdagi ahillik siridan sen ham voqif bolding.
Ammo qoravoyning quloqlariga bu gaplar kirmabdi.
U sirli jilvalanayotgan tilla tariq oziniki bolishni xohlar edi.
Bir kuni tunda xazinaga ogrincha kirgan qoravoy tilla
tariqni ogirlamoqchi bolib ogziga solibdi. Sekin
xazinadan chiqib, yotogiga yonalibdi. Ammo nima
bolibdi-yu, yolda tilla tariqni yutib yuboribdi.
Shu vaqt yeru kok larzaga kelibdi. Qoravoy qarasa,
qirol saroyining devorlari birin-ketin qulay boshlabdi.
Sichqonlarning bari sarosimada, arang jon saqlab qolishibdi. Shundagina qoravoy qilgan ishidan qattiq pushaymon bolibdi, biroq endi juda-juda kech edi. Shu vaqt
juda xunuk mi-yo-ov degan ovoz berib, xarobalar ostidan qirol mushukning kallasi korinibdi. U juda jahldor
va vahshiy koringani uchun, sichqonlar oz qirolini tanishmabdi.
Bundan qoravoyning badtar qorquvi oshib, ozini
qorongulikka urib kozdan goyib bolibdi. Hech narsani
tushunmagan juda kop sichqonlar mushuklarga yem
bolishibdi.
Shundan song qirol va boshqa mushuklar sichqonlarni ovlab, tilla tariqni qidirishar ekan.