MEHR ISTAB

Qahraton qish kunlarining birida Dilshodning iti
bolaladi. Bu xabar uni quvontirgani bilan onasi
Sevaraxon opa bundan xursand bolmadi...
Qish chillasi sovuq, tashqarida biror jonzot
korinmaydi. Dilshod erkatoy kuchuklari va ularning
onasiga boshpana yasadi. Ichiga somon toshab
issiqqina joy hozirladi.
Shunday bolsa-da, kunlarning birida kuchukchalarning onasi qattiq kasal bolib, holdan toya
boshladi. Dilshod uni qancha parvarishlamasin, bir
kuni it korinmay qoldi. Dilshod kuchuklarning onasini
bir necha kun kutdi, ammo u qaytmadi. Onasini sogingan va qorni och qolgan kuchuklar kechayu-kun-duz ingrashardi. Dilshod kuchukchalarga Olapar va
Koktoy deb nom qoyib, mittivoylarni sigir suti bilan
boqa boshladi.
Bir kuni oyisi, kuchuklardan birini dugonasi Gulnoraning ogli Sobirga berish kerakligi haqida ogiz ochdi.
Idishchaga ilitilgan sut quyayotgan Dilshodning birdan
kayfiyati tushib ketdi, chunki bu bola jonivorlarni qiynashni yaxshi korar edi.
Yakshanba kuni uylariga Gulnora opa ogli bilan kirib
kelishdi. Dilshod qanchalik qarshilik qilmasin, onasi
Olaparni Sobirga berishga kondirdi. Ular uzoq xayrlashdilar. Sobir kuchukni xafa qilmaslikka vada berdi.
Olapar ketgisi kelmay egasiga talpindi...
Oradan bir hafta otdi. Bir kuni Dilshod Olaparsiz
zerikib qolgan Koktoyni yetaklab sayrga olib chiqdi.
beixtiyor oyoqlari Sobirlarning uyi tomon boshladi. Kun
juda sovuq, hamma joy oppoq qor bilan qoplagan edi.
Izgirinni pisand qilmay kelayotgan Koktoy bazan qor
tagida korinmay qolsa-da, oldinga intilib, Dilshodni
tezroq yurishga undar edi.
Sobirlarning uyi oldiga yetib kelishganida esa toxtab,
qattiq akkillay boshladi. Tosatdan baland devor ortidan
kuchukning ojiz gingshigan ovozi eshitildi. Dilshod uy
egasini chaqirishni ham unutib, shoshib darvozani ochib
ichkariga moraladi.
Ichki hissiyoti aldamagan ekan. Hovli chetidagi daraxt ostida, boynida ogir va uzun zanjiri bilan dir-dir qaltirab Olapar turardi. Dilshodning oyoqlari orasidan sirgalib hovliga kirishni uddalagan Koktoy bolsa, uni
yalab-yulqash bilan ovora edi.
Dilshod sovuqdan qunishib qolgan Olaparni qoyniga
olib, darhol zanjirdan boshata boshladi. Shu payt Sobirning ozi ham korindi va hovliqqancha chaqirilmagan
mehmonlarning yoniga yaqinlashdi:
 Dilshod, sen menga kuchukni ozing bergansan,
qaytarib olishga haqqing yoq!
 Sen Olaparga yaxshi qarayman deb vada bergan eding. Nega uni bu koyga solding!
Sobir esa kuchukchaning ayblarini sanay ketdi:
 Bu laycha vazifasini bajarmaydi. Qachon qarasam
qoshnimizning hovlisiga otib, tovuqlarini quvlab yuradi.
Uni deb, rosa gap eshitaman. Bir kuni bu aqlsiz kuchuk
onam yopgan nonlardan birini olib qochdi. Men uni esi
kirsin, xatosini tushunib yetsin deb zanjirlab qoydim.
Dilshod uning javobini eshitib, sen bemehr va shafqatsizsan deya, Olaparni ozi bilan olib ketishga chog-landi. Uning yolini tosgan Sobir kuchugini olib ketishiga
yol bermadi. Dilshod unga hech bolmasa ikki-uch kunga uyiga olib borib, keyin qaytarib olib kelishiga ruxsat
berishini soradi...
Ertasi kuni oyisi Sevaraxon hovlida ikkita kuchuk
bolasini korib hayratdan qotib qoldi. Ammo oglidan
bolib otgan voqeani eshitgach, moltirab turgan Olaparning boshini siladi.
Etibor va parvarishdan Olapar soat sayin tetiklasha
boshladi. Koktoy bolsa, sherigining qaytganidan shodlanib uning atrofida dumalab, oyin korsatar edi. Dilshod
hech qachon ozini bunchalik baxtiyor his etmagan edi.
Afsuski, ikki kun ikki soatdek otdi-ketdi. Dilshod oz
sozida turadigan bola edi. U Olaparni yetaklab Sobirlarnikiga yol oldi. Sobir oz kuchukchasini korib kozlariga
ishonmadi. Nimjon jonivor avvalgidek domboq va tetik
edi.
Dilshod Olaparni Sobirga berib, indamay ortga qayta boshladi. Kocha muyulishida Dilshodning qorasi
korinmay qolishi bilan Sobirning qolidagi Olapar yulqinib, uning panjalaridan chiqishga urina boshladi. Sobir
uni tutib qolishga harakat qilib, mahkamroq quchoqladi.
Shu on kuchukning yonogidan sizib tushayotgan bir
tomchi yoshga kozi tushdi. Bu holatga Sobir ortiq
qarab tura olmadi va Dilshodning ortidan yugurdi...
Kozlari qizargan Dilshod Sobirning ovozidan toxtab,
orqaga qaraganida u tomon Olapari chopib kelardi.
 Men ham sendek unga mehr bilan qaraganimda,
meni hech qachon tashlab ketmas edi. Olapar egasini
tanladi oshna! U senda qolsin!
Sobirning gaplarini eshitgan Dilshod quvonib,
atrofida gir aylanib sakrayotgan Olaparni ergashtirib
uylari tomon shoshdi.
Orqa oyogida turib darvozani ochishni organgan
Koktoy bolsa, allaqachon ularni kocha boshida kutib
turar edi.