UCHRASHUV
	Sizni nimadir bezovta qilyaptimi? Balki yordamim tegar?
Yigitcha o'girilib, yonidagi xitoylik keksa jentelmenni ko'rdi. Bu qo'y ko'zli, chakkalarida siyrakkina oqargan sochlaridan bo'lak boshida bir tuki yo'q kichkinagina, ko'rimsiz kishi edi.
	Rahmat, hammasi joyida,  deya shivirladi yigitcha.
Lekin chol uning yoniga o'tirib oldi.
	Bilasizmi, mening mamlakatimda har qanday muammo o'zi bilan tortiq olib keladi, deb hisoblaydilar.
Mendagi muammodan tortiqni topish qiyin,  to'ng'illadi yigitcha.
O, ishontirib aytamanki, sizning ahvolingizda u mavjud,  dedi notanish kimsa,  ba'zan uni tanish qiyinroq, lekin u doim bor. Hatto bemorlikda ham.
Yigitcha hayratda qoldi. Chol bu bilan nima demoqchi? Nima sababdan u bemorlik so'zini ishlatdi? U cholga o'girildi. Uning nimasidir tanish edi. Yo'q, yuzi emas  u bunday chehrani hech qachon unutmagan bo'lardi. Uning istarasi issiq, mehribon, ko'zlaridan nur yog'ilardi. Balki uning ovozi tanishdir, lekin shirali sharqona lahzadagi bu yumshoq ovozni ham eslab qolishi kerak edi. Yo'q, qanday his ekanligini bilmasa-da, nimagadir bu keksa inson juda tanishday tuyulardi. Hoynahoy bu xitoylik jentelmen xorijdan taklif etilgan yangi ma'ruzachilardan biri bo'lsa kerak, deb taxmin qilishdan o'zga chora yo'q edi.
    Kasallik o'zi bilan qanday tortiq keltirishi mumkin?  ming'irladi yigitcha.
  Hayotda azob-uqubatlar izidan ko'pincha yangi va kattaroq quvonchlar keladi. Tun qorong'iligi tongga yo'l ochgani kabi, tug'ruq azoblari orqali dunyoda eng buyuk tabiat mo'jizasi paydo bo'lgani kabi, kasalliklar tufayli Asl Salomatlik hadyasiga ega bo'larniz.
Yigitcha o'zini yo'qotib qo'ydi. U nima deyapti? Bemorlik qanday qilib salomatlikni keltiradi?  deya o'yladi.
U og'zini ochishga ulgurmay, chol so'zida davom etdi:
   Kasallik bu shunchaki tanning o'zini davolash usulidir. Agar siz shamollagan yoki grippga chalingan bo'lsangiz, bu vujudingiz tanangizga kirib olgan mikroblar bilan kurashayotganining belgisi, xolos. Basharti oshqozoningizda og'riq paydo bo'lsa, demak, tanangiz sifatsizroq nimanidir yeganingizni sizga bildirmoqda. Hatto belingizda paydo bo'lgan sanchiq ham mushaklaringiz o'ta taranglashgani va sizga orom zarurligini tanangiz dalolat berayotgan bo'ladi.
Ko'rib turganingizday, og'riq, darmonsizlik va kasallik  bizning do'stlarimiz: ular nimanidir bilib-bilmay nojoiz bajarganimiz va buni tezda tuzatish zarurligidan bizni ogohlantiruvchi belgilardir. Og'riq  o'zimizga yordam berishimizga chaqiruvchi ovozdir.
  Axir, bunday ovozsiz ham bir amallab, o'zim eplayverardim,  uning so'zini bo'ldi yigitcha.
   Bunga ishonchingiz komilmi?  so'radi keksa jentelmen.  Biroq og'riqni sezmasangiz, hayotingiz nimaga aylanishini bir tasavvur eting. Siz o'layotganingizni bilmayoq jon taslim etardingiz. Kunlardan birida yonib turgan olov qarshisida turib qo'lingiz suyakkacha kuygani ma'lum bo'lsa-yu, og'riq tovushi sizni bundan o'z vaqtida boxabar etmagan bo'lsa, nima bo'ladi?
Sizga o'xshagan ko'p kishilar og'riqni eng makkor dushman deb o'ylaydilar va undan qutulishga yoki dorilar ko'magida og'riqni qoldirishga urinadilar. Lekin og'riqdan xalos bo'lish o'z-o'zidan muammolarni hal etolmaydi. Agar kasallik sababi yo'qotilmasa, odatda, u faqat kuchayishi mumkin. Oxir-oqibatda og'riqni pasaytirish uchun ko'pdan ko'p dori-darmonlar kerak bo'ladi, ular esa o'zlari bilan yangi muammolarni keltirib chiqaradilar.
Yigit o'zining shaxsiy tajribasini esladi. Shubhasiz, uning kasalligi belgilari shifokor buyurgan dorilarni icha boshlaganidan so'ng ancha aniq ko'rindi.
   Biroq, agar dard bedavo bo'lsa-chi?  so'radi u.  U holda o'zi bilan keltiruvchi hadyani nimada ko'rasiz?
  Bedavo dardlar unchalik ko'p emas, lekin bedavo bemorlar anchagina. Bu asosan, o'zlarini davolashga shunchaki yo'l qo'ymaydigan kishilardir.
  Axir, har bir inson sog'lom bo'lishni istaydi, bahslashishga o'rin ham yo'q-ku,  e'tiroz bildirdi yigitcha.
  Ong bilan albatta, ha, lekin ong orti bilan unchalik emas. Modomiki, har bir inson sog'lom bo'lishni xohlasa, nima sababdan aksariyat odamlar nosog'lom turmush tarzini kechiradilar? Ular sigaret chekib, alkogolni me'yoridan ortiq ichib, sifatsiz ovqatlanib, o'z shaxsiy salomatliklarini vayron etayotganlarini fahmlamaydilarmi?
Nuqtai nazaringizni anglayapman,  javob berdi yigitcha.
Bu kishilar kasallangan chog'larida salomatlikka yetkazilgan zarar qaytmas darajaga yetguniga qadar o'z turmush tarzlarini o'zgartirishdan voz kechadilar, o'z odatlarining quliga aylanadilar. Bu kishilar kasallik boshlanishidanoq bedavodirlar, nahotki buni ko'rmayapsiz? Kasallik bedavo emas, odamlar o'zlarini bedavo qiladilar. Bunday kishilar shaxsiy salomatliklarini yaratishga intilmaydilar. Ularning yagona niyati  og'riq va bemorlikdan qochishdir.
Axir, aslini olganda, salomatlik shunchalik oddiy hol emas-ku, shundaymi?  xitob qildi yigit.	
Unchalik emas. Amalda hammasi juda oddiy. Odamlar nima sababdan kasallanadilar? Kasallikning birinchi sababi nima?  so'radi chol.
Bilmayman, o'ylaymanki, u o'zidan o'zi ro'y beradi. Bu taqdir taqozosi yoki shunchaki omadsizlik bo'lsa kerak.
Rostdanmi? Sizga kasallikning aniq sababi bo'lishi kerakday tuyulmaydimi?
Aminmasman.
Chol yigitchaga sinchiklab qaradi-da, dedi:
	Tabiatda nimadir besabab sodir bo'ladi, deb o'ylaysizmi? Ko'chaga qarang, axir yomg'ir
tasodifan yog'yaptimi? Bulut osmonni hech besabab qopladimi?
Chol so'zida davom etardi:
	Tabiat qonunlari mavjudligini bilasiz. Suv yuz daraja issiqda qaynaydi, to'qson to'qqiz yoki bir yuz bir darajada emas, roppa-rosa yuz darajada.  O'sha qonunlarga binoan, u rosa nol darajada muzlaydi.
Chol kissasidan tanga oldi-da dedi:
Shu tangani tushirib yuborsam, nima hodisa yuz beradi?
U yerga tushadi,  javob berdi yigitcha.
Nima sababdan u yerga tushadi, tasodifanmi yoki taqdir taqozosi bilanmi?
	Yo'q, albatta yo'q, tanga havodan og'ir bo'lgani bois tortishish kuchi ta'sirida yerga tusha
di,  javob berdi yigitcha.
Mutlaqo to'g'ri,  dedi chol,  u Tabiatning qonunlaridan biri bo'lgan tortish qonuniga binoan yerga tushadi. Ko'ryapsizmi, koinotda hech nima besabab ro'y bermaydi. Salomatlik va kasallik  tasodifiy o'yin emas. Zinhor o'yin emas. Salomatlik  hayotning Tabiat bilan mutanosibligi natijasidir, kasallik esa hayot qonunlariga zid bo'lgan turmush oqibatidir. Basharti kishi cheksa, uning o'pkasi sog'lom bo'ladimi?
Yo'q, albatta, yo'q,  javob berdi yigit.
Agar odamlar sifatsiz oziqlarni iste'mol qilsalar, ular vujudiga yaxshi ta'sir ko'rsatadimi?
Yo'q, nimaga shama qilayotganingizni bilib turibman,  dedi yigit,  lekin bakteriya va viruslar to'g'risida nima deysiz? Ular kasallik sababchilaridirlar, lekin biz kechirayotgan turmush tarzimiz bilan ular o'rtasida qanday umumiylik mavjud?
Bakteriyalar xuddi kalamushlar kabi,  davom etdi chol,  faqat nosog'lom muhitda urchiydilar. Uyingda kalamushlar bo'lmasligining yagona kafolati  doimiy saranjom-sarishtalik. Ozoda uyda oziqlanadigan hech vaqo bo'lmagani bois u yer kalamushlarni qiziqtirmaydi.
Lekin ba'zan kishilar mikroblarga chalinishi mumkin,  e'tiroz bildirdi yigit.

	Mikroblar o'zidan-o'zi kasallik sababchisi bo'lolmaydi. Sizningcha, har bitta bemorning qoni tarkibida mikrob mavjud-u, qonida mikrobi bor har bir kishi albatta kasallanishi kerakmi? Unisi ham, bunisi ham to'g'ri emas. Kalamushlar uyda yig'ilgan chiqindilar bilan oziqlangani kabi mikroblar kishi organizmi yoki atrof muhitda yig'ilib qolgan chiqitlar bilan oziqlanadi. Oziqlanishga sharoit bo'lmagan toza muhitda kalamushlar tirik qololmagani singari sog'lom qonda mikroblar yashab qololmaydi.
Odamlar mikroblar haqida haddan ortiq ko'p o'ylaydilar-u, mikroblarni o'ziga jalb etuvchi muhit ularni kamroq tashvishlantiradi. Kishilar qanchalik urinmasinlar, toki kalamushlar oziqlanuvchi qoldiqlardan xalos bo'lmagunlaricha ulardan ham qutilolmaydilar.
Bu o'z salomatligini yaratish va kasallikni yengishning yagona chorasidir. Salomatlik va darddan forig' bo'lish turmush tarzini o'zgartirish hamda Tabiat qonunlariga bo'ysunishdan boshlanadi.
	Buning zamirida nimadir bor, lekin juda oddiy tuyulyapti,  javob berdi yigit.
Chol jilmaydi.
Chunki bu haqiqatda oddiy hol. Shunchalik oddiyki, ko'pchilik buni anglab yetolmaydi. Tabiatning o'zgarmas va doimiy qonunlari borki, ularga amal qilsangiz o'z salomatligingizni ta'minlaysiz, aksincha, ularni buzsangiz, o'zingizga dardni chorlaysiz. Yigitcha qariyaning gaplarida jon borligini ko'rib tursa-da, biroq bu suhbat qay tomonga yetaklashini hali anglamasdi.
Ijozatingiz bilan fikrimni izohlab beray,  dedi chol.  Har qanday dard  tanangiz ichida og'riq borligini bildiradi, shundaymi?

Ha, o'ylashimcha, shunday.	
Har qanday og'riq nimaningdir vositasida yetkazilgan, shundaymi?
Ha.
Og'riqni yo'qotish hamda sog'liqni tiklash uchun avvalambor kasallik sababini yo'qotish zarur, shundaymi?
Yigitcha boshini irg'agancha, roziligini bildirdi.
	Anavi kishiga qarang,  dedi keksa xitoylik uzoqroqdagi stulda o'tirgan erkakni qo'li bilan ko'rsatib,  o'n yil avval uni bosh og'riqlari bezovta qilib, bu haftasiga bir necha bor takrorlanardi.
Bosh og'rig'i asosan, uning ovqatlanish tartibi buzilishi orqali vujudga kelgan: u juda ko'p
miqdorda shokolad, pishloq va go'sht iste'mol qilardi, shuningdek, ichkilikka ruju qo'ygandi.
Ovqatlanish tartibini o'zgartirish natijasida bosh og'rig'idan xalos bo'lishi mumkin edi, lekin u
bunday qilmadi. Og'riqlarini kamaytirish uchun u dori qabul qilishni afzal bildi.
Bir yildan so'ng dorilar miqdorini oshirishga to'g'ri keldi, biroq dori-darmonlarning bunday miqdori qon bosimining ko'tarilishiga olib keldi. Endi avvalgi dorilar yoniga qon bosimini tushirishga yordamlashuvchi dorilar ham qo'shildi. Hozir uning dardi kuchayib, aterosklerozga aylandi, boshqacha aytganda, arteriya devorlarining qotib qolishi ro'y berdi va u yurak kasalligiga chalinish xavfini keltirdi. Bu esa uni umuman boshqacha umr kechirishga majburlab qo'ydi. Endi u har kuni dori qabul qilishi zarur va yurak faoliyatini faollashtirish maqsadida yuragiga kardiostimulyator o'rnatish uchun o'tkaziladigan operatsiyaga muhtoj. Buni qarangki, u shu vaqtgacha bosh og'rig'i dardidan xalos bo'lolmadi, qaytanga ular yanada tezlashdi. U dardining sabablarini yo'qotish o'rniga og'riqlarini o'ldirishga qaror qilib, o'z ixtiyori bilan shu ahvolga tushdi.
Ko'rib turganingizday, haqiqiy sog'ayish hech qachon xapdorilar bilan bo'lmaydi. Siz sog'ligingizni dori-darmonlar solingan idishlaru jarroh tig'idan topolmaysiz. Hech shubhasiz, ayrim dorilar va jarrohlik usullari keraklidir  eng xavfli vaziyatlarda hayotimizni saqlab qolishlari mumkin. Lekin ular o'zlaricha salomatlikni yaratishga qodir emaslar. Hech qanday tashqi kuchlar sog'ligimizni kafolatlolmaydi.
Modomiki, tibbiyot sog'likni ta'minlamasa, uni nima   yaratadi? - so'radi .yigit,
Keling, aniqlashtirib olamiz,  dedi chol.  Bir daqiqaga tasavvur qiling, devorga rasm qoqayotib, bolg'ani barmog'ingizga urib oldingiz va uni jarohatladingiz. Barmog'ingiz tuzalib ketadimi?
Albatta,  javob berdi yigit.
	Barmoq har qanday tabletka yoki surtmalarsiz ham bitib ketadi, to'g'rimi?
Yigit bosh irg'adi.
	Lekin nima uchun shunday bo'ladi?  so'radi chol.
O'zi, shunchaki, bitadi-da,  dedi yigit-cha.
Ana, ko'rdingizmi, shunchaki, bitadi. Chunki tanangiz har qanday dardni shifolovchi kuchlarga ega,  dedi keksa xitoylik.  Biroq, agar siz ertasiga yana o'sha bolg'ani olib, xuddi shu barmog'ingizga ursangiz va bu bir necha bor takrorlanaversa, nima bo'lishini bilasizmi? Barmog'ingiz jarohati bitib ketadimi?
Yo'q, agar uni hadeb uraversam, bitmaydi.
 Albatta-da, axir siz og'riqning sababini yo'qotmadingiz-ku. Toki muammo sababchisi yo'qotilmagunga qadar shifolovchi kuchlar harakat qilolmaydilar. Lekin siz barmog'ingizni jarohatlashni bas qilsangiz, u tanangizdagi sog'aytiruvchi kuchlar ko'magida o'zidan o'zi bitib ketadi.
Tabiat tegrasida ham xuddi shunday ahvol sodir bo'ladi. Daraxtning shoxi kesilganda u o'zidan sharbat chiqaradi-da, o'zini davolaydi. Har birimizga, agar zarur shart-sharoitlar yaratilsa, vujudimizni har qanday darddan sog'aytiruvchi ajoyib hayotbaxsh kuchlar taqdim etilgan.
Xudoning bergan kuni odamlar yaramas odatlari vositasidagi bolg'acha bilan vujudlarini ichkaridan tinimsiz kaltaklaydilar va yangidan yangi kasalliklarni yaratadilar. Bu dardlardan xalos bo'lish uchun faqat o'zini kaltaklashni bas qilish darkor. Dard sababchisidan xalos bo'lsangiz, kasallikdan ham qutulasiz.
Bu dunyoda, do'stim, nimaiki eksak, shuni o'ramiz. Bu sabab va oqibat qonuni. Siz hamisha o'z taqdiringiz xo'jayini bo'lgansiz va shunday bo'lib qolaverasiz. Shu bois sog'ayish jarayoni o'z ahvolingiz sababchisi o'zingiz ekani va uni o'zgartirish o'z qo'lingizdaligini anglashdan boshlanadi.
Har bir inson turmush tarzini o'zgartirsagina nafaqat o'zini sog'aytira oladi, shuningdek, Asl Salomatlikni ham yarata oladi. Bizdan talab etilgani  Tabiat Qonunini anglash va o'z sog'ligimizga mas'uliyatni zimmamizga olishdir.
Boshqa hech kimsa sog'ligimizga javobgar emas  na ota-ona, na muallimlar, na shifokorlar, na ruhiy kasalliklar shifokorlari. O'z sog'ligingizga shaxsiy mas'uliyatni anglaganingiz zahoti siz dard bilan kurashishni boshlaysiz va Asl Salomatlikni yaratishga kirishasiz.
Yigitcha endi keksa xitoylikning fikrlarini anglay boshladi. Ilgarilari u sog'ligi o'zining qiliqlariga bog'liqligi to'g'risida hech o'ylab ko'rmagandi. Oqibatda u tanasiga nima zarurligi to'g'risida o'ylashni bas qilgandi.
Yigit keksa xitoylikka tikilib qaradi va ilk bor g'ayrioddiy inson bilan muloqotda bo'layotganini sezdi.
Chol odam,  xayolidan o'tkazdi yigit,  odatda, munkillagan, yillar og'irligidan qaddi bukilgan bo'lardi. Keksalarni doim bemor deb tasavvur qilamiz. Lekin bu qariya raso qomatga ega va baquvvat odam ko'rinardi. Uning tashqi ko'rinishi ham kishini ajablantiradigan darajada yoshiga mos kelmasdi. Terisidan sog'lomlik ufurib turardi, ko'zlari esa charaqlardi. Yigit tanish-bilishlari orasidan o'zidan shunday musbat quvvat taratishga qodir biron kimsani xotirlay olmadi. Modomiki, tashqi ko'rinish nimanidir bildiradigan bo'lsa, demak, keksa xitoylikning so'zlarida haqiqatning biror parchasi bo'lishi zarur.
 Yodingizda bo'lsin,  dedi chol,  barchamiz dardni yengish va o'z Asl Salomatligimizni yaratish qobiliyatiga egamiz. Asl Salomatlik  bu shunchaki kasalliklar yo'qligidan ortiqroq bir narsa. Bu  kuch, quvvat, hayotga tashnalik va undan quvonish qobiliyatiga ega bo'lishdir.
Bizdan talab etiladigani  bu Tabiat Qonunlari bilan mutanosiblikda yashash. Koinotda hamma narsa qat'iy qonunlar bilan boshqariladi, shuningdek, salomatlik ham. Bu qonunlarda har qanday kasallik ustidan ustunlik qiluvchi va Asl Salomatlik tomon yo'l ochuvchi sirlar mujassam.
- Bu qanday sirlar bo'ldi?  xitob qildi yigitcha.
  Bu Asl Salomatlik sirlari,  dedi qariya qog'ozga o'nta ism va telefon raqamlarini yozib berarkan.  Bu odamlar bilan bog'laning va ular bilmoqchi bo'lgan narsalaringiz to'g'risida sizga so'zlab beradilar. Ularning barchasi Asl Salomatlik sirlaridan boxabardirlar. Hozir esa sizga sog'lik va bemorlik haqida so'zlab beraman. Bu nihoyatda oddiy bo'lishi bilan bir qatorda, o'ta muhimdir.
Har bir belgi aniq sabab orqali yuzaga keladi. Sababni yo'q qilsangiz, belgidan ham qutulasiz. Shu tufayli har qanday muammoning yechimi bo'lgani kabi har bir darddan sog'ayish mumkin.
Injilda va'da qilinganidek, so'rang va sizga beradilar, eshikni qoqing va uni ochadilar, axtaring va topasiz. Shu bois sog'likni izlang va uni topasiz.
Chol shu so'zlarni aytib, yigitga yozuvni berdi. Yigit o'n kishining ismi bitilgan ro'yxatga atigi bir necha lahzada ko'z yugurtib chiqdi, lekin o'girilib qaraganida yonidagi o'rindiq bo'sh edi. Keksa xitoylik qanday paydo bo'lgan bo'lsa, shunday g'oyib bo'lgandi.
Yigit cholga bir qancha savollar bermoqchi edi! U to'ppa-to'g'ri ma'murning huzuriga kirdi va ma'ruzachi xitoylikni qaydan topish mumkinligini so'radi.
  Kimni so'rayapsiz?  ajablandi ma'mur.  Bu yerda hech qanday ma'ruzachi xitoyliklar, yangi ma'ruzachi yaponlar ham yo'q. Hatto Tayvandan kelgan ma'ruzachilar ham yo'q.
  Buni aniq bilasizmi?  so'radi yigit.
 Albatta, aniq bilaman. Kollejimizda Sharqdan kelgan yagona ma'ruzachi matematika fakultetidagi Chun xonim. Lekin u besh yildan beri bizda ishlaydi.

	Yigitning boshi qotib qoldi. Bu keksa jentelmen kim edi o'zi? Qayerdan kelib qoldi? Eng muhimi, uning gapirgan gaplarida haqiqat bormidi? Asl Salomatlik qonunlari rostdan ham mavjudmi?
Hammasi shunchalik tez sodir bo'ldi. Balki chol shunchaki o'z xayollari mevasidir? Balki bularning barchasi tushdir? Nigohini pastga qaratgan yigit hodisaning o'ngida sodir bo'lganini angladi, buning isboti sifatida qo'lida tutgan o'nta ismli ro'yxat yozilgan qog'ozi edi.

