Sevish bu sevilish degani emas! Sevmoq  bu osmonga uchmoq demakdir! Har gal yerga qulamoq uchun Sevgi  bu urishdan tongan yurakdir Sevish  bu afyundir, sevilish- afsun. Sevgi  juda oddiy tushuncha. Ammo, odamlar, nimagadir, uni doim murakkablashtirib korsatishga, undan muammo yasashga harakat qiladilar. Bilasizmi, nimaga sevgi atrofida buncha kop tashvish mujassam? Chunki muhabbat  eng shartsiz bolishi kerak bolgan tuygu hisoblanadi. Lekin biz unga doim shart yuklaymiz. Aslida sevgi shoirlar uni tariflaganlaridek azobli, zolim, hijronli, olovli, otashin va yana qandaydir ogriqli emas. Odamlar bu tuygu bilan taqdirlanishganda uni tobelik munosabatiga aylantirishga urinib, undan ozlari anduh yasab oladilar. Sevgi  ikki qalb muomalaga kirishgan holat hisoblanadi. Qalbingiz uncha-munchaga oz sarhadlarini boshqa qalbga ochib bermaydi. Ammo u oz hamrohini topib, unga ochilsa  unda tamoman hech bir cheklanish va himoyasiz ochiladi. Chindan sevgan odam mutlaqo ojiz bolib qolishi ana shundan  ozini qorqmasdan boshqa qalb egasiga ishonib topshiradi. Sevgi  aqlning hukmidan tashqari tuygu. Aql qiziqish, ishtiyoq, masrurlik kabi hissiyotlarni uygotishi mumkin  biroq uning ishq ustidan hokimyati yoq. Sevgi aqlni yengib, odamni uning izmidan olib chiqib ketishga qodir bolgan kuch. Shuning uchun ham aql unga qarshi astoydil kurashadi. Biz ana shu talvasaga tushib qolgan aqlning gapiga kirib, oz sevgimizni azobga toldirib tashlaymiz. U bizni rashk qilishga, javob sevgi talab qilishga, arazlashga va boshqa achinarli xatti-harakatlarga undaydi. Sevgining kozi ham kor emas. Sevgi boshqa odamning xato va kamchiliklarini hammadan ham yaqqol korib, anglab turadi. Ammo u boshqa odamning qalbini sevadi  uning aqliga tegishli bolgan nuqsonlarga esa etibor bermaydi. Chunki sevgi inson qadri uning xatolardan holi qalbida mujassam ekanini biladi. Agar siz sevgan odamingiz kamchiliklarini kora bilmayotgan bolsangiz  demak, siz sevmaysiz. Siz boshqa odamni ilohiylashtirasiz xolos. Bu esa sof holidagi tobelik munosabati. Agar sevgilingizni iloh darajasiga kotarib qoysangiz  siz endi unga tobesiz degani emasmi? Har kim umrida bir bora bolsada kimnidir sevadi. Buni u tan oladimi, anglab yetadimi yoqmi  har holda sevgi har kimga beriladi. Ishqimiz tushgan odam bilan birga bolishga intilish  tabiiy holat. U bilan yonma-yon kongil xotirjamligiga erishamiz. Ammo har doim ham bu maqsadga togri yoldan bormaymiz. Sevgini tobelik munosabatiga aylantirishga intilishimiz biz va sevgan odamimizga jabr yetkazishi mumkin. Boshqa odamni sizni sevishga majburlay olmaysiz. Majburlash yoli bilan nafratga erishishingiz mumkin, xolos. Buni, anglashimcha, hamma biladi. Siz sevgan odamingizga unga erkinlik beribgina erishishingiz mumkin. Sevgan odamingizga erishishning eng asosiy siri osha odamni shartsiz sevishdir. Majburlash samarasiz yol ekanligini bilsak ham, kopchiligimiz aynan shu usuldan foydalanamiz. Majburlash deganda aynan jismoniy kuch ishlatishni emas, psixologik tasirni ham nazarda tutayapman. Misol uchun: Men sizni sevaman va sizning sevgingizga umidvorman deyish bu majburlash. Chunki bunda odam sizga nisbatan ozini burchli his etadi. Agar u sizni qattiq hurmat qilsa, u konglingizni ogritmaslik uchun sizga yumshoq munosabatda bolishga, sevgingizni hurmat qilishga harakat qiladi. Vaholanki, burch hissi erkinlik emas. Siz oz sevganingizdan umidvor bolib, unga burch yukini yuklaysiz. Axir, ozingizga kimdir sizdan qattiq umidvor ekanini aytsa, yelkangizga masuliyat tushganni sezmasmidingiz? Siz sevgingizni shunday izhor etingki, u sevganingizda faqat surur uygotsin. Men sizni sevaman  shunchaki, hech narsaga davo qilmasdan sevaman kabi izhor shartsizdir. Bunday izhorni eshitgan odam uni kimdir hech narsaga qaramasdan, evaziga hech narsa talab qilmasdan, hech narsaga umid bolmasdan shunchaki sevishidan boshi osmonga yetadi. Uni shunchalar hurmat qilgan, shunchalik samimiy sevgan odamning bu gaplari qalbining tubiga yetib boradi. Va siz uning uchun eng yaqin qalbdoshga aylanasiz. Ana shu holdagina javob sevgiga muyassar bolishingiz ehtimoli juda yuqori. Agar siz sevgan odamingizni sovgalar bilan zabt etmoqchi bolsangiz  demak, siz uning qalbini emas, aqlini moljalga olgansiz. Moddiy manfaatga aql aldanadi  kongilga bu nayranglar otmaydi. Kongil uni eshitishlarini, uning istaklarini ham inobatga olishlarini va unga biror kimni sevishga imkon berishlarini istaydi. Ha-ha mana sizga yana bir sir: qalb unga kimnidir sevishga imkon berishlarini istaydi. Konglimiz mudom kimgadir mehr berish ilinji bilan yashaydi  u mehr bilan nafas oladi, olamga mehr bilan qarab, unda sevish uchun ozga qalb axtaradi, shunday ekan, birovning sevgisiga erishish uchun uning qalbiga yol toping. Buning uchun unda sevgi uygotishga intilish emas  sevish kerak. Unutmang  sevgi bu sevilish emas. Sizning qalbingiz sevishni istagani uchungina sevadi  sevilishni istagani uchun emas.Ammo bu yolda sizg ikki katta kuch tosqinlik qiladi: avvolo, bu sizning aqlingiz. Unga tobe bolmaslik haqida biz kop gaplashdik. Ikkinchi gov  bu sevgan odamingizning aqli. Axir, u ham oz shaxsiyati ustidan hukmni saqlab qolishga intiladi. Siz sovgalarni sevgan odamingizning aqlini aldab otish uchun ishlatishingiz mumkin. Lekin shu bilan aqlni chalgitib qoyib, sevganingizning qalbiga quloq soling. U sizga ishonib, oz sarhadlarini ochib bergandan song esa  aqlning zugumi tugaydi. Qalb eshiklarini bir-birlariga ochib, ozlarini chin sevgi ixtiyoriga topshirgan hamrohlarga men hech bir maslahat bermayman  ular shundoq ham eng togri ishni qilishyapti. Ammo ozini sevishganlar deb atagan hamma juftlik ortasida ham shartsiz sevgi mavjud emas. Shunday ekan, oz muhabbatingizni shartlar, talablar va cheklovlar kishanidan ozod qilish faqat ozingizga havola. Buni uddalasangiz, haqiqiy sevgi qanday sururli ekanidan hayron qolasiz. Ishqiy munosabatlarda aqlning gapiga aldanib qolish holati juda achinarli. Bazida biz aql vadalariga ishonib, konglimiz istamagan odam bilan munosabatga kirishamiz. Bunday munosabat ota qiynoqli va qisqa umrli boladi. Yakuni tayin bolgan munosabatlarni toxtatish  juda nozik masala. Bunda boshqa odamning kongliga zarar yetkazib qoymaslik juda muhim. Sizga qalbini toliq ishongan odamga kamida yaxshi dost bolsangiz arziydi. Chunki sizga konglini bergan odam sizdan yomonlik kutmaydi va sizga ham faqat yaxshilikni ravo koradi. Bunday dostlar juda kam boladi. Agar u odam siz bilan faqat aqliga ergashib munosabatda bolayotgan bolsa  u bilan xayrlashib, siz uning qalbiga sira ozor yetkazmaysiz. Umuman olganda, ishqiy munosabatlar  qoidalarga solinadigan, maslahat beriladigan, ibrat aytiladigan soha emas. Bundagi har bir qaror odamning oz qalbini chiqishi va boshqa hech narsaga asoslanmasligi lozim. Siz  oziga xos shaxssiz, sevgingiz shunga yarasha oziga xos. Shunday ekan, konglingiz aytgan yolda seving va seviling  bunda sizga hech bir kitob ham, maslahatgoy ham kerak emas.
Sevgilim meni...

JavaMax.Ru