Siz ajalsiz jonim olguvchi, 
siz olovsiz o'tga solguvchi. 
Siz imosiz dilda qolguvchi, 
man-chi, kimman, ayting, Azizim?
Siz xayolsiz aldab ketgani, 
siz bir maysiz tamom etgani. 
Siz armonsiz armon etganim, 
man-chi, kimman, ayting, Azizim?
Siz marvarid bebaxo tengsiz, 
siz tomchisiz beg'ubor dengiz. 
Siz ko'kdagi qo'li yetmas yulduz, 
man-chi, kimman, ayting Azizim?

JavaMax.Ru