Azizim bu dunyo bo'lsa xam bir kam,
Qalbim o'zgasiga ko'ngil qo'ymaydi!
Yetisha olsam xam, ololmasam xam,
Sizni o'zgasiga bergim kelmaydi!
Ketib qolar sizga xayolim,
Shirin-shirin orzular tinchlik bermaydi!
Meni kechiringu, hech qachon, jonim,
Sizni boshqasiga bergim kelmaydi


Ismilari o'zicha Kamila,
Ahvolarini so'ramela.
Qizla o'zilani omela,
Unga nito qaramela.

Balki unutarsiz o'tganda yillar,
Bevaq sochlarimga tushganda qirov.
Balki unutarsiz xush bo'lsa dillar,
Erkalab silasa boshizdan birov.
Balki unutarsiz o'shanda meni,
O'zgalar sevaman desalar sizga.
Balki unutarsiz mening so'zlarim,
Ozga yor ko'ziga tushsa ko'zingiz!


Shuncha xatlar yozdim
Ko'rarmisan yor,
Yurakdan she'rlar yozdim
O'qirmisan yor,
Xatto qo'shiq xam kuyladim
Tinglarmisan yor,
Sening uchun nelar qildim
Bilarmisan yor...?


Yuragimga tolganda soginch,
Topolmasam biror bir ovunch.
Atirgulga tolganda hovuch,
Seni korgim kelar xamisha.
Menga kerak sening jamoling,
Oydek oydin sening visoling.
Xudoyimdan tilab doim iqboling,
Seni korgim kelar xamisha.
Mayli olsam sen bilan olay,
Quvonsang gar birga quvonay.
Sensiz bu dunyoda yashab men netay,
Seni korgim kelar xamisha.
Men bor-yo'g'imni sizga atadim,
Parvo qilmadingiz, kuydim oqibat.
Otashin sevgimni kuzga atadim,
Hazonlar sevgimdan orttirdilar dard.
Ikkala qo'limni falakga cho?zib,
So'radim qaytsin deb sizni xudodan.
Bo'ronlar ketdilar qo'limni uzib,
Go'yo asradilar, mutxish xatodan.
Otashin olovdan jizg'anak yurak,
Kuyadi, o'zimga qilmayin shavqat.
Xech narsa qolmadi tugadi bari,
Faqat qolgan narsam zig'ircha toqat.


Sen qanday bilasan balki yulduzlar,
Menga sirlarini so'ylayotgandir.
Sen qanday bilasan balki bu ko'zlar,
Unsiz bir qo'shiqni kuylayotgandir.
Sen qanday bilasan balki keng olam,
Shu mo'jaz qalbimga bo'ylayotgandir.
Sen qanday bilasan balki meni xam,
Kimdir qaydadir jim o'ylayotgandir.

JavaMax.Ru