Har gal seni eslasam, 
yuragim bo'lar pora 
Seni o'ylamay bir zum, 
Turolmasman nachora.
Meni qiynaydi bir dard,
Armon bo'lgan muhabbat.
Sevadi balki sevmas 
Ikkilanarman faqat.
Ollohim bergin najot,
Bunchalar achchiq hayot.
Sening zarbalaringa,
Bardoshim yetmas nahot?!