Baxtingiz eshitsam baxtiyordekman,
Dardingiz eshitsam gunohkordekman,
Quvonib shodlikdan bir dan kulsangiz,
shu dam yoningizda men ham bordekman
Dunyolardan kechgan edim uni deya
U bevafo kechdi mendan dunyo deya

Nima qilay oshiqman senga,
Balki senga yo'qdir keragim.
Ko'nglimga mayli ozorlar bergin,
Ammo buncha ezma yuragim.
Tunlar bedor o`ylayman seni,
Qalbimda qoldi-ku orzu tilagim.
Menga mayli sevaman dema,
Ammo buncha ezma yuragim.
Men seni sog'inib borsam yonigga,
Holingni ko'rib kelar so'ragim.
Menga beparvo bo'lasan nechun,
Faqat buncha ezma yuragim.


Men jinniman, ahmoq ehtimol,
Yana balki esini yegan.
Ha, jinniman sizdek bemehr,
Bir yigitni sevgilim degan...
Jonim tashlab ketdi, ortiga boqmay,
Hayotdan umidni uzib bo'lgandim.
Hatto ko'zlarimdan yoshlar ham oqmay,
Jonim ketgan onda, men ham o'lgandim....
Yuragimda bitmas armonsiz,
Ayting sizsiz nima qilaman?
Siz qalbimga quvvat, darmonsiz,
Siz ketgan kun men ham o'laman....

Bazilar sevadi qora qosh uchun,
Bazilar sevadi uzun soch uchun
Bazilar sevadi shirin so'z uchun.
Xamisha sevmoq kerak toza qalb uchun!