Sevgi sirini sabolardan so'radim. 
Sabo sekin sozladi: 
- Sevgi sening sozlaringda,sirdosh,
sadoqatli sevishganlar saroyidadur.
Sevgi seni sehrlasa, sen sevganingni sila. 
Sevgi saroyida sira sarsonu sargardon so'nmagin.
Sen sehrli saroy sohibidursan, 
seni sevguvchi sohibaning sohibjamolindir. 
Saboning sozlari seniyam sehrladi.
Sabo sekin-sekin silkindi da, so'zlayverdi: 
- Sevgi saroyida sof sevgini so'ndirguvchilar serob. 
Sen sevgingga sodiqmisan, seni sira sindirisholmaydi. 
Sevgi sevgilisiga sadoqatli, sodiqlarni suyadi. Sevgi sinovchan. 
Sen sevgi sinov-vada sindingmi, sevging seni sira suyamaydi. 
Seni sevgi sahrosida suvsizlikdan so'ndirib somon - dayin sargaytiradi. 
Sevgi seni soroqlasa, suyun. Sen sevgini sirayam soroqlama. 
Sevgi so'roqlaringni suymaydi. Sening sabringni sinaydi. 
Sen sevdingmi, so'zsiz sevgi so'rog'idasan. Sevgi sinovchan, so'roqlari 
sevishganlarni sinab, sabrlarini sharalaydi...Sabo sevgi  sozlarini samo 
sarhadlaridan saralaganday samimiy so'zlardi. Saboning sozlaridan sehrlanib, 
sevgisini sir saqlaydigan sirli sevgiling !