Telba derlar yor ishqida kuyganni
Bu hayotdan ham uni ortiq suyganni
Oz jonidan yorni ustun qoyganni
Sevmaganlar telba derlar ularni
Kozlariga korinmas yordan bolak
Faqat yorni deb urar undagi yurak
Kozlariga boqsang, bir ezgu tilak
Sevmaganlar telba derlar ularni
Yodida asraydi uning sozini
Qarshisida yerdan uzmas kozini
Yonida butkul yoqotsa ozini
Sevmaganlar telba derlar ularni
Uning sevgisi yuragida pinhon
Izhorin aytolmas, tosar hayajon
U Hudoning suygan bandasi, ishon
Sevmaganlar telba derlar ularni
Ortalari bolsa-da kop yiroq
Yuragini kemirsa-da otli firoq
Ularning sevgisi sonmaydi biroq
Sevmaganlar telba derlar ularni
Hayotni uning kozida koradi
Meni sevasanmi,takror soraydi
Unga boqib sira toymaydi
Sevmaganlar telba derlar ularni