Salom hurmatli wap masterlar bugun sizlar bilan sayt yurgizish darslarini boshlaymiz. Yani saytni statistikadagi o"rni, pagerank, tits va ularni qanday qilib ko"tarish haqida bir so"z bilan aytganda SEO haqida. Avval saytda pr va tits nimani hal qilishini bilib olaylik. Pr(page rank) - google kompaniyasining saytlar uchun belgilangan "SAYT OG'IRLIGI". Bu qanday ishlaydi ? Avvalambor sizning saytingiz google sistemasining bazasiga qo'shilishi lozim(google.com/addurl.html sahifasi orqali). Keyin google botlari sizning saytingizga qarab yo'l olishadi. Botlar saytingizdagi ssilkalar va saytingiz sahifalari og'irligini o'lchab ketishadi. Keyin boshqa saytlarga kirib usha saytlardan sizning sahifangiz/saytingizga qo'yilgan ssilkalarni sanay boshlashadi(bu narsa backlink - bekling, qaytuvchi ssilaka). Boshqa saytlardan siznign saytingizga ssilkalar qancha ko'p bolsa pagerank ham shuncha baland bo'laveradi. 
TITS - Yandexning saytingizga qoygan baxosi. Bu ham huddi googlening analogi faqat rus dasturchilari tomonidan ishlab chiqarilgan sistema. Uning ishlash prinsipi google bilan deyarli bir xil. Farq shundaki yandexda o'lchov birligi "tits" googleda esa "pr" da, yandexda titsga chegara yoq desa ham boladi/googleda maximal pr qiyati 10 ga teng. 
Xo'sh menimcha tushunarli boldi, endi asosiy mavzu SEO bu nima degani ? SEO - Search Engines Optimisation ya'ni Qidiruv Sistemasiga Optimizatsiyalash. Qidiruv sistemalari bu yandex, google, rambler... Va h,k.
Optizatsiya bu moslashtirish degani ya'ni siz saytingizni ushbu sistemalarga moslashtirasiz. Bu nimaga kerak ? Qidiruv sistemalari botlari iloji boricha tezroq sizni saytingizga kelishi uchun. Qanchalik saytingizga botlar tez tez kelib tursa qidiruv sistemalaridagi saytingiz haqidagi ma'lumot shuncha tez yangilanadi. Google pageranki va yandex titsi qachon yangilanishi ko'pchilikka ma'lum emas, lekin pr taxminan 3 oylar atrofida yangilanadi.