Qisqartma: Wireless Application Protocol
Simsiz qurilmalar uchun bayonnoma, WAP bayonnomasi. Axborotning muhofaza qilingan almashuvi va Internetdan mobil terminallardan erkin foydalanish uchun bayonnoma to`plami. WAP Forum tomonidan ishlab chiqilgan.
******************
WAP-brauzer
Bevosita mobil telefonidan hech qanday qo`shimcha qurilmasiz (modem va kompyuter) Internet tarmog`ining axborot va xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi brauzer. WAP brauzerli telefon yordamida WML tilida yozilgan maxsus saytlarni (WAP saytlari) ko`rish imkonini beradi. WAP saytlari telefonlarning kichik ekranlari uchun moslashtirilgan, kichik hajm va eng kichik grafikaga ega. Masalan, faqat WAP brauzerli telefon yordamida ob-havo ma’lumoti, televizion dasturlar jadvalini ko`rish, so`nggi yangiliklarni o`qish mumkin.
