Demak, sayt nima ekanligini bilib oldik endi WAP nimayu WEB nima ekanligin o`rganamiz. WAP,WEB, atamalari SMART jurnalini IT lug`at bo`limida yozilgan. Ularning farqi shundaki, WAP- Bu mobil telefonlar uchun mo`ljallangan internet,(Biz hozir shu haqida gaplashamiz)
WEB - Kompyuter uchun mo`ljallangan internet. 
WAP sayt huddi WEB saytdek ochilishi va boshqarilishi bir xil desa ham bo`ladi faqat WAP ni imkoniyatlari WEB ga qaraganda kichikroq.
WAP da ba`zi bir imkoniyatlar cheklangan. Misol uchun Wap browserlarda ko`pincha freymlar va javascriptlar to`liqligicha ishlamaydi(Xamma telefon browserida emas). WAP ning bir qulay tomoni bu ham mobil telefon orqali internetga kiradiganlar ham kompyuter orqali internetga kiradigan shaxslar uchun. Yuqorida ta`kidlagandek sayt bu web/wap sahifalardan tashkil topgan content(m`alumotlar jamlanmasi). Lekin siz shu saytni internetga qo`yish ya`ni boshqalar shu saytni ko`ra olishlari, ularga izoh qoldirishlari va umuman olganda saytingiz internetda o`z faoliyatini yuritishi uchun saytni biror yerga joylash kerak. Xuddi sizda mevalar bor lekin uni sotish uchun bozordan bo`sh joy olishingiz kerak bo`lganidek. 
SMART JURNALINI KEYINGI SONIDA SIZ SAYTNI QAYERGA JOYLASHTIRISH KERAKLIGI HAQIDA MA`LUMOTLARNI OLASIZ. Bizdan yiroqlashmang :)