WEB - Umumjahon o`rgimchak to`ri
********************************
WEB-HUJJAT:
Odatda, maxsus murojaat HTML (Hypertext Markup Language) tilidagi hujjat. Veb-hujjat Umumjahon tarmog`i asosini tashkil qiladi. Ular gipermatndan iborat bo`lib, foydalanuvchiga ajratib ko`rsatilgan so`z yoki jumlaga qaratib, ma'lumotlarni o`qish, hujjatning boshqa qismiga yoki ayni hujjat bilan gipermurojaat yordamida bog`langan boshqa veb-hujjatga o`tish imkonini beradi. Veb-hujjat, shuningdek, matn, tasvir, tovushlarni mujassamlovchi gipermuhit ma'lumotni ham o`z ichiga olishi mumkin. veb-hujjatni ochish, ularni o`qish yoki aks ettirish Internet brauzerlari yordamida amalga oshiriladi. Veb-hujjat tushunchasi veb-sahifalar va veb-saytlar tushunchalari bilan chambarchas bog`liq. Ushbu atamalar ma'nolari haligacha aniq ta'rif topgani yo`q. Odatda veb-sahifasi atamasi veb-hujjat atamasining sinonimini bildiradi, veb-sayti atamasi esa yagona mavzu ostida birlashtirilgan yoki bitta tashkilot, muallif yoki foydalanuvchiga tegishli bo`lgan sahifalar majmuasiga tegishlidir.2. Veb-saytning tarkibiy qismi. Jismoniy nuqtai nazardan HTML fayldan iborat. Tarkibida matn, tasvir, JAVA appletlari va boshqa veb elementlar bo`lishi mumkin. Sahifa statik yoki dinamik ravishda shakllantirilgan bo`lishi mumkin. Freymlardan foydalangan holatda har bir freym alohida sahifa hisoblanadi.
****************************
WEB-SAHIFA
Internet manzili (URL) bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning tarkibiy qismidir. Veb-saytlardan iborat bo`lsa, saytlar esa o`z navbatida sahifalardan iborat deyish mumkin. Jismoniy nuqtai nazardan u HTML fayldir. Matn, tasvirlar, JAVA appletlari va boshqa elementlardan iborat bo`lishi mumkin. Sahifa statik yoki dinamik shakllantirilgan bo`lishi mumkin. Freymlardan foydalangan holda har bir freym alohida sahifa hisoblanadi.