WEB-SAYT:
Inglizcha “site” (tarjimasi “joy”) so`zining o`zbekcha talaffuzi. Umumjahon o`rgimchak to`ri ma'lum axborot topish mumkin bo`lgan va noyob URL bilan belgilangan virtual joy. Mazkur URL veb-saytning bosh sahifasi manzilini ko`rsatadi. O`z navbatda, bosh sahifada veb-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlar bo`ladi. Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, grafik va boshqa fayllardan tashkil topgan bo`lishi mumkin. Veb-saytni ochish uchun brauzer dasturidan foydalaniladi. Eng ko`p foydalanadigan brauzerlar bu Internet Explorer va Netscape Navigator. Veb-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa bo`lishi mumkin.
****************************************
WEB-saytni aylantirish:
Veb-saytga tashriflar sonini ortirish, uning doimiy auditoriyasini yaratish maqsadida qilinayotgan tadbirlar majmui.
---------------------------------
WEB-SERVER:
Internet yoki Intranetga ulangan umumfoydalanishdagi axborot serveri. Unda hujjatlar va fayllar audio, video, grafik va matn fayllari saqlanib, ular foydalanuvchilarga HTTP vositalari orqali taqdim etiladi. Veb-server nomi u umumjahon tarmoqning qismi bo`lgani uchun kelib chiqqan. 2. Maxsus dasturiy ta'minotga ega bo`lgan, bir yoki bir necha veb-sayt fayllarini saqlash va ularga ishlov berishi mumkin. Bir necha veb-sayt bitta kompyuterda ishlasa, veb-server deganda veb-sayt ishlovchi virtual makon (dasturiy ta'minot va kompyuterdagi joy) tushuniladi. Buning uchun ko`plar uchun veb-server deganda veb-sayt tushuniladi. Ko`p axborotni saqlovchi veb-saytlar bir paytning o`zida bir necha kompyuterda saqlanilishi va ularga ishlov berilishi mumkin. Veb-server mijozlarning veb-saytga so`roviga javob beradi va CGI-, JSP-, ASP-, PHP- va boshqa qo`llanmalarni amalga oshiradi