Igna Igna � ko'ngilni og'rishi, xaqorat, yashirin o'ch olish, makkorlik, belgisidir. Agar tushga yangi kon izlari bo'lgan igna kirsa - bu tush qarindoshlarning yomon niyat qilayotganliklaridan ogoh etadi. Juda uzun ip o'tkazilgan igna tushga kirsa - bu, bir kishining xech qanday saylovsiz xokimiyat tepasiga kelib, uzoq vaqt o'z xoxishlarini amalga oshirib, fuqarolarni o'ziga nisbatan xurmatda bo'lishiga erishishi alomatidir. Sochilib yotgan ko'p miqdordagi ignalarni tushda ko'rish - makkorlik, g'iybat va ig'vo hammani yoppasiga qamrab olishidan hamda bu ba'zi xushomadguy bo'lmagan shaxslarni xaloqatga olib kelishidan dalolat beradi. Tanasida pulat ignalar sanchilganligi ko'rinib turgan hayvon tushga kirsa, demak, inson o'zi shubhalanmagan odamdan dushman orttirib olishidan, u bilan ko'rashish oson bo'lmasligidan, chunki dushmanni tashqi tomoni yer axlining , odatdaga qiyofasiga o'xshamagan, ajratib olish qiyinligidan dalolat etadi. 