OYNING O'NBESHI

Avvalgi zamon payg'ambarlaring biriga Allohdan shunday vahiy keldi:
- Sen yashab turgan qishloqda bugun yangi oila qurildi. Ushbu oilaning keyingi hayotini teng ikkiga bo'lib, yarmi baxtli yarmi baxtsiz g'am tashvishli hayot qilib yozdik. Ularda bitta ixtiyor bor.
Ularga avval baxtli hayotni berib, keyin baxtsizlikni beraymi. Yoki avval baxtsizlikni berib, yarim umri o'tkach baxtli hayotni beraymi. Qaysi biriga avval duchor bo'lishsin?
O'zlari tanlashsin, sen ularni topib shuni so'ragin.-
Payg'ambar o'sha oilani topib boribti, ular xursand bo'lib mehmon qilishibti. Keyin payg'ambar Allohni vaxiysini uy egasiga aytibti va tanlab menga aytinglar debdi. Yigit, hozir ichkariga kirib oilam bilan maslaxat qilib chiqaman, xotini xuzuriga kiribti va vaziyatni tushuntiribti.
Shunda kelin:
- sizning fikringiz qanday?
Kuyov:
- menimcha avval baxtsiz hayot bo'lsin, yoshmiz, kuch-quvvatimiz borida o'tkazib olsak, keyin ikkinchi yarmida baxtli yashar ekanmiz.
Kelin:
- menimcha esa avval baxtli hayotda yashab olaylik, keyingi yarmi nima bo'lsa bo'lar. Yoshlikda quvnamasak qachon qariganda nima keragi bor.
Hullas kuyov ham kelinni gapiga rozi bo'lishga majbur bo'libti. Chiqib tanlaganlarini payg'ambarga aytdilar va umrning 1-yarmi baxtli hayot boshlandi.
Keyin esa kelin kuyovga dedi:
- nega men avval baxtli hayot bo'lishini tanlaganimni bilasizmi?
Kuyov:
- ha bilaman. O'zi ayol kishi sochi uzun aqli kalta bo'ladi. Men bugunni emas ertani o'yladim, siz esa faqat bugunni o'yladiz.
Kelin:
- yo'q adashdiz. Meni maqsadim boshqa. Endi biz mana shu baxtli hayotda solix amallar qilib umrimizning keyingi yarmiga zaxira tayyorlaymiz. Ko'p ko'p savobli ishlar qilamiz, ibodatlar bilan o'tkazamiz, baribir baxtli bo'laveramiz. Insonlarga yordam beramiz. Kechayu kunduz  faqat ezgulik ishlarini qilamiz. Imkoniyatimiz yetkanicha yaxshilik qilaveramiz, har bir daqiqadan unumli foydalanamiz!
Kuyov:
- qoyil, mana bu boshqa gap.
Hullas, kelin aytganidek kunu tun yaxshilik amallari bilan uzoq yillar baxtli hayot kechirdilar. Hayotdan juda xursand edilar. Hatto qarilik yoshiga yetib qoldilar. Hayron bo'lishdi, umrimizni yarmi tugaganda baxtsiz hayot boshlanish kerak edi, biz esa qarib qoldik, haliyam baxtiyormiz, deyishdi.
Payg'ambardan borib so'radilar, shu vaqtda Alloh payg'ambariga shunday vahiy yubordi:
- ularga xushxabar ber. Baxtli hayotlarida shukur qilib, yaxshilik amallarida o'tganlari evaziga, umrlarining qolgan qismi ham baxtli hayot qilib berildi.
HIKOYA TAMOM.