NOMUS BOYLIKDAN AFZAL

O'tgan zamonda Karim ismli bir kishining shahardan tashqarid bir parcha eri bor edi.Karim har yili shu eriga ekin ekib,undan olgan hosiliga qanoat qilib,bola-chaqasi bilan umr kechirardi.Bahor payti buni er haydab turganda bir o'g'ri kelib,uning ter to'kib ishlayotganiga qarab turdi.Yaqin borib,salomlashdi-da,dedi:
 -Siz bir kambag'al kishiga o'hshaysiz.Kiygan kiyimingiz bundan dalolat berib turibdi.Oyoq yalang ishlayapsiz,chorig'ingiz ham bo'lmasa kerak.Eringizdan chiqqan hosil bilan oilangizni ta'minlayolmaysiz.Bunga ishonchim komil.Keling,men bilan birga og'rilik qiling,pulingiz ko'payadi.
  Karim taklifga dedi:
 -yo'q,men eng past,yaramast odam bo'lishni istamayman.Men iflos yo'llar bilan pul topishdan hazar qilaman.Halol mehnat qilib,pok yashashni istayman.Ko'rdingizmi,men peshona teri to'kib,shu halol mehnatim tufayli qalbim rohatlanib,farog'atda umr kechiraman.Sizning ham og'rilik kabi yaramas ishdan tavba qilishingizni so'rayman.Bu kasbdan or qiling.
Berma ozor kishiga,qilma o'g'rilik zinhor,
O'g'ri doim chekadir ranju uqubat bisyor