
Doim do'stlari bilan tortishib yuradigan bir qaysar yigit bor ekan. Bir kuni dadasi unga bir qop mix beribdi.
-Odamlar bilan tortishib qolganingda xar safar taxtaga bittadan mix qoq- debdi.
Yigit birinchi xaftadayoq taxtaga 37 ta mix qoqibdi. Keyingi xaftalarda o'zini boshqarishga xarakat qilibdi. Va kundan kunga mix qoqishni ozaytiribdi. Nixoyat bir kuni bitta xam mix qoqmabdi. Bu xolni otasiga kelib aytibdi. Otasi uni taxta yoniga etaklabdi:
-Bugundan boshlab xech kim bilan tortishmagan kunlaring bittadan mixni sug'urib olaver, - debdi.
Kunlar o'taveribdi. Nixoyat bir kuni taxtada birorta xam mix qolmabdi. Otasi unga:
-Ofarin, yaxshi ish qilding. Endi bu taxtaga diqqat bilan qara, sho'rlik, ilma-teshik bo'lib ketibdi. Oldingiday chiroyli emas. Odamlar bilan tortishganingda yomon so'zlar aytgansan. Xar bir yomon so'z ko'ngilda asorat qoldiradi. Endi do'stlaringdan uzr so'rab, yaxshi so'zlar aytib, qalblariga malxam bo'lishing kerak,-debdi.