Hozir bahor…Lekin men uniko‘ra olmayman»(voqea) Kunlarning birida, bir binoning zinasida, oyoqlari oldiga shlyapasi va«Men ko‘rman, iltimos yordam bering»deb yozilgan taxtachasini qo‘yib, ko‘rodam o‘tirar edi.Bir o‘tkinchi, shlyapasida bor-yo‘g‘i bir necha tanga bo‘lgan nogironni ko‘rib, unga yaqin keldi va to‘xtadi. U shlyapaga ikki tanga tashladi va tilanchidan izn olmasdan taxtachadagi yozuvni o‘chirib, boshqa so‘zlarni yozib qo‘ydi va yo‘lida davom etdi.Kun oxirlaganda u qaytib keldi va shlyapa tangalar bilan to‘lib ketganini ko‘rdi.Ko‘r odam uni qadam tovushlaridan tanib,—«Taxtachadagi yozuvni qaytadan yozgan kishi siz emasmi?»—deb so‘radi. U yana,taxtachaga nima deb yozilganini bilishni istadi. O‘tkinchi:—Yolg‘on sanaladigan hech nima yozganim yo‘q. Men faqat taxtachadagi yozuvni biroz boshqacharoq qilib yozdim xolos,—deb javob berdi.U jilmayib qo‘ydi va ketdi.Taxtachadagi yozuv quyidagichaedi:«Hozir bahor…Lekin men uniko‘ra olmayman».