Mushukchaning baxti

Katta mushuk dumini o'ynatayotgan mitti mushukchadan:
- nega dumingni quvlayapsan? - deb so'radi.
Mushukcha javob berdi:
- mushukka bir yaxshi narsa baxt keltirishini, baxt esa dumim bilan ekanini bildim. Shuning uchun uni quvlayapman. Dumimni tutib olsam , baxtga erishaman.
Shunda katta mushuk:
- bolaligimda men xam dumimni baxt deb bilardim. Keyinchalik anglab yetdim: qachon quvlasam , dum mendan uzoqlashadi, qachon xotirjam sichqon ovlab yursam, dumim doimo izimdan ergashadi, - dedi mushukchaga.
