AHMOQLAR ARZANDASI.

Joanna Kol, Filip Kol

Katta ahmoq va kichik ahmoq birga yashardi. Ba'zi paytlarda ular turli xil tentakona ishlarga aralashib qolishardi. Chunki ular anchagina ahmoq edilarda!
Kunlardan bir kun katta ahmoq bilan kichik ahmoq hovlida ishlashayotib suv toshbaqasiga ko'zlari tushib qoldi.
-buni qaqa, qanday yoqimtoy jonzot ekan-a dedi kichkina ahmoq hayratlanib. -nima o'zi bu?
-bilmayman,-dedi katta ahmoq.
-kel, biz uni arzanda qilib asrab olamiz,-dedi kichkina ahmoq.
-biz ilgari hech qanday jonzot asrab olmaganmiz-ku, buni uddalay olarmikanmiz?
-biz unga qanday g'amho'rlik qilishni kitobdan o'qiymiz,-bilag'onlik qildi kichik ahmoq.
Shunday qilib ikki ahmoq toshbaqani ushlab,kutubxonaga yo'l oldi.
-Xonaki hayvonlarni parvarish qilishga oid biror-bir kitobingiz bormi?
Kutubxonachi ahmoqlarga uy hayvonlari to'g'risidagi kitoblar joylashgan javonni ko'rsatdi. Katta ahmoq kitoblar ichidan "ITLAR-BIZNING DO'STIMIZ" deb nomlangan kitobni oldida:
-Itlarning 4ta oyog'i bo'ladi,-o'qiy boshladi,- katta ahmoq.
-bir,ikki, uch, to'rt,-diya sanay boshladi kichik ahmoq. Bizning arzandamizni ham 4ta oyog'i bor ekan. Demak, u-it!
-"itlar o'z dumlarini silkitishlari ularning baxtiyorligini ifodalaydi"-o'qishda davom etdi.
-bizning itimizni ham dumi bor, biroq u hozir dumini likilatmayapti. U xafa bo'lsa kerak,-bilog'onlhk qildi kichik ahmoq.
Katta ahmoq davom etdi:
-"itlarda kemirish uchun ilikli suyak, taqish uchun bo'yinbog' bo'lishi kerak".
-itimizni nega bunchalar g'amgin ekanligini topdim,-qichqirib yubordi kichik ahmoq, ahir bizning itimizda bu narsalar yo'qku! Shunday ekan u qanaqasiga xursand bo'lsin!
-kel, bu narsalarni unga biz topib beramiz, dedi katta ahmoq kichigiga.
-bo'pti ketdik,-rozi bo'ldi kichik ahmoq.
-Biroq yon-atrofda "itlari"ning dumini likillatishi uchun xursand qiluvchi na bir suyak, na bir bo'yinbog' bor edi. Ahmoqlar tashvish tortib qolishdi. Chunki ularning arzandalari xursand emas edi-da! Ular nima qilishlarini bilmay, hovlida timirskilanib yurishardi.
Ular hovlidagi hovuzcha yonidan o'tayotganda to'satdan "it"lari qo'llaridan sapchib, hovuzchaga tushib ketib qoldi. Toshbaqa suvda suzib borar ekan, suvda uning yoyilgan dumi va oyoqlari yaqqol ko'zga tashlanar edi.
-qara, uning dumiga qara!-diya qichqirdi katta ahmoq. Demak, u suvda suzganida ham xursand bo'lar ekan-da!
-u suv iti bo'lsa kerak,-dedi kichkina ahmoq,-shunhng uchun suvga tushganidan xursand.
Shunday qilib, ikki ahmoq "it"larinh kunora cho'miltirishadigan bo'lishdi. Havo iliq kunlari hovlidagi hovuzchada, sovuq va yomg'irlh kunlarda esa uy ichida-uy hammomida cho'miltirishardi.
-qara, biz bu xususda ko'p ishni o'rganib, uddalay oldik-a? -deb qoldi bir kuni katta ahmoq kichik ahmoqqa g'ururlangancha.
-albatta. Kitoblar bizga hamma ishni ham o'rgatavermas ekan. Hayotda ko'p narsani o'zimiz topishimiz kerak ekan,-diya o'z tajribasidan iftixor tuyg'usini tuyib, boshini viqor bilan ko'tarib javob berdi, kichik ahmoq.
Ikki ahmoq og'ir tin olishdi...
