So'ng...

Adolat Omonulloga qatnayverib, oxiri erining molini qo'lga kiritdi. Omadini qarangki, yangi sovxoz direktorini ham qo'lga kiritishga erishdi - katta qizini unga qo'shib qo'ya qoldi. Toshbolta olib kelgan boylikning bir ulushi sovxoz direktoriga tegishli edi. Adolat shu boylikni olib ketish uchun uni uyiga taklif etdi. Yedirdi, ichirdi, so'ng...
Ichkarida yangi direktor huzurlanar...
Bu yoqda Adolat quvnar, orzulardan tilla saroylar qurar...
Ayvonda esa jon berayotgan Toshboltaning lablari bir tomchi suvga zor... 
