V bob

LAYLATULQADR

Ammo, Yong'oq qori pochchamning aytgani boimadi.
Hali pichirlashib bir narsalarni o'qiganda butunlay boshqa
narsalar to'g'risida gaplashib o'tirishgan ekanmi yoki qori
pochchamlardan Dononing qorniga nazar solgan sariq Dev
mutlaqo qo'rqmas ekanmi, ishqilib, Dono tuzalmadi. Qaytaga
battar boiib ketdi. Biz Oysha ikkovimiz hozir sariq Dev qori
pochchamlardan qo'rqib shataloq otib qochib qoladi deb
o'ylovdik, bunaqa bo'lmaganini ko'rib, ikkovimiz ham hayron
boiib qoldik. Bunday qarasam, oyim bilan dadam ham hayron
boiib, bir-birlariga tikilishib o'tiribdi.
 Dadajon, dadajon-ey!  deb baqirib yubordi Dono
qornini changallab.
Dadam sakrab o'rnidan turib ketdi.
 Yana qayoqqa otlanib qolding shu paytda? 
tashvishlanib so'radi buvijonim.
 Doktor olib kelaman.
 Qo'ysang-chi, bolam bechorani olib ketib qoladi.
 Olib ketsa yana yaxshi,  dadam shoshilib borib
mototsiklni ko'chaga olib chiqa boshladi  bechoraning
shuncha qiynalgani ham yetar. Sizning gapingizga kirmay,
doktor olib kelganimda allaqachon tuzalib qolarmidi...
Chilyosin degani, rostini aytsam, buvijonimdan chiqdi. U
kishining odati o'zi shunaqa. Doim qori pochcha, chilyosin,
laylatulqadr degani-degan. Buvijonimning gapiga kirib, huv
birda ham butun qishloqqa gap boiishimizga sal qoluvdi.
Buvijonim ro'za tutardi. Meni ro'za tutmasang ham saharlikda
turib mening yonimda o'tirsang o'miga o'taveradi deb, bunday
bir miriqib uxlashga ham qo'ymasdi, har kuni uyg'otardi.
Bir kuni biznikiga Buvotin xola, Orifning oyisi Obida
kelinoyim, farzand ko'rmagani uchun eri bilan doim qo'ydichiqdi
bo'lib yuradigan Hojarxon opam hammalari to'planishib
bir narsalar haqida rosa gaplashishdi. Keyin bilsam, o'sha
kechasi laylatulqadr o'tishi kerak ekan, poylamoqchi bo'lib
to4planishibdi.
 Voy o'lay, qanaqa rangda ko'rinadi dedingiz?  deb
so'radi Hojarxon opa.
 Odam ׳ ham ko'rinadilar,  tushuntirdi buvijonim,
  ׳ o'zlarini o'choqqa ham uradilar... Nimaniki
tilasangiz, o'shani darrov muhayyo qiladilar, aylanay!
Laylatulqadrni ko'rgan paytingizda nimaniki ushlasangiz o'sha
sariq tilloga aylanadi, aylanay...
Buvijonimning aytishicha, o'tgan yili qaysi bir qishloqda
qaysi bir juvon kechasi laylatulqadrni ko'rib, farzand so'ragan
ekan, to'qqiz oyu to'qqiz kun deganda qo'chqordek o4g41 tug'ib
olibdi. Buni eshitib Hojarxon opam xuddi o'sha bolani o4zi
tuqqandek sevinib ketdi.
Saharlikdan keyin hech birimiz uxlamadik. Birimiz ko'chada,
birimiz hovlida, hammamizning ko'zimiz osmonga tikilgan 
postda turgan soqchidek hushyor turibmiz. Bir mahal ko'chada
allaqanday sharpa eshitilib qoldi-ku! Hojarxon opam o'ngitersiga
qaramay, yugurib borib o'sha sharpani quchoqlab oldi.
 Qo'yvoring meni!  dedi sharpa qo'rqib.
 Aylanay, laylatulqadr buvam!  yig4agudek ׳ dedi
Hojarxon opam,  birinchi ׳ sizni men ko'rdim.
 Qanaqa laylatulqadr?.. Men Abduqodir .
 Aylanay ovozingizdan. Tilagim shuki...
 Qo'yvoring meni, uyat bo4adi!
 Qo'yvormayman, birdan-bir iltimosim.
Xuddi shu paytda Obida kelinoyim halloslab kelib, haligi
odamning etagidan mahkam ushlab oldi.
 Oling, qoMingizni!  dedi Hojar opam achchig'i chiqib,
 birinchi bo'lib men ko'rganman.
 Voy qo'shni. ikkovimiz teng ko'rdik-ku,  Obida
kelinoyim ham qizishib ketdi.
 Qo'yvoringlar,  dedi begona odam silkinib,  men hech
qanday laylatulqadr emasman. Bekobodlik Abduqodir
bo'laman. Fermadan kelyapman, tushunsangizlar-chi,
fermadan! Mollarga xashak solib kelyapman.
Shunday deb, Abduqodir aka bir silkinib ayollarning
qoiidan chiqdi-dy, yolto'sar xotinlarga uchradim deb qo'rqib
ketgan ekan shekilli, qoMlaridan eson-omon chiqib olganiga
shukr qilib qochib qoldi. Ko'ylagining etagi Obida kelinoyimning
qoMida qolibdi...
Hovliga kirsam, buvijonim katta tolni mahkam
quchoqlaganicha qimir etmay qotib qolibdi.
 Buvijon, tolimiz sariq tilloga aylanyaptimi? deb
so'radim.
 Ishingni qil, tirmizak,  urishib berdi buvijonim.
Ertasiga bu gapni qo'ni-qo'shnilar eshitib, bizning ustimizdan
rosa kulishibdi. Nazarimda, buvijonimning gapiga kirib
bugun ham aldanganga o'xshaymiz, bo'lmasa, nega endi sariq
Dev haligacha Dononi qo'yib yubormay qornini changallab.
jonini qiynaydi? Rostdan ham gumning oldida devlar
yasharmikin-a? Kechasiku, okt qalab o'yinga tushishar ekan,
kunduzi qayoqda ketishadi? Changalzorning ichiga berkinib
olisharmikin-a...
O'y-xayollarga berilib, hovliga dadam bilan ketma-ket
doktor kirib kelganini ham payqamay qolibman. Doktor dardi
ogMrligidan qora terga botib hushidan ozay deb yotgan Dononi
shoshilib u yoq-bu yog'ini ko4rdi-da, boshini keskin ko'tardi:
 Ko'richak bo'pti!
 Nima qil deysiz?  Shoshilib so'radi dadam.
 Qani, mashinaga olib chiqdik.
Birinchi bo'lib buvijonim yigiab yubordi. Ketidan oyim
bilan Oysha ham jo4r boMishdi. Bemehr deb nomimni yomonga
chiqarib qo'yishlaridan qo'rqib, men ham yigMashga shuncha
urinsam ham ko'zimga yosh kelmasa boMadimi?
Tez yordam mashinasida rayon markaziga  Yaypanga
jo'nadik. Dononing o%ng tomonida doktor, chap tomonida
dadam, oyoq tomonida men o'tirib olganman. Mashina
qushdek uchib boryapti-yu, men bo'lsam negadir nuqul sariq
Dev haqida o'ylayman...
Ko'richakni operatsiya qiladigan oriqqina doktor
kasalxonaning bufetida ovqat yeb o'tirgan ekan. Chap qo'lida
stakanda bug'i ko'tarilib turgan choy, o'ng qo'lida bir burda
non ushlagancha yugurib chiqdi-yu:
 Men hozir...  deb yana bufetga kirib ketdi.
Bir zum o'tar-o'tmas xalat kiygan erkak-ayol doktorlar,
haligi maktabga komissiya kelganda o'qituvchilar tipirchilab
qolishadi-ku, ana shunday tipirchilab qolishdi. Buvijonimga
o'xshab ko'zoynak taqib olgan bir kampir dadam ikkovimizni
orqasidan ergashtirib har xil dorilarning hidi anqib turgan bir
xonaga olib kirdi-da:
 Shu yerda o'tirib turinglar, deb tayinladi.
 Qalay, qizaloqning ahvoli yaxshimi?  tashvishlanib
so'radi dadam.
 Operatsiyaga olib kirishdi.
 Operatsiya?!  dadam beixtiyor o'rnidan turib ketdi. Men
ham qo'rqqanimdan o'tirgandan o'tirib qoldim... Bordi-yu
yo'q... Yo'q... Unday bo'lmaydi, soppa-sog' chiqadi, albatta,
sog1 chiqadi!
Dono-ey, singilginam-ey! Men bo'lsam doim seni 
qilaman-a, ish buyuraman-a. Bundan keyin senga hecham ish
buyurmayman, hammasini o'zim bajaraman, Hoshimjon
bajaradi...
 Yig'lama,  dedi dadam menga o'girilib,  ko'z
yoshlaringni artib ol. Erkak kishi yig'lamasligi kerak.
Dadam divanga cho'kib, bolishiga suyangancha jim o'tiribdi,
bir narsalar haqida o'ylayotganga o'xshaydi. Ammo nima
to'g'ridaligini bilmayman. Men bo'lsam operatsiya stolida
qiynalayotgan singlimning ahvolini ko'z oldimga keltirishdan
qo'rqib jo'rttaga Danak qori, Bodom qori, Yong'oq qori
pochchamlar to'g'risida o'ylab ketdim... Demak, sariq Devni
haydaymiz deb yolg'on gapirishgan ekan-da, dadamning
mashina olaman deb yig'ib yurgan puliga chang solgilari kelib
qopti-da! Mirobiddinxo'ja-chi, Mirobiddinxo'ja! Tishimning
kovagida asrab yurgan pulimni olib borib beribman-a. Qaytib
olmaysanmi? deydi-ya tag'in... Hammalari ham shoshmay
turishsin hali, qaynatma sho'rvaga garmdori solib ichishni
ko'rsatib qo'ymasammi ularga!
Eshik ochilib yo'l-yo'lakay qoMidagi kapron qoMqopini
yechib oriq doktor kirib keldi. Peshonasidan, yuzlaridan ter
quyilyapti, juda charchagan ko'rinadi, mast odamdek
gandiraklab-gandiraklab ketyapti.
 Qalay, tuzukmi?  shoshilib so'radi dadam. Doktor xiyol
kulimsirab, yaxshi degandek, boshini silkitdi-da:
 Besh minut kechikkaningizda... qizchadan ajralib
qolardingiz,  dedi dadamga qaramay. Keyin oppoq sochiq
bilan yuzlarini artayotib,  nega dard tutgan zahoti olib
kelmadingiz?  deb so'radi. Dadam o'zi juda kam gapiradi.
Ba'zi paytlarda gapirishga gap topolmay kun bo'yi g'ing'illab
ashula aytib yuraveradi. Qarasam, shu paytda ham dadam haliveri
javob beradiganga o'xshamaydi.
 Biz uni chilyosin qildirdik!  deb tushuntirdim doktorga.
 Chilyosin? Qanaqa chilyosin?  qiziqib qoldi doktor
amaki. Qiziqib qolgani uchun men ham sal tushunadiganroq
qilib gapirdim.
 Qori pochchalarni to'plab vecher qildik.
Doktor amaki, nazarimda, yana hech narsa tushunmadi.
Yelkasini qisib menga boshdan-oyoq razm soldi-da, bunaqangi
joyga yosh bolalarni olib kelish yaramaydi, deb tanbeh berdi
dadamga.
 Qizaloq tuzukmi o'zi?  deb so'radi yana dadam.
 Biror soatlardan keyin kirib ko'rishlaring mumkin, -
shunday deb doktor amaki chiqib ketdi. Aytganidek, roppa-rosa
bir soat o'tgach, dadam ikkovimizga oq xalat berib, ko'rishga
ruxsat etishdi. Kirsak, Dono oppoq choyshablarga o'ralib mushuk
boladek beozorgina pishillab uxlab yotibdi. Uyg'otgani ko'zimiz
qiymay, oyoq uchida yurib tashqari chiqdik.
 Yur endi,  dedi dadam meni ko'chaga boshlab, 
singling uyg'onguncha qishloqqa borib kelamiz, oying bilan
buvijoningning ko'nglini tinchitmasak, naq yurak o'ynog'i
bo'lib qolishadi-ya.
CKsha kuni uyda buvijonim bilan oyimning yo'qligidan
foydalanib, Sehrli qalpoqchamni berkitib qokygan joyga borib
eski-tuski lattalar orasidan uni yana topib oldim.
 Qalpoqcham!  qichqirib yubordim sevinganimdan...
 Hoshimjon!  dedi qalpoqcham ham quvonchini ichiga
sig'dirolmay.
 Men seni sog'inib qoldim, do'stim!
 Men ham qachon kelasan deb kutib yotgandim, azizim.