VI bob

SARIQ DEVNI MINIB OLDIM

 5 ^ u n d a y qilib, Donoxonga hamla qilgan sariq Dev bilan
olishsam maylimi?  so'rayman qalpoqchamdan.
 Olish, albatta, olish.
 Yordam berasanmi?
 Berganda qandoq.
 Xo'sh, seningcha ishni nimadan boshlasam ekan?
 Ko'zlaring yumilib ketyapti, hozircha to'yib uxlab ol, 
maslahat berdi dono qalpoqcham,  ertaga bir gap boMar.
Chindan ham uyqum kelib qolgan ekan, boshimni yostiqqa
qo'yishim bilan pishillab uxlab qolibman. Tong saharda, hali
hammayoqda xo'rozlar basma-basga qichqirishayotgan bir
paytda buvijonim turtkilab uyg'ota boshladi.
 Tursang-chi, ko'zing ochig'u o'zingni uxlaganga solasan-a.
 Hali erta-ku, buvijon,  deyman ko'zimni ochgim
kelmay.
 Namoz o'qiymiz, tur, bolam.
 Kecha olqidik-ku, tag'in o'qiymizmi?
 Har kuni o'qiladi. Tur deyapman.
 Buvijon,  dedim sekin ko'rpamni ustimga tortib, 
bugundan boshlab namoz o'qimayman.
 Nega endi o'qimas ekansan?
 Namoz o'qiganlar... do'zaxda kuyar emish...
 Bu gap qaysi payg'ambardan chiqdi?  achchig'i chiqib
so'radi buvijonim.
 Hoshim degan payg'ambardan chiqdi.
 Nima, nima! Yana bir gapir!
Yo'q, buvijonim bilan hazillashib boimaydi. Oyim boisa
boshqa gap, jahli chiqqani bilan urmoqchidek bir hamla qiladiyu,
bari bir urmaydi. Ammo buvijonim... bu kishi kelganlaridan
buyon quloqlarim cho'zilaverib har bittasi naq supraday boiib
ketdi-ya.
Sakrab o'rnimdan turib yuvindim, namoz o'qidik. Keyin
qaymoq bilan choy ichdik. Nonushta tugagach, dadam o'z
ishiga, buvijonim bilan oyim Donoxonning holidan xabar olgani
Yaypanga jo'nab ketishdi. Men boisam oyoqni qoiga olib,
Zokirvoynikiga yugurdim.
Lekin borganim ham ko'p yaxshi boigan ekan-da, nega
desangiz, bechora do'stim bir o'zi beda o'rgisi kelmay, ertalabki
salqinda jindak mizgib olsammi, deb o'ylanib turgan ekan.
Menga ko'zi tushishi bilan o'zida yo'q, sevinib ketdi.
 Men boisam, kelmaysan deb turuvdim,  dedi u nima
deyishini bilmay.
 Kecha kelardim-u, Dono kasal boiib qoldi-da. ,
 Aytgandek, Donoga nima boidi okzi?
 Dev hamla qilibdi unga!
 Dev! Qanaqa Dev?!  Qo'rqqanidan sapchib o'rnidan
turib ketdi do'stim.
Kecha uyimizga folbin xola, Danak qori, Bodom qori.
Yong'oq qori pochchamlar kelib olsha Devni quvishga ko'p
harakat qilganlarini, ammo hech bir natija chiqarolmay
dadamdan pul olib ketganlarini gapirib berdim.
 Men bugun u bilan jang qilmoqchiman,  dedim gapimni
tugatib.
 Kim bilan?  shoshilib so'radi Zokir.
 O'sha sariq Dev bilan-da, kim bilan boiardi.
Zokir o'zi qo'rqoq bola emasmi, Devning nomini
eshitgandayoq rangi oppoq oqarib ketgan edi. U bilan
olishmoqchi boiganimni eshitib, ishonasizmi, og'zini ochgancha
angrayib qoldi. Keyin ishga tushib bedani o'rib boigunimizcha
ham bu haqda bir og'iz gap ochmadi. Jo'rttaga gapni nuqul
boshqa yoqqa buradi deng. Agar biz ikkimiz doim birga boisak,
har qanday mushkul ishni ham kofcz yumib-ochguncha bajarib
tashlar emishmiz, darslardan ham nuqul besh olarmishmiz, eng
bezori bolalardan ham zig'ircha qo'rqmas emishmiz.
Men mavridi keldi deb o'yladimu Zokirni ham kechasi men
bilan birga borasan, Devga qarshi jang qilamiz, deb taklif qildim.
Zokir bosh chayqab:
 Men kechasi kitob o'qimoqchiman,  deb ko'nmadi.
Mening g'alati bir odatim bor. Birovga aytmayman, deb so'z
bersangiz sizga ham aytib berishim mumkin... Agar bitta-yarimta
odamni gapimga ko'ndirolmasam, darrov uni maqtashga tushib
ketaman. Maqtayverib, eng qaysar odamni ham bir zum o'taro'tmas
yog'dek eritib yuboraman. Shu paytda, o'ziga
sezdirmasdan, Zokirvoyni ham maqtab yubordim-ku. Botirlarning
eng pahlavoni, pahlavonlarning eng botiri sen, dedim. Bora-bora
o'zini bu gapga ishontirdim ham.
 Bilagingdagi kuchni qara,  dedim gapimning oxirida,
 to'rtta dev bilan ham bemalol olishsang bo'laveradi.
Zokir sal yumshagandek boMdi.
 Shunday qilib, sariq Dev bilan olish deysanmi? 
bilaklariga ko'z tashlab so'radi u.
 Nega endi sen olishar ekansan. Mening o'zim olishaman.
Faqat suvsab qolganimda suv berib tursang bo'ldi.
 QoMni ber!  Zokir pahlavonlardek oyoqlarini kerib
o'rnidan turdi-yu, nimadir esiga tushib ketdi shekilli, shoshilib
so'radi:  bordi-yu Dev meni osmonga olib chiqib ketsa nima
qilaman?
 Qo4rqma, olib chiqib ketmaydi. Bordi-yu qo'rqsang
arqon olib borib men seni tutga mahkam bog'lab qo'yishim
ham mumkin.
 To'g'ri aytasan. Yaxshisi, boylab qo'ya qol meni, 
maslahatga ko'ndi Zokir,  tag'in Dev ko'tarib ketsa oyim
axtarib yurmasin.
Zokir bilan gapni bir joyga qo'yib, tashqariga chiqdimu
qadamim sustlashayotganini sezib qoldim. Bundoq o'ylab
qarasam, hazil-hazil bilan katta ishni boshlab yuboribman. Axir
Dev Orifning kuchugi emaski, biqiniga poylab turib bitta
tepsang vangillab qochib qolsa. Ertaklarda aytilishicha, devlar
juda kuchli. juda makkor bo'lishadi. Buning ustiga ularning
sehrgarlikdan ham xabari bor. Shunday boMgandan keyin men
ham tuzukroq. tayyorgarlik ko'rishim, iloji bo'lsa, uni g'aflatda
bosishim, hech boimaganda maydonga o4t qalab o'yinga tushayotgan
paytida hujum qilib qolishim kerak.
To'ppa-to'g'ri Sora xolamnikiga y o i oldirn. Avval Mirobiddinxo'jani
topib kechagi pulimni qaytarib olaman. Nega
desangiz, oyisi kinna solgani bilan, bari bir Dono tuzalmadi.
Tuzalmagandan keyin birovning pulini cho'zib qo'ysinda...
Undan keyin Sora xolamdan sariq Dev haqida kecha birinchi
bo'lib folbin xolam gap ochgan edi-da.
Mirobiddinxo'ja uylarida ko'rinmaydi. Sora xolam glir-g4ir
shabada esib turgan ayvonda atlas ko'rpachalarning ustida
maza qilib dam olib yotibdi, har zamonda qoMidagi bir dasta
rayhon bilan xira pashshalarni haydab qo'yadi.
 Assalomu alaykum, xolajon!  dedim kelganimni
sezdirish uchun.
 Mulla bo'ling, mulla bo'ling,  deb folbin xolam asta
o'rnidan turib o'tirdi,  kel, o'glim, kel.
 Mirobiddinxo'ja boisa o'ynaymiz deb keluvdim.
 O'rtog'ing dalaga qovunga ketuvdi-ya. Xabaring yo4qmi
bugun kolxoz qovun uzibdi... Dono tuzukmi?
 Tuzuk. Kecha operatsiya qilishdi. Doktor yaxshiyamki
kinna soldirganlaring, boimasa o'iib qolar ekan, dedi.
Shunday deyishim bilan negadir, Sora xolam kulib yubordi.
Oyog'iga qo'ngan pashshani rayhon bilan bir urib:
 Obbo o'giim-ey, shunday dedimi-a?  deb so'radi.
 Ha, shunday dedi.
 Bundan keyin yolg'on gapirmagin, o'giim, xo'pmi?
 Xokp bo'ladi, xolajon,  dedimu yolg'on gapirganimni
sezib qolgani uchun bu vog'ini sal to'giilab gapira boshladim.
 Undan keyin, buvijonim, gumning oldiga bormanglar. u
yerda Devlar makon qurgan, ziyon yetkazadi deyaptilar...
Rostdan ham o'sha yerda Dev bormi, xolajon?
 Mana endi o'zingga kelding, bolam,  Sora xola qolidagi
rayhondan bir shincha uzatdi,  ma, iskab-iskab o'tir, makon
ko'rgan. Bemahalda u yoqlarga bora ko'rmagin.
 Kechasiyu kunduzi bo4ladimi-a?
 Yo4q, ko4proq kechasi boMishadi.
 Kunduz-chi, kunduzi qayoqqa ketishadi?
 Kunduzi Ko4hiqofga uchib ketishadi, bolam.
Keyin Sora xolam, men yaxshi bola boiganim uchun, boshqa
narsalar haqida ham gapirib berdi. Devlar goh qanot chiqarib
qushdek uchar ekan, goh shamol bo'lib guvillar ekan, goh suv
b o l ib shaldirar ekan, goho odamga o'xshab ham ko'rinib qolar
emish... Bir kun Sora xolam narigi qishloqdan kelayotgan ekan,
yoMda Mirobiddinxo'jaga o'xshagan bir bola yig'lab o'tirgan
emish, nega yigiaysan desa  battar yig'larmish. Yur, uyga
olib ketay desa, yurolmayman dermish. Shunda Sora xolam
rahmi kelib orqasiga opichib olgan ekan, avval qushdek yengil
tuyulibdi, keyin tegirmon toshdek og'ir bo4lib ketibdi. Sora
xolam ter bosib:
 Ke, o'giim, endi birpas piyoda yurgin!  deb bundoq
yelkasi osha nazar tashlasa, orqasida bir qop tezak turgan emish.
 Xola, siz qo'rqib ketmadingizmi?  deb so'radim.
 Qo'rqmadim, qo'rqsam zarar yetkazardi,  deb
tushuntirdi Sora xolam.
Yuragimga vahima tushib qoldi. Qiziq, vahima kuchaygan
sari Dev bilan bo4ladigan olishuvga bo'lgan qiziqishim ham
oshaverdi. Oxiri omonsiz jang qilishga qaror qildim. Mayli,
buvijonim namozlik o4rgataman deb naq jonimni hiqildog'imga
keltirib qo4ydi. Qulog4imdan cho'zaverib bezor qildi. O'isam,
qayta shulardan bir yo'la qutulaman. Bordi-yu uni o'idirsam
yana shuhratim chiqadi, obro'yim oshadi, yana mulla Hoshim,
boiib ketaman...
Kun botarga borib hammasi tayyor bo'ldi. Zokirnikiga
borib, oyisidan Zokirjon kechasi biznikida yotsin, kitob
o'qiymiz, deb ruxsat oldik. Biznikiga kelib buvijonimni
Zokirlarnikida yotib ikkovimiz namozlik o'rganmoqchimiz,
deb ko4ndirdik-da, jang bo'ladigan joyga qarab yol l oldik.
Gum deganimizni sizga tushuntirib bersam, u uyimizdan
yarim kilometr narida. Past tomondan paxtazor, tog4 tomoni
odam o4tib bo'imaydigan changalzor. Ana shu changalzorlar
orasidan yoyilib katta anhor oqib chiqadi-da, paxtazorga yetay
deganda uch metr balandlikdan pastga shaldirab tushadi 
mana shu yerni gum deb ataymiz.
Qorong'i tushishi bilan o'sha joyga yetib oldik. Darhol u
yoq-bu yoqqa ko'z yugurtirib jang bo'ladigan joyni o'zimcha
chamalab harn qo'ydim.
 Sherik, ho sherik,  deb meni turta boshladi Zokirjon,
 men... men... qaltirab ketyapman.
 Sovqotdingmi?
 Yo4q, sovqotmadim.
 Nega qaltiraysan bo'lmasa?
 Yur, keta qolaylik. Jangni ertaga qilarmiz.
 04lardek qo4rqoqsan-da.
 Kim qo4rqoq?
 Sen-da, kim bo4lardi.
 Men-a!
 Ha, sen.
 Bo'pti,  dedi Zokir achchig'i chiqib,  qani o'sha
Deving kelsin-chi, yakkama-yakka olishmasammi!
Shunday deb, Zokir jim bo'ldi. Ikkovimiz xarsang toshning
panasiga yonboshlashib olganmiz. Bu yerdan qishloqdagi
uylarning chiroqlari bemalol ko'rinib turadi. Shamol
qulog'imizga odamlarning baqirib-chaqirganini, sutga to'ymay
qolgan buzoqchalarning erkalanib ma'ragan ovozini keltirib
uradi, bugun klubda kino bo'layotgan bo'lsa kerak, kimdir
Olg'a! deb baqiryapti.
Oy chiqib, changallarning uchi yiltirab qoldi, osmon
xiralashib atrof yorishgandek bo'ldi. Endi changalzorni ham,
paxtazor tomonni ham bemalol ko4rsa bo4ladi.
 Bugungi voqea haqida birovga og'iz ochsang, joningdan
umidingni uzaver!  deb pichirladim Zokirga.
 Xo4p,  dedi Zokir ham,  hech kimga aytmayman.
Shu paytda suvning shaldirashi bir oz pasaydi-da, to4satdan
yana kuchayibketdi. Changalzor orasida nimadirqichqirmoqchi
bo4lgan xo4rozdek qanotlarini tapillatib huv-huv deb qo4ydi.
Keyin hammayoq yana suv quygandek jimjit bo4lib qoldi.
Bunday qarasam, Zokir allaqachon uxlab qopti. Bechoraga
shu paytda negadir juda rahmim kelib ketdi, ohistagina boshini
silab qo'ydim. So'ngra va'damga binoan arqon keltirgan edim,
o'shaning bir uchini do'stimning qorniga bog'ladim, ikkinchi
uchini dev tugul alvasti ham yecholmaydigan qilib tutga chandib
tashladim. Sovqotib shamollab qolsa oyisidan baloga qolmay
deb ko'ylagimni yechib ustiga yopib ham qo'ydim...
Yolg'iz qolgach, qo4ltig4imdagi qalpoqchamni chiqarib
boshimga kiyayotgan edim:
 Nega qaltiraysan?  deb so'radi qalpoqcham.
 Rostini aytsam, qo'rqyapman.
 Qo'rqma. Qo'rqoqlar hech qachon murodiga yetolmaydi.
Shu gap esingdan chiqmasin,  ko'nglimni ko'tardi
qalpoqcham.
Ko4zga ko'rinmaydigan bo'lib olgach, xanjar bilan miltiqni
olib nariroq ketdim... Kutyapman, kutyapman, vaqt yarim
kechadan o'tib, uyqularim kelib ketdi hamki, ammo sariq
Devdan hamon darak yo'q... Bir mahal ko4zim uyquga ketay
deb qolgan ekan, changalzor ichidan shatir-shutur ovoz eshitilib
qoldi. Sakrab o4rnimdan turib ketdim... Ana, kelyapti! O'zingni
dadil tut, Hoshim. Singling Donoxonning o'chini oladigan payt
keldi! O'ng qo'limda yalang4och xanjar, chap qo'limda
o'qlangan miltiq, maydonda pahlavonlardek tik turibman. Dev
menga qarab bostirib kela boshladi, ana, u yaqin qoldi: yelkasida
bir qop yuk. Nazarimda, changalzorda o'tirib olib, 2030
odamning go4shtini yeb, boshini qopga solib ko'tarib
kelayotganga o'xshaydi. Obbo makkor-ey, afti angorini boplab
o4zgartirib, odamzod qiyofasiga kirib olibdi-ya, xoh ko'ring.
xoh ko4rmang, Danak qori pochchamning o'zginasi, deysiz!
 To'xta!  dedim bir odim oldinga tashlab.
Dev to4xtab, u yoq-bu yoqqa nazar tashladi-da, odamga
o4xshab:
 AstagTirullo!  deb qo'ydi. Keyin xuddi eski parovozdek
pishillab men tomonga yana bostirib kela boshladi. Meni
nazarimda, kajava savatdek keladigan qorni bilan bosib
o4ldirmoqchiga o'xshaydi.
 To'xta!  deb na'ra tortib yubordim pahlavonlardek.
Dev oyoqlarini kerib to4xtadi-da, yana astag4firullo! deb
qo'ydi. Keyin pichirlab afsun o4qiy boshladi. Ha, mana endi
jang boshlanadi, endi qo'rqoqlik qilishning payti o'tdi, qani
olg'a, Hoshimboy!
 Qani ayt, qilichbozlik qilishamizmi, miltiqda otishamizmi
yoki kurash tushasanmi?
Dev o4zini mug'ambirlikka solib avval qaltiradi, so4ngra meni
chalg'itish uchun:
 Sen kimsan o'zi?  deb so'radi,  insu jinsmisan yoki
devu parimisan?
 Men odamzodman.
 Odamzod? Odamzod bo4lsang nega ko'zga ko'rinmaysan?
 Bu mening ishim... Xo4sh, sening o'zing kimsan? Sariq
Devmisan yoki qora Devmisan? Ayt?
 Men Danak qori bo4laman.
 Danak qori?! Nega bo'lmasa changalzorda yuribsan?
Nega begunoh odamlarning kallasini ko4tarib yuribsan?
 Kalla emas, bu  qovun. Qovun olib kelyapman.
 Qaysi mamlakatdan o4g'irlab kelyapsan?
 Mamlakatdan emas, o'zimizning brigadadan. Kunduzi
borsam mehnat kuningiz yo4q ekan, deb bermadi. Shuning
uchun kechasi o4g'irlab kelyapman... AstagTirullo, e xudo,
o4zing asragin.
Dunyoda o'zi devdan ayyori bo4lmas ekan. Meni gapga
chalg4itib, hayolimni o4g4irlab sekin-asta tappa bosishning
payidan bo4lyapti. Yo4q, Hoshimboy unaqangi osonlikcha
aldanadiganlardan emas. Yalang'och pichoqni shartta
ko4kragiga tirab:
 Pichoqbozlikmi?  deb so4radim.
 Yo4q, yo4-o4-o4-o4q, pichoqdan qo'rqaman...
 Otishamizmi bo'lmasa?
 Aslo, aslo! E odamzod, qo'rqitma meni!  shunday deb,
Dev yelkasidagi qovunni tashlab yubordi. Demak, masala
ravshan. U men bilan kurash tushmoqchi. Fursatni qo4ldan
bermay, bir sakrab yelkasiga minib oldim.
 Yengilganingni tan ol, bo'lmasa chilparchin qilaman.
 Yengildim. E odainzod, yengildim.
 Bundan keyin odamzodga ziyon-zahmat yetkazmayman...
 Hoshimjonning singlisi Donoxonga nazar solganim uchun
tavba qildim de.
 Dam solganim uchun ming tavba qildim.
 Bundan keyin brigada dalasidan qovun o4g4irlamayman.
deb so4z berasanmi?
 So4z beraman, qovun o4g4irlamayman,  dedi Dev dag4-
dag4 qaltirab. Endi nima qilsam ekan, deb o4ylanib qoldim.
Ertaklardagi pahlavonlar Devlar bilan olishib, ularni yenggach,
o4zlariga qui qilib olishadi. Tog4dan o4tin tashittiradi, xarsanglar
keltirib, hashamatli uylar soldiradi. Tomimiz t o i a o4tin, uyimiz
hali yap-yangi. Shunday bo4lsa ham Devga osonlikcha javob
berib yuborgim kelmasdi.
 Qani bir yugur-chi!  dedim Devning jag4iga pichoqning
dastasi bilan urib.
 Qayoqqa yuguraman?
 Qishloqni bir sayohat qilib kelaylik.
Dev bir uf tortib oldi-da, lo4killaganicha, yugurib ketdi. Lekin
o4ziyam rosa maza qildim-da. Qasam ichib aytamanki, umrimda
bunaqangi rohatijon bo4lmagan. Men sizga aytsam, velosiped
minib kataysa qilgandan Devni minib kataysa qilgan ming marta
yaxshi ekan. Oyog4ing ham charchamaydi, o4zing ham
terlamaysan, qadami sal susaysa, boshiga bir mushtlab
qo4ysang, tamom  zipillab yugurib ketadi.
Qishloqni ikki marta aylanib, Devni yana gumning oldiga
qaytarib keldim-da, qopdagi qovunlarni yelkasiga ortib:
 Qani, endi o4sha Ko4hiqofingga qarab uchib qol!
dedim,  bundan keyin yana shu atroflarga keladigan bo'lsang
joningdan umidingni uzaver!
Dev qushdek uchib ketdi.
Shu paytda Zokirjon esimga tushdi-yu, rostini aytsam, juda
ham qo4rqib ketdim. Hali men qari Dev bilan olishayotganimda
uning bolalari kelib Zokirni ko4tarib Ko'hiqofga olib ketgan
bo4lsa-ya! Yugurib borib qarasam, yo4q, do'stginam o4z joyida
ekan  oqshom qanday uyquga ketgan boisa shundayligicha
uxlab yotibdi. Qalpoqchamni boshimdan olib qo'ynimga
soldim-da, turtkilab uyg4ota boshladim. Qani endi qimir etsa.
Dev bo4g4ib ketgan bo4lsa-chi, deb o'yladimu shoshilib yuragi
uryapgan-urmayapganligini bilish uchun qulog4imni ko'kragiga
bosdim. Xayriyat, bo'g'magan ekan  yuragi gupillab ishlab
turibdi. Yuragi duk-duk, dik-dik deb biram chiroyli uryaptiki,
eshitgan saring eshitging keladi. Birpas eshitay deb yotib ko'ksiga
boshimni qo'yganimcha ko'zim uyquga ketganini o4zim ham
sezmay qolibman.
Kimdir qulog'imdan qattiq cho'zganday bo4ldi. Ko'zimni
ochsam, tepamda oyim, buvijonim, yana ikki-uch ayol yig4lab
turishibdi. Zokirni ham turtkilab uyg'otishmoqda. Oyisi yig'lab
belidagi arqonni yechish bilan ovora. Quyosh ko'tarilib naq
tepamizga kelib qolipti.
 Oqshom qayerda yotgan edilaring?  dag4-dag4 qaltirab
so'radi buvijonim.
Zokir menga qaradi, men unga qarab ko'zimni qisdim-da:
 Zokirlarning tomida,  deb javob berdim.
 Bu yerga qanday kelib qoldilaring?
 Bilmaymiz,  dedik Zokir ikkimiz.
 Miltiq bilan pichoq qayoqdan keldi?
Zokir ikkimiz nima deyishimizni bilmay baravariga
yelkamizni qisib qo4va qoldik. Aytmadimmi, bularni Dev
ko4tarib kelgan... dedi buvijonim vahimali ovozda. Keyin Zokir
ikkovimiz Devning qo'lidan eson-omon chiqqanimiz uchun
bizga hurmatu e'zozlar bildirishib uy-uyimizga olib ketishdi.
O'sha kuni xunuk bir xabar eshitdim.
Danak qori pochcham kechasi gumning oldida menga Dev
hamla qildi, tong otguncha olishib chiqdim... deb gap
tarqatibdi.
Buni eshitib, peshonam terlab ketdi. Men yanglishib, sariq
Dev o'rniga qori pochchamni kechasi bilan minib chiqqanga
o'xshayman...
