II b o b

SHAYTONNING YELKASIGA IGNA SANCHDIM

Bir jihatdan olib qaraganda, oyim uyga kiritmay to4g4ri
ish qilgan ekan. Nega desangiz. o4sha paytlarda men sehrli
qalpoq axtarib egasi ko'chib ketgan hovlilarni, go'ng tepalarni,
eski-tuski kiyim-boshlar tashlanadigan burchak-surchaklarni
tintuv qilib yurgan edim. Bir oy avval Kashmir qishloqda
turadigan buvim biznikiga mehmonga kelib, sehrli qalpoq
haqida ertak aytib beruvdi. Qalpoqni kiyib olgan azamat yigit
biram ishlar qiladiki, biram qahramonliklar ko'rsatadiki, agar
eshitsangiz, og'zingiz ochilib qola-di. U hammani ko4rib turadi.
Uni esa hech kirn, eng ko4zi o4tkir odamlar ham ko4rolmaydi.
 Buvi, buvijon, o4sha qalpoqning rangi qanaqa?  deb
so4radim hovliqib.
 Oq, jundan to4qilgan.
 Uni qayerdan topsa boMarkin?
 04sha qahramon qarib-chirib o4layotganda qalpoqni shu
atrofdagi hovlilardan biriga yashirib ketgan, bolam.
 Topsa bo4larmikan?
 Nega bo4lmas ekan. Izlasang, albatta topasan, o4g4lim.
Xullas, o4sha kechadan buyon oromimni yo'qotganman.
Kechasiyu kunduzi tinim bilmay sehrli qalpoq axtaraman.
Ishonsangiz, izlamagan joyim qolmadi. Faqat eski qishloqning
chekkasidagi tashlandiq bir uy qolgan, xolos. Bu hovli kimniki
ekanligini hech kirn bilmaydi. Xatto, oyim ham aniq bir narsa
ayta olmadi.
Kechqurun uyga kirishdan mahrum boigach, oyim aytyapti
deb, qo4shnimizdan ikkita nonni qarzga oldim-da, qorong'i
tushishi bilan o4sha hovli tomon yo4l oldim. Tashlandiq uydan
xunugi bo'lmas ekan. Qaysi burchakka qaramang, ajinami.
alvastimi ko'zini lokq qilib menga baqrayib turganga o'xshaydi.
Hatto nazarimda ikki marta bo'ri ham ko'ringandek bo'ldi.
Keyin bundoq, sinchiklab qarasam, ikkovi ham mushuk ekan.
Men titkilamagan burchak qolmadi. Teshikki bor, hammasiga
qo4l suqib ko'rdim...
Bir mahal charchab, suvsab, holdan toyib o'tirib qolibman.
Mudray boshladim. Yokq, men uxlamasligim kerak dedim
o4zimga-okzim. Keyin shartta o'rnimdan turib sal ichkariroq
kirdim. Molxona bo'lsa kerak oxurda bir tokp latta yotibdi.
Orasini titkilagan edim... topdim, ishonasizmi, topdim, xuddi
o'shaning okzi! Oq mayin jundan, chekkasiga ipakdan chiroyli
xoshiya tikilgan!
 Salom, qalpoqcham!  qichqirib yubordim.
 Salom, Hoshimjon!  degan ovoz eshitildi.
 Men seni axtarib yuruvdim.
 Men seni kutib yotuvdim...
Boshimga ildimu, uy tomon qush bo'lib uchdim. Axir men
uning chinakam sehrli qalpoq ekanligini sinab ko'rishim kerak
edi-da... Sinab ko'rdim ham. Ko'cha eshikning ustidan oshib
to'ppa-to'g'ri uyga kirib bordim. Oyim tepki mashinada
Donoga ko'ylak tikib o'tirgan ekan. Yonginasiga borib:
 Oyi,  dedim ingichka ovozda. Oyim boshini ko'tarib, u
yoq-bu yoqqa qaradi-yu, tavba deb ko'kragiga tuflab qo'ydi.
Sekin borib lagandagi sovuq oshni yeya boshladim.
 Oysha, akangdan darak bo'lmadi-ku?  deb so'radi
oyim.
 Bilmasam,  deb qolydi bir chekkada dars tayyorlab
o'tirgan singlim.
 Bechora qayerlarda qolib ketdi ekan?
 O'zingiz-da, boiar-bo4lmasga urishaverasiz.
Shu payt sovuq osh tomog'imga tiqilib hiqichoq tutib qolsa
boMadimi, bunaqasiga ilgari hech uchramagan edim. O'ziyam
naq o'n besh minut nag'ma qildim-da.
 Tavba!  dedi oyim u yoq-bu yoqqa qarab.
 Tavba!  dedi singlim ham yoqasini ushlab.
Demak, qalpoqcham chindan ham sehrli ekan, deb
o4yladimda, termosdan choy quyib ichgan edim, hiqichoq
bosildi. O'shangacha ham hech birlari meni ko'rishmadi. Sekin
xolodilnikning yoniga bordimu, eshigini ochib boshimdan
qalpoqchani oldim. Oyim bilan singlim baravariga o'rnilaridan
turib ketishdi.
 Qayoqdan paydo boMib qolding?  ikkovlarining ham
savoli shu bo'ldi.
 Xolodilnikning ichida yotuvdim,  deb yuboribman
bilmasdan. Oyim bechora qo'rqqanidan andak, bo'lmasa
yig'lab yuborayozdi. Darrov meni issiq bag'riga olib yuzu
ko'zlarimdan o'pa ketdi.
 Bolaginam. muzlab qolav debsan-ku!  dedi u tinmay.
Issiq ko'rpaga okrab qaynoq-qaynoq choy ichirishdi. Har choy
xo'plaganimda jo'rttaga bir inqillab qo'yaman. Ichimga issiq
kirishi bilan huzur qilib uxlab qolibman.
Ertasiga birinchi qilgan ishiin qishlog'imizda yashaydigan
Soraxon folbinning ishlarini tekshirib ko'rish bo'ldi. Meni biron
kishi komissiya qilib tayinlagani yo4q-ku, lekin shunchaki o'zim
qiziqib ko4rdimda. O'qituvchimiz unga ishonmanglar, hammasi
yolg'on deydi. Yolg4on bo4lsa, nega xolamning shuhrati
shunchalik yoyilib ketadi. Rom ochirib, dardiga davo so'rash
uchun odam shunaqangi ko4p keladiki, shunaqangi ko4p
keladiki, qishlog4imizdagi medpunkt uning oldida ip esholmaydi.
Undan keyin, kelganlar quruq kelishmaydi. Birovi shoxdor qo4y,
birovi sariq echki, birovi qog4ozga o'ralgan pul, bir xillari katta
tog4orada to4rt quloqli somsa tashlab ketishadi. Men bilan
o4qiydigan o4g4li Mirobiddinxo4janing kerilganini aytmaysizmi,
bir o4zining ikkita velosipedi bor. Tunov kun, bittasini minib
bir oz sayohat qilgan edim, qosqonini egib qo'ygan ekanman,
aka-uka meni tutib olib rosa do4pposlashdi.
Odamlar:
 Soraxon folbin to'ppa-to4g4ri xudo bilan gaplashadi! 
deyishadi. Murobiddinxo'ja bo'lsa maqtanib:
 Bizning uydan xudoning ovozi eshitilib turadi! deydi.
Ishqilib, ana shu narsalarni tekshirib ko'rmoqchi boMdimu,
ertalab nonushtadan so4ng to4ppa-to4g4ri folbin xolamning
uyiga qarab yo4l oldim. Hovlisida yettita xotin, beshta chol,
uchta bola o'tirishibdi. Hammasi ham kasal bo4lsa kerak rangi
oftob urgan xamakdek sap-sariq. Qalpoqni kiyib sekin ichkari
kirdim. Folbin xolam qorong4i uyda o'tirib olib rom ochyapti,
qarshisida bola qo4ltiqlagan mening oyimga o4xshagan cho4ziq
yuzli bir ayol o'tiribdi.
 O'giingni sariq jin uribdi, qizim,  dedi folbin xolam.
Shu payt uyning pollari ostidanmi, qalin devorlari
orasidanmi, shiftidanmi  qayoqdanligini aniq anglay
olmadimku,  lekin sariq jinlarning jarang-jurung qilib o4yinga
tushayotgani, childirma chalayotgani eshitilib, qo'rqqanimdan
dodlab yuborayozdim. Xayriyatki, oldimda folbin xolam, bolali
ayol o4tirishibdi. BoMmasa, kim biladi, nimalar qilib qo'ygan
bo'lardim. Vahimali ovozlar tinishi bilan g'oyibdan:
 Ovm-i-i-in!  degan surnaynikiga o4xshash ingichka ovoz
eshitildi.
Folbin xolam davom etdilar:
 Sariq echki so'yib. terisiga bolangni o'raysan
 Ovm-i-i-in!  degan ovoz eshitildi yana g'oyibdan.
Ketidan haligi vahimali jarang-jurunglar jo4r bo'ldi. Folbin
xolam bolali ayolning qo'rqqanidan o'ynab turgan ko'zlariga
tikilib:
 Xudo o'zi shifo beradi, ana, arshi-a'lodan uning tabarruk
ovozi eshitilyapti, eshit!  deb qo'ydi.
Bu gai jarang-jurung eshitilmadi-yu, lekin qisqa-qisqa qilib
aytilgan ovmin eshitildi. Boshimda qalpoqcham bor. Jinlar
bari bir meni ko'rolmaydi, deb o'zimga-o'zim dalda berdim-da,
ular bilan uchrashish niyatida ovoz qaysi tomondan
kelayotganligini aniqlash uchun shoshilib tomga chiqdim. Qalin
devor orasiga narvon tushirilgan ekan. Sekin pastga tushdim.
Uyning osti podval, o'rtada so'ppayib bir xum turibdi. Shu choq
folbin xolamning uyiga yana bir kishi kirgandek bo'ldi. Uning:
Oh, otaginam, otaginam, sizga qora dev hamla qilibdi, suf, suf.
suf, degani eshitildi. Bu ovoz tinib ulgurmasdan xumning ichidan
jarang-jurung bilan childirma sadolari yangradi, ketidan ovmin
ham eshitilib qoldi. Avvaliga ko'rganinidan bezgak tutgandek
dag4-dag' qaltiradim. Keyin o'zimni bosib, sekin borib
mo'ralasam, xumning ichida o'zimizning Mirobiddinxokja
o'tiribdi. Bilaklariga har xil shiqildoqlar taqib olgan, qolida
do'ppidan sal kattaroq o'yinchoq childirma! Iy-e, ha.
shaytonning o'zlari shu yerda ekanlarda, yashavorsinlar-e! 
dedim kulgim qistab,  sariq jin ham o'zlari bo'lsa kerak? Shu
paytda shunaqangi achchig'im chiqdiki, shunaqangi achchigim
chiqdiki, cho'ntagimdan to'g'nag'ichni olib bor bo'yicha
yelkasiga sanchib yuborganimni o'zim ham sezmay qolibman.
 Voy-dod!  deb qichqirdi Mirobiddinxo'ja. Folbin
xolam: Otaginam, kasalingiz g'oyat og'ir, ana, quloq soling.
parilarim faryod chekyapti, deb javray boshladi. Kap-katta
xotinning yolg'on so'zlaganini ko'rib, yana jahlim chiqib ketdi.
Ko'zimga Mirobiddinxo'ja alvastidan ham xunuk ko'rinib ketdi
nazarimda. To4g'nagkichni yana sanchib yuboribman.
 Oyijon!  deb qichqirdi Mirobiddinxo'ja.
 Ovozingni o'chir!  boshidan xumning ichiga bosdim.
 A!  Mirobiddinxo'janing ko'zi xuddi jon berayotgandek
ola-kula bolib ketdi.  Sen kimsan o'zi, ayt. kimsan?
 Men Azroilman.
 Azroil?
 Ha, Azroilman, joningni olgani keldim.
 Oyijon! Men ...
 Dodlama,  deb boshiga bir shapaloq urdim.  menga
qara, Hoshim degan bolani taniysanmi?
 Taniyman, Azroilbobo, taniyman.
 Tanisang, nega unga velosipedingni bcrib turmading?
 Berdim-ku?
 Nega uni akang bilan ikkovlashib urdilaring?
 Tavba qildim, endi urmaymiz.
 Baribir, hozir joningni olaman,  shunday deb jo4rttaga
bo4g4moqchi bo4lgandek ikki qo4imni tomog'iga olib bordim.
 Jon Azroilbobo, bu gal jonimni olmang, kechiring.
 Nega odamlarni aldaysan?
 Oyim aytdilarda...
 Oying nima dedi?
 Ovmin deysan, dedi. Undan keyin mana bu shiqildoqlarni
chalib, childirmani do4pillatasan, dedi.
 Yolg4on. O'zing ham maktabga borib uyimizdan
xudoning ovozi eshitiladi degansan.
 Aytdim-ku, oyim o4rgatdi deb.
 Oying nima deb o4rgatdi?
 Ko4cha-kuyda yurganingda, maktabga borganingda
shunday deb aytasan, dedi.
 Demak hammasi yolg'onmi?
 Yolg'on, Azroilbobo, yolg'on.
 Yolg'onligini maktabga borib aytasanmi yoki joningni
olib qokya qolaymi?
 Aytaman, bugunoq aytaman.
 Bo4lmasa seni sinab . Hozircha joning o'zingda
tursin. Uy vazifalarini yaxshilab tayyorlagin. Hoshim degan bola
so*rasa yo'q demagin...
Tashqariga chiqib endi nima qiliq ko'rsatsam ekan. deb
o'ylanib qoldim. Hali folbin xolam bolali ayolga dori berayotganida
xaltasiga ko'zim tushib qoluvdi. Ana o*sha xaltachalarni
ham bir tekshirib ko'rmoqchi bo4dim. Har xil chitdan tikilgan
katta-kichik beshta xaltacha bor, hammasida ham o'zimizning
aptekalarda sotiladigan oddiy dorilar: birida penitsillin, birida
biomitsin, boshqasida yurak o'ynoqni bosadigan poroshok
xudoi taolo ato qilgan noyob dorilar deb, xolajonim ana shularni
pullayotgan ekan. Yashavorsinlar-e, dedim o'zimga o4zim, hali
shoshmay tursinlar, o'zlarini ham bir uyaltirib qo4ymasammi...
Folbin xolamning cho'ntagiga qo4l solib besh-o'n so4m
oldimda, darhol tug'ruqxona oldidagi aptekaga yugurdim.
O'sha yerdan ichni suradigan har xil dorilar olib keldim.
Xaltachalardagi dorilarni olib, o'rniga o'shalarni chtiyotlik bilan
joylab qo4ydim. Oradan o4n-o4n besh kun o4tar-o4tmas, xolamning
obro4lari ham bir pul bo4ldi. Sen hali bizni ataylabdan
zaharlamoqchi bo'ldingmi deb, ichi surib darmondan ketgan
bemorlar xolamni tutib olib rosa do4pposlashibdi...
Ishlarim yurishgandan-yurishib ketdi. O'zim xursand, kayfim
choq, ashula aytganim-aytgan. Baholarim ham joyida  nuqul
besh! Ilgarigidek uy vazifangni bajargan bo'lsang menga berib
tur, deb birovlarga yolvorib ham o'tirmayman. O'qituvchilarimizning
uyiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib
o'sha yerda ko4chiraman qo'yaman. Obro'yim ham shunaqangi
oshib ketdiki, o'qituvchilar menga kulib boqadigan bo'lib
qolishdi. Faqat og4zaki so'raladigan fanlardan hamon mazam
yo'qroq. Lekin unga ham bir vaj topib qo4yganman.
 Mening og4zaqi nutqim rivojlanmagan, yozma ravishda
talab qilaveringlar,  deymanda, o'qituvchilarimning o'zlaridan
ko'chirib olgan konspektlarni sal boshqacharoq qilib o4qib
beraveraman.
Xullas, ishlarim har jihatdan yurishib ketgan edi. Sinfkomimizni
amaldan tushirib o'rniga meni saylamoqchi boMib
turishgan edi-yu, bir xatoga yo4l qo'yib, butun maktabda
sharmandayu sharmisor bo4ldim, rostini aytsam, bir pulcha
obro'yim qolmadi.
Darsdan qaytayotganda hech kim sezmasa kerak deb
o'zimga va eng yaqin do'stim bo4lmish Qosimjonga yettita
fandan aMo baholar qo4yib, chorak tugamagan boisa ham,
cho4zib o'tiramanmi deb, chorak baholarini ham chiqarib qo4ya
qolgan edim. Bu ishni avval ona tili o'qituvchimiz, so4ngra fizika
o'qituvchimiz payqab qolibdi. O'sha soatdayoq hammaga
oshkor bo'libdi. Ertasiga maktabga borishim bilan direktorning
kabinetiga chaqirishdi. Kirsam, yettita o4qituvchi qator
o4tiribdi. Qosimni ham chaqirtirib kelishdi.
 Hoshim, beriroq kel-chi,  dedi Otajon Azizovich barmog4i
bilan jurnaldagi bahoni ko4rsatib,  bu baholarni kim qo'ydi?
 Bilmasam...  dedim yclkamni qisib.
 Sen qo4ydingmi?  so4radi Qosimdan direktor.
 Nimani?  mendan battaroq hayron bo'lib dedi Qosim.
 Ikkoving maslahatlashib qilgansan bu ishni. Ochiqchasiga
iqror bo'linglar,  dedi o4qituvchilardan biri.
 Yo4q, bu ish Qosimdan chiqqan,  dedi boshqasi, nega
desanglar, Hoshim so4nggi paytlarda ancha tuzalib qoldi.
Baholari ham nuqul besh...
O'tirganlar hammasiga bu fikr ma'qul tushdi shekilli, har
tomondan bechora Qosimga savol yog4dira boshlashdi. Qarasam,
do'stimning ahvoli chatoq  ko4zida miltillab yosh
tomchilari ko4rinyapti. Yo4q qilg4ilikni men qilib, jabrini birov
tortmasligi kerak! Shartta o'rtaga chiqdim:
 Kechirasizlar, bu ishni men qilganman.
 Nimaga?1  sakkiz kishi birdaniga shu savolni berdi.
 Ha, men qilganman. Qosimning bu ishdan mutlaqo xabari
yo4q. Undan keyin, xullas, bu ishni men qilganman...
Tamom, hali aytganimdek obro4 ikki pul bo4ldi. Aytilmagan
gapu, qilinmagan nasihat qolma<jli. Mendan shu ketisl^da
ketaversam, ti*zu|croq odam chiqm^ emish, agronom ham.
injener ham, zootexnik ham bo4la olijias emishman.
 Yo4q,  dedim qaysarligim tutib,  mendan agronom
chiqadi, albatta.
 Chiqmaydi!  sakkiztalovlari bir ovozdan takrorlashdi.
 Bo4lmasa zootexnik bo4laman.
 Ilmsiz bo4lsang, zootexnik tugul molboqar ham bo4lolmaysan!
 Bo4la olaman.
 Gapni ko4paytirma, bo4lolmaysan!  achchig'i chiqib
dedi direktor.
 Bo4laman, bo4laman, bo4laman!  dedim-da, eshikni
tarsillatib yopib chiqib ketdim. Men o4qimay turib ham
boshimda shu qadrdon qalpoqcham bor ekan, albatta, agronom
ham, injener ham, shoiru artist ham bo4la olaman deb qattiq
ishonar edim. Ha albatta boMaman, deb takrorladim
o4zimga-o4zim,  bularga, menga, ishonchsizlik bilan
qarayotgan mana shu qadrdon o4qituvchilarimga o4zimning
kimligimni ko'rsatib qo4yaman...
O'sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko4rsatib, shonu
shuhrat taratib, o4qituvchilarimni, Otajon Azizovichni hayratda
qoldirish niyatida safarga otlandim.
Xayr jonajon qishlog4im, hayqirib toshdan-toshga urilib
oqayotgan zilol suvli anhorlar, poyonsiz mevazor bog4lar,
hammangizga xayr. Yo4l yoqasidagi azim yong4oqlar, sizlar ham
yaxshi qoling. Endi sizlarga hech kim tosh otib shoxingizni
sindirmaydi, tanangizga mix qoqib ozor bermaydi!
Mehribon oyijonim, sho4xliklar qilib ko4nglingizni og'ritgan
bo'lsam, qaysarligim tufayli o'ksitgan bo4lsam, kechiring meni!
Qo4ng4ir sochli singillarim, sizlar ham yaxshi qoling. Har xil
qiziqchiliklar qilib sizlarni qiqirlatib kuldiradigan, maktabdan
qaytayotganingizda sho'x bolalar urganda tarafingizni oladigan
akangiz yoningizda yo4q endi. Sog4inganda, ko4nglingiz
o4ksiganda rasmga boqing. Lekin yig'lamang. U albatta keladi,
qahramonliklar ko4rsatib qaytadi. 0 4 z o4qituvchilariga
o'qimasdan turib ham agronom bo4la olishi mumkinligini, artist
bo4lib hammani o4ziga mahliyo qila olishi mumkinligini
ko4rsatib qo4yadi. Ha, albatta ko'rsatadi. Ko'ksi to4la orden
bilan qaytadi.
Xayr!
Ey, chala qolgan uy vazifalari, sizlarga ham xayr!
Yarim tunda qishloqdan chiqib borar ekanman, ko4zim jiqqa
yosh, ammo qalbim shodliklarga to4la edi.