VII b o b

QORI POCHCHAM PENSIYA SO'RAYAPTI

u ch-to'rt kungacha ko'nglim gash boMib yurdi.
Nimadanligini, o'lay agar, o4zim ham bilmayman. Shu deng,
ko'nglim gash bo'lgan paytlarda qo'lim hech ishga bormay sal
anqovroq boiib qolaman.
 Hoshim, sal mashqing pastroq ko'rinadi,  deb so'radi
dadam ishga jo'nayotib.
 Nima dedingiz?
 Xafaroq, ko'rinasan deyman.
 Bilmasam.
 Yo men bilan birga borging kelyaptimi?
 Qayoqqa, dada?
 Men ishlayotgan joyga-da.
 Jon deb boraman, rahmat, dadajon!  Sakrab o'rnimdan
turib ko'ylagimni kiyayotgan edim, gapimizni eshitib o'tirgan
buvijonim:
 Ro'zi!  deb dadamni chaqirib qoldi.
 Nima deysiz?  dedi dadam mototsikl minayotib.
 O'zing ketaver, Hoshimning ishi bor.
 Darrov orqasiga qaytarib yuboraman,  dadam menga
qarab ko'zini qisib qo'ydi. Yugurib borib mototsiklning
orqasiga o'tirib oldim.
Jo'nab ketdik.
Toqqa qarab chiqib boryapmizu, sevinganimdan dadajonimni
mahkamroq quchoqlagim keladi. O'zi mening dadam ajoyib-da.
Mototsiklni mana shunaqangi uchirib haydaydi, universal haydab
paxta chopiq qilishni ham joyiga qo'yadi, buldozer minib yerlami
tekislab ham ketaveradi. Undan keyin mashinaga o'tirib olib g'isht
desangiz g'isht, shag'al desangiz shag'al tashib ishingizni birpasda
bitirib beradi. Shuning uchun ham dadamni u yoq-bu yoqqa taklif
qilishgani-qilishgan. Bolalar lageri qurilayotgan joyning direktori
Abdushukurov amaki choiga borib, ataylab dadamni bu yoqqa
olib kelgan. O'ziyam Abdushukurov amaki dadamning boshlig'i
bilan naq ikki soat tortishibdi.
 Yo'q, Ro'zivoyni berolmayman,  debdi dadamning
boshlig'i.
 Nega endi berolmas ekansiz? Yuqoridan topshiriq, olib
kelganman,  depti Abdushukurov amaki.
 Chunki Ro'zivoyni biz universal deymiz, universal cho'lga
juda ham zarur.
 Afsuski, berishga majbursiz,  deb ikki boshliq qattiq
tortishib qolishibdi-yu, oxiri dadamning o'zidan so'rashga
majbur bo'lishibdi.
 Boshqa joyga bo'lsa bormasdim, albatta,  depti dadam,
 ammo lager qurilishi bo'lgani uchun yo'q deyaolmayman...
bolalarni ham bir xursand qilaylik-da, axir...
Shundan keyin Abdushukurov amaki dadamni o'zining
yengil mashinasiga o'tkazib, to'ppa-to'g'ri lager qurilayotgan
joyga olib kelibdi-da:
 Ishni bugun boshlaymizmi yoki ertagami?  deb so'rabdi.
 Paysalga solib o'tiramizmi?  deb dadam yenglarini
shimarib ishga tushib ketibdi.
Xayollarga berilib, qishloqdan chiqib tog1 yo'liga burilganimizni
ham bilmay qolibman. Bir kilometr yurilgach, Uzunquloq
ota mozori keladi. Bugun chorshanba bo'lgani uchun uzoqyaqindan
kelgan ziyoratchilarning hammasi o'sha tomonga
qarab ketishyapti: birovi mashinada, birovi dadam ikkimizga
o'xshab mototsikl-da, eshak minganlaru piyoda ketayotganlar
ham ko'p.
Biz ziyoratgohdan yigirma metrcha pastroqdan to'ppato'g'ri
qurilish boiayotgan joyga qarab o'tib ketdik. Dadam
mototsiklning oldingi g'ildiragini chinorga qadab:
 Tush!  deb okzi ham sekin tusha boshladi. Chinorning
shundoqqina yonboshidan hayqirib katta soy oqyapti. Soyning
o'ng tomonidigi yalanglikda g'ishtlar uyumi, qop-qop sementlar,
yog'och bilan taxta yer-ko'kka sig'maydi. Chap tomonda
esa skreperda adirlarning past-balandini tekislashyapti.
 Dada, tekislab nima qilishadi?  deb so'radim kiyimini
almashtirayotgan dadamdan.
 Badantarbiya maydonchasi bo'larmish.
 Nariroqdagi chuqurcha-chi, yerto'la bo'ladimi?
 Yerto'laga balo bormi. Bolalar cho'miladigan scment
hovuz bo'ladi u yerda.
 Dada, rostdan ham bolalar uchun qurilyaptimi-a?
 Bo'lmasam-chi.
 Faqat a'lochilar dam oladimi?
 Bo'lmasam-chi.
 Dada, menchi, bu yil faqat 5 olib o'qimoqchiman.
 Qani endi qo'lingdan kelsa... Soz boMardi-ya... Hoshim,
birpas u yoq-bu yoqni tomosha qilginu, darrov qaytib ketgin.
Bo'lmasa buvingdan baloga qolamiz.
 Xo'p bo'ladi, dadajon.
Dadam korjomasini kiyib olgach, sekin borib yalanglikda
tuproq oladigan cho'michini yerga tiragancha dam olib yotgan
buldozerning ustiga chiqib, menga qaiab qo'lini bir silkitib
qo'ydi-da, ishga kirishib ketdi. Cho'michiga shag'alni to'ldirib
oladi-da, uni osmoni falakka ko'tarib, asta-asta burib, do'nglik
orqasiga to'kadi. Keyin yana boshqatdan boshlaydi. Berilib
tomosha qilayotgan edim, orqamda kimdir xaholab kulib
yubordi  bir cho'chib tushdim. Burilib qarasam Abdushukurov
amaki ekan, ikki qo'lini biqiniga qilib turibdi.
 Hoy bola, nega muqom qilasan?  so'radi u.
 Qani muqom qilganim?
 Goh o'ngga burilasan, goh chapga burilasan.
 Men buldozerni tomosha qilyapman, bildingiz-mi?! 
dedim achchig'im chiqib.
 Kimning o'gMisan?
 Ro'zivoy traktorchining.
 E, og'aynim ekansan-ku. Qani beri kelchi, tegirmondan
topib olgan o'g'li sen bo'lasanmi?
 Hecham-da, meni oyim tuqqan,  dedim battar jahlim
chiqib.
Abdushukurov amaki bilan birpasda inoq bo'lib ketdik
Qiziqchi, dadamga o'xshash oq ko4ngil ekan. Ishimning
o'ngidan kelganini qarangki, men ham unga juda ma'qul tushib
qolibman. Bolalarni jon-dilidan yaxshi ko'rarkan...
 Lagerni bu yil qurib bitirasizlarmi, kuzgi imtihonni
topshirgan bolalar kelib dam olib ketadimi?  deb so'ragan edi
 Bu yil bitirai Jik-ku... Ammo Yong'oq qori pochchang
ishimizning beliga tepib turibdi-da, Hoshimboy,  deb qo'ydi
Abdushukurov amaki. Keyin yonida o'tirgan begona bir odam
bilan xuddi shu masala haqida gaplasha boshladi. MaMum
bo'lishicha, bolalar lageri Uzunquloq ota mozori joylashgan
yerlarni ham o'z ichiga olishi. xuddi qabrning o'rniga yozgi
kinoteatr binosi tushishi kerak ekan. Yong'oq qori pochcham
bu gapni eshitib. g'azabga kelib. avliyo-anbiyolarga murojaat
qilamanu. sizni to'ppa-to'g'ri do'zaxga jo'natib. ikki ming
gradus issiqda kuydirib ta'ziringizni beraman depti. Keyin s i 1
g'azabdan tushib:
 Bordi-yu, gapingizga ko'nsam, mening ham kichkinagina
bir shartcham bor. bajarasizmi?  deb so'rabdi.
 Qanaqa shart?  xursand bo'lib so'rabdi Abdushukurov
amaki.
 Shartim shuki,  depti qori pochcham tomog'ini qirib,
 menga davlatdan jindakkina pensiya undirib berasiz.
 ?!  depti Abdushukurov amaki o'rnidan turib.
 Ha!  depti qori pochcham ham o'rnidan turib.
 Axir. siz hech joyda ishlamagansiz-ku?
 Ishlaganmiz... Payg'ambar yoMida aziyat chekkanmiz.
 Bo'lmasa pensiyani o'sha payg'ambaringiz bersin sizga.
 Hali shundaymi?
 Ha, shunday!
Hozir chinor tagida o'tirib Abdushukurov amaki mana shu
gaplarning hammasini oqizmay-tomizmay begona odamga
gapirib berdi. Begona odam qo'lida o'ynab o'tirgan lappak
toshni soyga otib:
 Menga qolsa. o'sha qabrga bugunoq buldozer qokyib
yuboraman.  deb qo'ydi. Abdushukurov amaki:
 Hay-hay. shashtingizdan qayting. Bunaqa ishda sabrtoqat
kerak. Tushunmagan xalq g'alayonga kelishi mumkin...
Yaxshisi, shoshmasdan lushuntirish kerak...  deb uni fikridan
qaytardi.
Bu gaplarni eshitib, men sizlarga yordam berishim mumkin
deb aytay ham dedirnu, tag'in o'yianib qoldim. Bilasiz-ku, yosh
bolalar katta odamlarning ishiga aralashsa, ularning achchig'i
keladi yoki boimasa avval burningni artib ol, keyin bir gap
bo'lar, deb ustingizdan kulishadi. Shuning uchun ham indamay
qo'ya qoldim.
Abdushukurov amaki bilan begona odam o'rinlaridan
turishib, yog'och-taxtalar uyilib yotgan tomonga jo'nashdi.
Qurilish ketayotgan joy bilan ziyoratgohning orasi taxta devor
orqali ajratib qo'yilgan ekan. Bir sakrab devorga chiqdim-da,
narigi tomonga o'tib ketdim..