VIII bob

O'RGATILGAN ILON

Ziyoratgoh bugun ziyoratgoh emas, bamisoli katta sayilning
o'zginasi boiibdi  odam demagani hech joyga sig'maydi: oriqsemiz
xotinlar, uzun-qisqa kampirlar, men tengi bolalardan
tortib Donoxon tengi qizlargacha, dadamga o'xshash
erkaklardan tortib Yong'oq qori pochchamdek salla o'ragan,
ikki beti qip-qizil chollargacha  hamma-hammasi shu yerda.
Buloqlarning bo'yida, katta tollarning tagida, bo'yi osmonga
teng chinorlarning salqinida odamlar to4p-tolp boMib qozon
qaynatishyapti. Aroqni choynakka quyib yashirib ichayotganlar
ham bor, pivo ichayotganlar undan ko'p. Hatto, bittasi
butilkadagi pivoni shundoqligicha ko'tarib og'ziga quit-quit
quydi-da, labini kafti bilan artib:
 Savobini Uzunquloq otamga bag'ishladim,  deb
bo'shagan shishani to'ppa-to4glri soyga irg'itib yubordi.
Katta chinordan sal nariroqda Uzunquloq otaning qabri bor.
Qabrga tosh zinalardan yurib chiqasiz. Zinaning pastrog'ida
Danak qori pochcham, sal yuqorirog'ida Bodom qori amakim.
eng tepasida uch xonali tosh uyning eshigi oldida baxmal
ko'rpachalar ustida Yong'oq qori pochcham cho4kka tushib
olib chilyosinda o'qigandek allanarsalarni o4qiyapti. Odamlar
pul berib, xursand qilib ketishyapti.
Ziyoratgohning chekkarog4ida kichkinagina bozorcha ham
bor. Savdo-sotiq avjida. Yana tag'in qanaqa savdo deng 
nuqul ko'tarasiga. Uzumu, cluila pishgan qovun deysizmi
shaftoliyu qurt tushgan olma deysizmi, hatto, ishonasizmi. bitta
kampir xaltachada garmdori harn pullab o'tiribdi. Bir mahal
Orifga ko'zim tushib qolsa boMadimi! Bir xalta qurutni oldiga
qo'yib.
 Kep qoling, mazali qurut, yog'li qurut!  deb bulbuldek
sayrab yotibdi.
 Quruting sho'r-ku!  dedim bittasini og'zimga solib. Orif
meni ko'rdi-yu, xoh ishoning, xoh ishonmang, ixtiyor
o'zingizda, ammo bola bechora tarrakdek qotib qoldi. Bir vaqt
o'ziga kelib:
 O'chingni olmoqchimisan-a!  deb so'radi mendan.
 Boklmasam-chi!  dedim men harn jo'rttaga jiddiy turib,
men endi senga nemischa fokus ko'rsataman.
 Men... men... axir, o'zing o4tgan yili meniyam
kaltaklovding-ku?
 Bo'pti, kechirdim,  dedim qurutdan yana bittasini
og'zimga solib.
 Rostdanmi?
 Rost.
 Agar kechirsang, bilasanmi... men bu yil o'zim yomon
o'qisam ham, senga yordam beraman, seni a'lochi qilmaguncha
qo'ymayman... Ol qurutdan... Men buni oyimdan yashirib
tomda quritganman. Uncha-muncha tuprog'i bor-ku, lekin o'zi
shirin... Kep qoling, mazali qurut, yog'li qurut!  deb yana
sayrab ketdi Orif.  Bilasanmi, sherik?
 Yo'q, bilmayman.
 Men, mana shu qurutlarning puliga kutubxonam uchun
yangi kitoblar sotib olmoqchiman... Kep qoling, mazali qurut!
Nariroqqa o'tsam, bozorchaning shundoqqina chiqaverishida
chordana qurib o'zimizning Zokirvoy o'tiribdilar. Oldiga
gazeta yozib. ustiga yigirmatacha burrak-surrak, oftobda
nosqovoqday sarg'ayib ketgan bodringni terib qo'yibdi.
 Nima qilib o'tiribsan?  deb so'radim bodringdan bittani
olib.
 Bodring sotyapman,  xursand bo'lib dedi Zokir. Keyin
cho'ntagini paypaslab qo'shib qo'ydi:  Bilasanmi, bu pulga
men nima olaman?
 Yo'q. bilmayman.
 Miltiq olaman.
 Miltiqni nima qilasan?
 Sen bilan yana Dev ovlashga chiqaman... Bilasanmi, o'sha
kundan buyon men ancha botir boMib qoldim. llgari mozorning
oldidan o'tsam, ko4zlarimni chirt yumib, bismillo, bismillo,
deb o'tardim. Endi bo* Isa ikkala ko'zimni ham ochib ashula
aytib o'tyapman, hech narsadan qo'rqmayapman.
Ikkovimizning suhbatimiz chala qoldi. Nega desangiz, shu
paytda odamlar o'rtasida shov-shuv bcf lib pirim chiqarmishlar,
va'z aytar emishlar... degan gaplar tarqab qoldi. Hamma katta
chinorning tagiga to'plana boshladi. Zokir ikkovimi/ ham o'sha
tomonga qarab yo'l oldik. Borib yetmagan ham edikki, kimdir:
 Ana, chiqyaptilar!  dedi yig'lamsirab.
Bunday qarasak, qabrning yonidagi tosh uydan Yong'oq
qori pochcham chiqib kelyapti. Okng tomonida Danak qori,
chap tomonida Bodom qori amaki. Uchovining ham boshida
har bittasi laylak uyacha-laylak uyacha keladigan oq salla,
uchovining ham egnida etagi yerni supurib kelayotgan malla
chopon. Nazarimda uchovi ham hozirgina yog'li palov ycganga
o'xshaydi  lab-lunjlari yaltirab turibdi.
Yong'oq qori pochchamning qo'lida uzunligi ikki metrcha
keladigan hassa. Oyoqlari ostiga qaramay negadir osmonga
qaragancha bitta-bitta bosib zinadan tushib kelyapti. Shu paytda
mening yonginamda turgan bitta bolali xotin pirimdan
aylanay! deb piqillab yigMab yuborsa bo'ladimi!
 Gunohkor bandalar!  qaltiroq ovoz bilan dedi Yong'oq
qori pochcham,  siz bilan biz insonparvar hukumatimizning
soyayi davlatida, hazrati Uzunquloq pirimning himoyatida. oblotaoloning
nozu ne'matidan rizqi-ro'zimizni tergilab yeyapmiz...
Iloyo ovmin, yetimparvar ham beva-bechoraga rahmdil bo'lgan
hukumatimiz yana ham barqaror boisin, hazrati raykomu, hazrati
ispolkomning paxtayu jun tayyorlash plani ikki yuz poyiz bajarilsin!
 Ovmiin!.. deb Danak qori pochcham qichqirib yubordi.
Odamlar ham:
 Ovmiin!  deb fotiha o'qishdi. Yong'oq qori pochcham
davom etadi:
 So'nggi paytda shaytonning vasvasasiga uchib, ro'za
tutmay, namoz o'qimay gunohga botayotganlar ko4payib, yurt
vazmin bo'lib qoldi. Bundan uch-to'rt kun avval Hoshimjon,
Zokirjon degan ikki gunohsiz bo'taloqni insu jinslar
changalzorga boylab ketishdi. O'sha kechasi hazrati Danak
qoriga sariq Dev hamla qildi...
 Voy xudoyim-ey!  deb yig'lab yubordi mening
yonimdagi bolali xotin. Zokir bo'lsa meni sekin turtib, labini
g'alati qilib burib qo'ydi.
Yong'oq qori pochcham osmonga qaragancha gapida davom
etdi:
 Yurt vazmin. Bu nimaning oqibati? Aziz avliyolar yoMiga
xayru ehsonni kamaytirib yubordik  bu mana shuning oqibati.
Bedinlarning diliga shayton vasvasa solib, shu kecha-kunduzda
hazrati Uzunquloq pirimning qabrlarini buzib, o'rniga lager
qurmoqchi bo'lishyapti. Bundan xudoyi taolo qattiq g'azabda,
bundan pirimning arvohlari ham bezovta... Yurtimizga ofat
yog'ildi, ajdarho paydo boidi...
 Hon!!!  baqirib yubordi odamlardan biri.
Bunday qarasam, chindan ham Uzunquloq otaning qabri
yonidan uzunligi besh metr, yo'g'onligi samovar karnaycha,
kallasi qumg'oncha keladigan qop-qora ilon buralib-buralib,
vishillab chiqib kelyapti. Hammayoq olatasir bo'lib ketdi. Birov
dodlagan, birov yig'lagan, mashinaga chopgan qaysi, velosiped
mingan qaysi, eshakning to'qimini axtargan qaysi  bilib
boMmaydi. Birinchi bo'lib hu haligi butilkadagi pivoni paqqos
ko'tarib savobini Uzunquloq otaga bag'ishladim, degan yigit
qochishga tushdi. Mototsiklga bir sakrab mindi-da, tepkisini
bosgan edi, qani endio't olsa! Mototsiklni qoldirib, o4zi shataloq
otgancha toqqa qarab chiqib ketdi. Bolalar chinqirib yigMayapti.
Bozorcha ham ayqash-uyqash bolib ketdi. Qovunlar dumalab
yuribdi, olmalar har tomonga sochilgan. Kimdir qochayotib,
sho'rva pishayotgan qozonni bilmasdan ag'darib yuborgan edi,
boshqasining oyog'i kuyib qoldi. Zokirni ham yo'qotib qo'ydim
 qush bo'lib osmonga uchib ketganga o'xshaydi.
Danak qori pochcham bezgak tutgandek, dag'-dag*
qaltirayapti. Bodom qori pochcham qaltiramayapti-yu, ammo
maktabimiz hovlisidagi haykaldek qotib qolibdi. Yong'oq qori
pochcham boisa ikki qoiini osmonga ko'tarib:
 E xudo, bu ofatni o'zing yubording, o'zing daf qilgin! E Hazrati
Uzunquloq pirim, qo'llab yuboring! deb tinmay javrayapti.
Qanday qilib qalpoqchamni q o i i m g a olib boshimga
kiyganimni o'zim ham bilmay qolibman. CTshanda juda
shoshib qolgan b o i s am kerak, nega desangiz, uzun tayoq
qoiimga qayoqdan kelganini hatto hozir ham eslay olmayman...
Bir sakrab qora ilonning yonida paydo boidim. Kecha Dev
bilan olishgan edim, bugun sen bilan jang qilishga tayyorman,
ey insu jins! dedim-da, tayoqning yo'g'on tomoni bilan tosh
zinadan shiddat bilan tushib kelayotgan ilonning boshiga
tushirdim. Shoshib qolganim uchunmi, mo'ljalni jindak
noto'g'ri olgan ekanman, tayoq ilonning boshiga emas,
yelkasiga tegdi. Og'riq zarbidan g'azabga kelgan qora ilon
buralib, havoda muallaq yurgan tayoqni quvlashga tushib qoldiku!
Qochmay ilojim qancha, qochdim. Ammo qochganda ham
sal kallani ishlatib qochdim. Ingichka chinorni gir aylanaverdimaylanaverdim.
Bir mahal ilon chinorga o'ralib qolgandek boiib
ko'rindi. Shartta burildim-da, yerda turgan katta tosh bilan
qora maxluqning qoq beliga tushirdim. O'zi ilondan joni
qattigi boimas ekan, beli uzilay-uzilay deb qoldi-yu, shunda
ham boshini yarim metr ko'tarib, og'zini qappa-qappa ochib,
meni quvlab kelyapti-ya! Shu paytda qabriston tomondan
qirqlardagi qiziqchilarga o'xshab quroqdan ko'ylak-ishton
kiygan bir odam yugurib chiqdi-da, qoiimdagi tayoqqa
tashlanib qoldi. Bu ham insu jins boisa kerak, deb o'ylab tayoq
bilan keltirib turib boshiga bir tushirgan edim, ikki qoii bilan
tayoq tekkan joyini changallagancha qanday tezlik bilan
chiqqan boisa, ana shunday tezlik bilan ichkariga kirib ketdi.
Birini yengganim uchunmi, shu nafasda charchogimni ham
unutib, o'zimni yana ham kuchliroq, yana ham chaqqonroq
his qilgandek boidim. Yaqinlab kelayotgan ilonning boshiga
tayoq bilan uch marta ketma-ket tushirdim.
Ilon shilq etib yerga yiqildi-da toig4ana boshladi. Keyin
yugurib borib o'choq boshida turgan boltani keltirdim-da,
qiyma-qiyma qilib tashladim.
Suvsab ketgan ekanman, borib soydan hovuchlab suv
ichayotgan edim, bir-biriga suyanishib hangu mang boMib
turgan qori pochchamlarga ko'zim tushib qoldi.
 AstagTirullo, kutilmagan voqea bo4di-ya!  dedi Danak
qori tilga kirib.
 Yo, navizambillo,  deb ko'kragiga tuflabqo'ydi Bodom
qori amakim.
 Boring, odamlarni chaqirib keling,  deb buyurdi
Yong'oq qori pochcham Danak qoriga, biz ichkariga kirib anavi
injiqni ko'ndiraylik endi, bo'lmasa...
Soy bo'yida o'tirib anchagina dam oldim, odamlar tashlab
qochib ketgan qozonlardan go'shtlarni olib maza qilib yedim.
Keyin, qani ko4ray-chi, qori pochchamlar nima qilib o'tirishibdi
ekan deb, ularning oldiga kirib bordim.
Kirsam, Yong'oq qori pochcham, Bodam qori amakim,
undan keyin haligi mendan kaltak yeb qochgan quroq ko'ylakli
odam uchovlari bir narsalar to'g'risida gaplashib o'tirishibdi.
 Siz, taqsir, ilonni odamlarga bir ko'rsatasiz, degan edingiz,
shundaymi?  so'radi qo'roq ko'ylakli Yong'oq qori pochchamdan,
 buning uchun menga uch yuz so'm va'da qilgan edingiz.
 Va'da qilingan pulni oldingiz-ku!
 Buning uchun rahmat... Lekin siz mening ilonimni o'ldirib
qo'ydingiz.
 Men emas, xudoyi taolo oMdirdi,  tushuntirdi Yong'oq
qori pochcham.
 Men bu ilonni besh yildan buyon boqayotgan edim, qo'lga
tushirganimda ikki qarichgina edi... Men uni bugun-erta sirkka
topshirib kattagina pul olmoqchi edim, ilonimning xunini
to'laysiz.
 Xunini toMaysiz?
 Ha, to'lab berasiz. Bo'lmasa hoziroq chiqib odamlarga
hamma gapni aytaman...
Yong4oq qori pochcham Bodom qori amakimga qaradi. Bodom
qori amakim tushunmadim, degandek, yelkasini qisib qo'ydi.
 Xo'sh, o'sha sirkingiz qancha pul bermoqchi edi? 
qovog'ini osiltirib so'radi qori pochcham.
 Uch ming socm.
 Yuz so4m beraman.
 Yo4q. Ilonimni topib berasiz.
 Ikki yuz manot olasiz.
 Menga pul kerak emas.
 Yana yuz so4m qo'shdim, ko'ndingizmi?  cho'ntaklarini
paypaslab qoldi qori pochcham.
 Ikki mingdan bir so4m ham kamiga ko4nmayman. Bu
ilonni deb men besh yil azob chekdim-a!
 Ortiqcha bir so4m ham qo'sholmayman.
 BoMmasa hozir tashqariga chiqib odamlarga arz qilaman.
 Men ham chiqaman-da, bu odamning gapiga ishonmanglar,
bu shayton, bizga ofat keltirdi, deyman. Ana unda sizni
olomon qora kaltak qilib o'ldiradi, bildingizmi?
Quroq ko4ylakli bir nafas o'ylanib qoldi. Nazarimda qattiq
qo4rqib ketdi shekilli:
 Mayli, taqsir, ming so'm bering bo4lmasa,  dedi
shoshilib.
 Menda hozir pul yo'q.
 Ana, besh yuz so4mga ko4ndim, pulni tezroq chiqaring.
 Menda pul yo'q deyapman, qulog4ingiz og'irmi?
 Qancha pulingiz bor bo'lmasa?
 Sariq chaqam ham yo'q. Gapni ko'paytirmasdan tezroq
jo4nab qoling. BoMmasa sizni hoziroq shayton deb eMon
qilaman.
 Demak, ilonning xunini to4lamaysizmi?
 Yo4q, to'lamayman.
 Insofingiz yo4q ekan.
 Gapingizniqaytiboling, bo4lmasa hozir cho4ntagingizdagi
pulni ham qaytarib olaman.
 Vijdonsiz ekansiz!
 Nima, nima?!  shunday deb Yong4oq qori pochcham
o4rnidan turib ketdi. Qattiq g4azablangani shundoqqina
ko4zlaridan bilinib turardi. Quroq ko'ylakli odam, qarasa, qori
pochchamdan yaxshilik chiqadiganga o4xshamaydi. Ichida
so4kinganicha ilon solib kelgan sandiqni yelkasiga oldida, teztez
yurib chiqib ketdi. U chiqib ketishi bilan xonaga pildirab
Danak qori pochcham kirib keldi-da:
 Taqsir, sizni xaloyiq kutyapti!  deb qo'ydi.
Yong'oq qori pochcham tashqariga chiqib, hali nutq
so'zlagan joyiga bordi-yu, osmonga qarab shoshmasdan gapira
boshladi:
 Xudoning marhamati ulug\ Ko'z oldingizda insu jinsni
daf qildi. Ana, uning qiymalangan gavdasi, yerda yotibdi.
Bularning hammasi hazrati Uzunquloq pirimning qo'llabquvvatlashlari
tufayli bo'ldi. U kishining pokiza ruhlarini shod
etmoq uchun nazru niyozni ayamaylik, jonlik so'yib is
chiqaraylik...
Yong'oq qori pochcham shundayligicha, ya'ni ikki ko'zini
osmonga tikkancha, bitta-bitta yurib tosh uyga kirib ketdi.
Danak qori pochcham to'nining o'ngiriga odamlardan pul yig'a
boshladi...
Lckin pul demagani ham yog'ilib ketdi-da! Haligi butilkada
pivo ichgan yigit qori pochchamning etagiga bitta o4n so'mlikni
tashlab:
 Savobini Uzunquloq otaga bag'ishladim,  deb qo'ydi.
Bir soatlardan so'ng Zokir, Orif uchovimiz qishloqqa qaytib
ketdik.