IX b o b

OVDA

Xuddi o'sha soatdan boshlab Yong'oq qori pochchamning
obroMari shunaqangi oshib ketdiki, shunaqangi oshib ketdiki,
asta qo'yaverasiz. Ko'cha-kuydan eshak minibmi yoki piyoda
yuribmi o'tib qolgudek bo'lsa buvijonimga o'xshash bir xil
kampirlar to qori pochchamning qorasi o'chib ketguncha egilib
salom qilib turadi, deng. Buning ustiga nima deysan, Yong'oq
qori tokppa-to4glri xudoga murojaat qilib, Uzunquloq ota
mozorida paydo bolgan ajdahoni qiymalab tashlagan emish.
 U kishining o'zlari yarim avliyo-da!
 Kechirasiz, yarim avliyo emas, toiiq avliyo!
 Oksha kishi bo'lmaganda Hoshim bilan Zokirni insu
jinslar to'ppa-to'g'ri osmonga olib chiqib ketar edi
 Karomatlaridan aylanay, qori pochchamlarning! Danak
qori sariq Dev hamla qilganda darrov yordam qo'llarini
cho'zibdilar... degan har xil gaplar ham tarqab qoldi. Qori
pochchamning obro'lari mana shunaqa ortavergan sari,
ochig'ini aytib qo'ya qolay, mening achchig'im chiqa boshladi.
Gapni qarang-a, qo'rqinchli ilon bilan olishib, andak bo'lmasa
men o'iib ketayozdimu, maqtanishga kelganda qori pochcham
maqtanar ekan-da, yolg'onchilik ham evi bilan-da... Sariq Dev
deb yanglishib, Danak qori amakimni kechasi mingan men
edim-ku, nega endi hamma aybni Devga to'nkashadi?
Shunday qilib desangiz, Yong'oq qori pochchamni butunlay
yomon ko'rib qolganimni o'zim ham sezmay qolibman. Qanday
qilib endi u kishini fosh qilsam ekan, deb o'ylanib yurgan
kunlarimning birida, ya'ni Dononi kasalxonadan olib kelgan
kunimizning ertasiga, dadam, oyim, buvijonim uchovlari
dasturxon ustida nima to'g'risidadir uzoq bahslashib o'tirishdi.
Men tomonga tez-tez ko'z tashlab qo'yishlari undan keyin
buvijonimning ikkovlarini jerkib-jerkib tashlayotganidan
sezdimki, gap mening to'g'rimda boryapti.
 O'qishi-chi, o'qishi?  so'radi dadam.
 O'qishining boshlanishiga hali ikki oy bor,  tushuntirdi
buvijonim,  ungacha borib kelib xizmatlarini qilsin, duolarini
olsin. U kishining duolarini olgan odam u dunyoyu bu dunyo
kam bo'lmaydi. Zora, xudo ko'ngliga solib, Hoshimjonginam
quyilib, kechalari qochib ketish odatini tashlasa...
 Bilganingizni qiling!  dedi oxiri dadam qo'l siltab.
 O'zim ham tushunolmay qoldim,  dedi oyim ikkilanib.
 Gap bitta. Men nabiramni odam qilmoqchiman, shuning
uchun bu yerga kelganman,  dedi buvijonim, keyin oyim bilan
dadamga javob berib yubordi-da, meni sekin chaqirib
peshonamdan, sochlarimdan silab, yuzimdan ikki marta o'pib
ham qo'ydi.
 O'g'lim, esli-xushli bo'lganingdan juda xursandmanda!
deb maqtadi oxirida.
 O'zim ham xursandman,  dedim men taltayib.
 Yong'oq qori pochchangga shogirdlikka bersam
borasanmi?
 Jon deb boraman, buvijon!
 Voy tilingdan aylanay, bolaginam,  xursand bo'lib ketdi
buvijonim.  Hoy Ro4zi, eshityapsanmi, o4g4ling ko4ndi.
Aytmadimmi, xudo ko'ngliga soladi deb.
Bir soatdan so'ng qori pochchamga atab bir savat yog'li patir,
bitta avra chopon, oq surpdan yaktak-ishton olib, buvijonim
ikkimiz yo4lga tushdik. Shu paytda negadir juda xursandman.
Boshimda savat, go'sht o'ng yelkamni oldinga chiqarib, goh
chap yelkamni oldinga chiqarib, ba'zan muqomlar qilib o'ynab
boryapman... o'ziyam xo'p omadi kelgan bolaman-da, qaysi
ishga ixtiyor qilmay, o'ngidan kelgani-kelgan.
 Assalomu alaykum!  dedim ostonadan o'tishimiz
bilanoq.
 Vaalaykum...  deb qori pochcham menga qaramadiyu,
boshimdagi savatga tikilib kulimsirab qo4ydi.
Buvijonim nima maqsadda kelganimizni aytgan edi,
omadimning yana bir marta kelganini qarang, qori pochcham
savdolashib o4tirmasdan:
 Barakalla, o4g'lim!  deb o'ng qo4li bilan yelkamni siladi.
 Inshoollo, mulla Hoshimni o4zim odam qilaman.
O'sha kuni qori pochcham menga uyga kirib chiqish, hovlida
harakat qilish qoidalarini o'rgatib qo'ydi. Chaqirsa labbay,
taqsir, ish bo4yursa xo4p bo4ladi, taqsir! deyishim kerak.
Uyga kirayotganimda o4ng qo4limni ko4ksimga qo4yib xiyol
egilib, chiqayotganimda orqam bilan yurib chiqishim kerak
ekan. Undan keyin bu yerda ko'rgan-bilganlarim, eshitganlarim
haqida birovga og4iz ochsam, qornim yorilib o'iar ekanman,
shunday deb tayinladi qori pochcham.
Shunday qilib desangiz, shogirdmisan shogird bo'lib qoldim:
sochimni oldirib, boshimga oq do4ppi, egnimga ityoqa ko'ylak
kiygizib qo4yishgan. O'zim tengi bolalar qori pochchamga
shogird tushganimni eshitib, havaslari kelganidanmi yoki alam
qilganidanmi, ishqilib, menga ham Jiyda qori deb laqab
qo4yishgan.
Qiladigan ishim, rostini aytsam, uncha og'ir emas. Qori
pochchamga tahorat uchun suv keltirib beraman, ko4kchoy
damlab beraman, dam soldirgani odamlar kelsa, ichkari kir
bu haqda qori pochchamga xabar beraman. Bu kishining onabola
eshagi harn bor. O'shanga yashirincha borib, kolxozning
bedasidan o'rib kelaman, eshaklarning tagini tozalayman. Qori
pochchamning katta xotini Eshon oyim qoshiga o'sma qo'yish,
pishillab uxlashdan boshqasiga yaramaydi. U kishi uyqudan
uyg'ongunlaricha o'choqning kulini olaman, hovli supuraman,
idish-tovoq yuvaman... Undan keyin qoMim bo'shadi deguncha:
 Bo'tam,  deb chaqiradi qori pochcham.
 Labbay, taqsir!
 Qani, belimni ikkita siqib tashlang-chi!  deb buyuradi
qori pochcham. U kishini darrov teskari ag'darib, avval belini,
keyin oyoqlarini, eng oxirida kalta qoMlarini rosa ezg'ilab
uqalayman. Qori pochcham ba'zan juda xursand boiib ketib:
 Barakallo, bo'talog'im,  deb qo'yadi,  siz asli jannati
bolasiz-da, jannati!
 Jannat yaxshimi-a?  deb so'rayman.
 O, nimasini aytasiz, bo'tam!
 Ikkovimiz o'sha yoqqa keta qolsak bo'lmaydimi-a?
 Nima?!  qori pochcham shartta o'rnidan turib ketadi.
 tavba qildim de, shaytonbachcha.
 Tavba qildim, taqsir.
 Kel endi, qolgan gunohing uchun tizzamning pastini ham
~bir uqalab qo'y.
Oyoqlarini butun kuchimni ishga solib siqib-siqib yana
uqalashga tushib ketaman.
 Qattiq og'riyaptimi-a?  deyman jim turolmay.
 Judayam.
 Birovlarga dam solguncha o'zingizga ham bir dam solib
olsangiz boMmaydimi?
 Sen shaytonbachchaga ming marta aytdim-ku, gap
so'ramaguncha og'zingni ochmagin deb. Muncha shakkok
boMmasang.
Ba'zan og'riq juda ham zo'rayib ketadi shekilli, qori
pochcham qoMimga o4n tiyin berib:
 Yugur!  deb qoladi. Bu  dorixonaga borib kel, degani.
Pulni aptekachiga uzatsam:
 Buning oz-ku?  deb so'raydi u.
 Qolganiga qori pochcham duo qilib qo4yar ekan, 
deyman-da. dorini olib qaytayotganda yoM-yo'lakay nega endi
qori pochcham o4z oyog4i salgina og4risa ham dori ichadi-yu,
birovlarniki og4risa dam solib inshoollo, hech narsa ko'rmagandek
boMib ketasiz, deb qo'yar ekan, deya o4ylanib ketaman.
O'ylaymanu, xuddi arifmetikadan berilgan mashqni yecha
olmagandek, buni ham yecha olmay, bor-e, menga nima, deb
qoM siltab qo4ya qolaman.
Bir kun qori pochcham bilan tog4 ichkarisidagi olis-olis
qishloqlarga ovga boradigan bo4lib qoldik. Buni eshitib,
xayriyat, uch-to4rt kun bel uqalashdan qutulib, u yoq-bu yoqni
tomosha qilib kelar ekanman, deb o4zimda yo4q sevinib ketdim.
Dadamning qo4shtig4ini ko4tarib, hovliqib chiqib ketayotgan
edim, buvijonim:
 Miltiqni nima qilasan?  deb jerkib berdi.
 Biz qori pochcham bilan murda ovlagani ketyapmiz! 
dedim achchig4im chiqib.
Buvijonim qotib-qotib kuldi-da:
 Murda emas, murid degin, bolam, murid,  deb
tushuntirdi. Keyin murda bilan muridning farqini ham gapirib
berdi. Shoshilib turganim uchun, bari bir, hech narsa anglamay,
miltiqni tashlab qori pochchamnikiga qarab yugurdim.
Yo4lga chiqdik.
Qori pochcham eshakda, men esa eshakning to'qimidan
mahkam ushlab u kishining yonida zipillab boryapman.
Xo4tikcha goh orqada qoladi, goh yugurib, shataloq otib,
mening havasimni keltirib oldinga o4tib ketadi.
Yo4l yurdik, yo4l yursak ham mo4l yurdik. Yetti dovonni ortda
qoldirib qancha-qancha soylardan kechib, buloqlardan suv ichib,
archazorlarda ag'anab dam olib, kun botay deganda kichkinagina
bir qishloqqa kirib bordik. Magazin oldiga yetganda qori pochcham
eshakdan tushayotgan edi. Magazinchi ko4rib qoldi-yu:
 Pirim!  deb baqirib yubordi. Keyin prilavkadan bir
sakrab o4tdi-da, yugurib kelib avval qori pochchamning
oyog'idan o4pdi, keyin ko4rishayotib qo'llarini ko4ziga surtdi:
 Zap tashrif buyuribsiz-da, taqsir, zap kelibsiz-da! derdi
u tinmay. Keyin bilsam, mana shu magazinchi qori
pochchamning muridi ekan  biz o'shani ovlagani kelgan
ekanmiz. Bu kichkinagina qishloqchada qori pochchaning yana
uchta muridi borekan. Ertalabgacha uchovini ham boplab ovlab
chiqdik: biri qo'y so'ydi, boshqasi echki so'ydi, yana bittasi
kiyik go'shti solib boplab qovurma palov tayyorladi.
Ertalabki namozdan keyin qori pochcham dami chiqib ketib
kasal boigan kishilarga bismillo deya yenglarini shimarib dam
solishga tushib ketdi. Hammalaridan pul oldik, xurjunlarning
ko'zini toig'izib, go'sht, yog\ yong'oq, pista olib yana hayyohuv
deb y o i g a ravona boidik.
Y o i yurdik, y o i yursak ham m o i yurdik. Yam-yashil
o'tloqlardan, qo'yu qo'zilar ba-bulashib o'tlab yurgan keng
yaylovlardan o'tdik, tepasiga qarasang do'pping tushadigan
baland qoyalarni, usti yam-yashil archalar bilan qoplangan pastbaland
adirlarni ortda qoldirib, peshin mahalida soy bo'yiga
joylashgan yana bir qishloqchaga kirib bordik.
Yo'q, bu qishloqning qanchalik go'zal ekanligini sizga
ta'riflab berolmayman. Bilasiz-ku, so'zga juda ham kambag'alman.
Qishloqning past tomonidan toshdan-toshga urilib,
yaylovdagi toychoqdck o'ynoqlab katta soy oqadi. Yuqori
tomon esa past-baland adirlar. Adirlarda gurkirab yam-yashil
archalar o'sib yotibdi. Uylarning tomlarida yovvoyi gullar, har
bittasi chinni piyoladek keladigan qip-qizil lolalar qiyg'os
ochilgan, qishloqchaning yuzini har kuni ikki mahal yomg'ir
yog'ib, yuvib turar ekan. Havosini aytmaysizmi, biram toza,
biram musafioki... Yo'q, yo'q, bu yerning go'zalligini bari bir
ta'riflay olmayman, qo'limdan kelmaydi.
Pastakkina uy oldida to'xtab eshakdan xurjunni olayotgan
edik, shu payt ichkaridan biri besh yoshlarda, ikkinchisi uch
yoshlarda boigan ikkita qip-yalang'och bola otilib chiqdi-da:
 Dadam, dadajonim!  deb charchab turgan qori
pochchamning yo'g'on bo'yinlariga osilib olishdi. Qori
pochcham hali ularning peshonasini o'pishga ulgurmagan ham
ediki, xuddi shu paytda bolalar chiqqan uydan, hamir qorib
o4tirgan boisa kerak, tirsaklarigacha oppoq uni bilan 2324
yoshlardagi bir juvon ham hovliqqancha chiqib keldi:
 Voy, to'ram! Bizni ham yo'qlar ekansiz-a!
 Qalay, eson-omonmisilar? Onang salomatmi?  so'radi
qori pochcham.
 O'n kundan buyon yo'lingizga ko4z tutamiz-a...
 Ish ko'p-da, onasi. Qo'l tegmadi...
Ana shu gaplardan keyin eshakni hovliga boylab, pastqam
uylardan biriga kirib bordik. Keyin bilsam, haligi bizni ham
yo'qlar ekansiz-a, degan juvon qori pochchamning xotini, ya'ni
mening kelinoyim bo'lar ekan. Kelinoyim xurjundagi sovg'asalomlarni
ko'rib juda xursand bo'lib ketdi. Bitta atlasni
ko'kragiga bosib:
 Yarashdimi?  deb so'radi qori pochchamdan.
 Bahorda ochilgan lolaning o'zi bo'ldingiz!  dedi qori
pochcham.
Biz bu yerda to'rt-besh kun qolib ketdik. Kunduzlari yana
qishloqma-qishloq yurib ov qilamiz, xuijunlarning ko'zini har xil
narsalarga liq toidirib qaytamiz. Kechqurunlari men haligi y alang4 och
bolalarni galma-gal yelkamga mindirib ot-ot o'ynataman. Ayniqsa,
kattasi juda shilqim ekan. Hatto kechalari ham uyqumdan uyg'otib,
tag'in mindirasan, deb xarxasha qiladi deng.
Beshinchi kun ertalab orqamizga qaytdik. Butunlay boshqa
yo'ldan yurgan ekanmiz. Yangi-yangi qishloqlarga tushib, yana
ziyofatlar yedik, qimizlar ichdik, kaklik go'shtidan kaboblar
pishirtirdik.
 Osh bo'lsin, to4yib-to4yib ol, bo4tam!  deb qo'yadi qori
pochcham ko'zini qisib.
 Yo'q, endi yeya olmayman,  deyman qornimni silab.
 Bu yog'ida endi qishloq yo4q ochqab qolasan.
 Bir haftalikni yeb oldim, taqsir.
Nihoyat, oxirgi manzilni tark etib yana yo'lga ravona bo'ldik.
Eshakdagi ikki xuijunning ham ko'zi liq to4la, olmayu yong'oq
deysizmi, yangi so'yilgan qo'y go'shti, kuvda pishilgan yog4
deysizmi, sutda yo'g'rilgan chala ko'pti patiru shisha bankada
asal deysizmi  hammasi bor. Xurjunga sig'maganini men
orqalab olganman. Mendan ortganini qori pochcham katta
qiyiqqa tugib yelkasiga tashlab olgan. Eshaklarni haydab
ikkovimiz sal orqaroqda kelyapmiz, qorinlar to4q, kayfimiz chog4
qori pochcham ashula aytib kelyapti, men jo4r bo'lyapman:

Alifni dilga jo qilmoqni bismillodin o'rgandim,
Shahid qonini to 'kmakni kalomullodin o'rgandim,
Gunoh qilmoqni man Odami Sayfullodin o'rgandim!..

Kutilmaganda qori pochcham ashulani to'xtatib, og'izlarini
katta-katta ochib entika boshladi:
 Bo'tam, eshakni to'xtating!  dedi u kishi yelkasidagi
yukni yerga qo'yib,  men bo'may ketyapman...
Eshaklarni to'xtatib, bunday qarasam, chindan ham qori
pochcham terga botib ketibdi.
 Qorin shishib ketyapti, qorin...  deb ustozim birovni
axtarayotgandek u yoq-bu yoqqa qarab qo'ydi.
Darrov qori pochchamning ustki kiyimlarini yechib, yerga
chalqancha yotqizdim-da, ko'ylagi bilan yuzini, qorinlarini
yelpiy boshladim. Ilgari qorin og'riganini ham, qorin shishganini
ham ko'rgan edim-u, lekin-bunaqasiga hech duch kelmagan
ekanman... Hoy, ishonasizmi, qorinning shishgani, sekin-asta
ko'tarilib borayotgani bemalol ko'rinib turibdi-ya! O'ziyam
ovqat nomi borki, aralash-quralash qilib rosa tushirgan edikda:
soMqillatib pishirilgan qatlama, yangi olingan qaymoq,
murch sepilgan go'shtkuydi, har xil dorivor o'tlardan solinib
tayyorlangan qaynatma sho'rva, kiyik go'shti solingan qazi,
pista-magiz aralash tuyilgan tolqon, kashnich solingan ikki kosa
mastava, bir tog'ora yog'liq qatiq, yetti piyola qimiz... Yo'q,
ayb qori pochchamning o'zida ekan. Axir, bitta qoringa shuncha
narsa qayoqdan sig'sin!
 Hoshim, bo'talog'im! Men oiyapman!  deb ingradi
Qori pochcham. Bunday qarasam, chindan ham qorni naq
to'nkarilgan tandirdek bo'lib ketibdi. Betlari kichrayib. kuygan
kulchadek, oyoqlari ham ingichka tortib, xoh ko'ring, xoh
ko'rmang, xuddi o'qlog'idek bo'lib qolibdi. Qo'rqib kctdini.
Nima qilsam ekan?
 Doktorga yugur!  dedi qori pochcham entikib.
 Yaqin o'rtada qishloq yolq-ku, taqsir?
 Hu tiling kesilgur! Doktor top deyapman!
Nima qilsam ekan? Ey qalpoqcham, ey aqli raso do'stim.
yordam ber. Aql o'rgat. Qanday qilib qori pochchamni oMimdan
olib qolsam boMar ekan?  deb yolvordim maykamning
ichidan taqib olgan qalpoqchamga.
 Qorniga suv quy!  tilga kirdi qalpoqcham.
 Suv yo'q-ku?
 Nariroqda buloq, bor.
 Suvni nimada keltiraman?
 Gilam xurjunni bo'shat, o'shanda keltirasan,  aql
o'rgatdi qalpoqcham.
Qori pochchamga ustingizdan suv qo'ymoqchiman, degan
edim, ko'zini ochmasdan boshi bilan ma'qul degan ishorani
qildi. Shoshilib gilam xurjunni bo'shatishga tushdim.
 Ehtiyot boM, tuxum sinmasin...  ingradi qori pochcham.
Shundan keyin u kishining do'mbiradek shishib ketgan
qorniga buloqning muzdek suvidan roppa-rosa yigirma sakkiz
xurjun keltirib quydim. Shundan so'ng qorin sal pasayib, qori
pochchamning chehrasi ham ochilgandek, bo'ldi.
 Ofarin, bo'tam, ofarin! Inshoollo, sizni keyinchalik
o'zimning o'rnimga shayx qilib qoldirib ketaman.
Ammo bu xursandchilik uzoqqa cho'zilmadi. Sal o'tmasdan
qorin yana shisha boshladi. Bu gal xuddi men bilan o'chakishmoqchi
boMgandek juda tezlik bilan ko'tarilib borardi... Endi
nima qilsam ekan? Ilgari oyim fermaga ishga kirmasdan avval,
ola sigirimiz bo'lardi. Nafsi yomon boMgani sababli ko4p yeb
qo'yib, qorni shishib bamisoli do'mbira boMib ketardi. Shunda
dadam baqaterakning shoxidan kesib sigirning og'ziga kergi
solsa  shish qaytardi-qolardi. Buloqning bo'yida baqaterak
oksib yotibdi. O'shandan kesib qori pochchamning og'ziga kergi
solsam qalay bo'larkan deb, fikrimni o'ziga aytgan edim:
 Tezroq, bo'tam, tez yuguring!  dedi qori pochcham
ko'zlari ola-kula boMib.
Yo'g'onligi tesha sopidek keladigan kergi kesib, qori
pochchamning og'ziga ko'ndalang soldim-da, sallasi bilan bo'yniga
chandib, ikki qo'lini orqasiga qayirib turdim. Ustozim kaltakni
chaynab, o'qchib, ko'zlar olayib, ter bosib, besh-o'n minut qiynaldiyu,
bora-bora qorni pasayib, yorilgan koptokdek puch bolib qoldi.
Keyin qori pochcham toshga boshini qo'yib shiringina uyquga ketdi.
Qancha uxlaganini bilmayman. Bir mahal ko'zini ochib:
 Hoshimjon, bugun haftaning qaysi kuni?  deb so'radi.
 Seshanba.
 Seshanba?  sakrab o'midan turib ketdi qori pochcham,
 ertaga chorshanba deng... Qani, eshakka oiling xurjunni!
:Qori pochcham ertaga chorshanbada Uzunquloq ota
mozorida boMishi kerak. BoMmasa o'rniga Danak qori
pochchammi yoki Bodom qori amakimmi ׳ oladi-yu,
tushgan pulni paqqos cho'ntakka uradi.
Shoshilib yo4ga tushdik.
Asta-asta tezligini oshirgan mashinadek biz ham bora-bora
yurishni tezlatib, bir-birimizni ortda qoldirib keta boshladik.
Goh choponining etaklarini pirpiratib qori pochcham o'zib
ketadi, goh tumshugMni oldinga cho'zib qari eshak o'zib ketadi,
goh oldinga men chiqib olaman, goho xo4ikcha o4ib, shataloq
otib hammamizni ortda qoldirib ketadi...
Xufton mahalida Xo'jaqishloqqa eson-omon kirib oldik.