X bob

YONG'OQ QORIN1NG ZIYOFATI

^singizda bo4sa kerak, qori pochchamning hech kimga
ma'lum bo4magan sirlarini fosh qilib tashlayman degan niyatda
u kishiga shogird tushgan edim. Ammo bora-bora bu niyatimdan
qayta boshladim. Nega desangiz, bu yerga kelganimdan
buyon jonginam rohatda bo'lib qoldi. Qori pochcham buvijonimga
o'xshab Muhammad payg'ambarning she'rini o'rgataman
deb qiynamaydi, qulog'imdan cho'zgMlamaydi. Birgalashib
namoz o'qiymiz, deb qistamaydi.
 Mulla Hoshim!  deb chaqiradi qori pochcham.
 Labbay, taqsir!  deyman darrov qoMimni ko'ksimga qo4yib.
 Yuraklar qisilib ketyapti-ku, boltam.
 Belingizni uqalab qo4yaymi, taqsir?
 Yo'q, bo , anavi obizamzamdan oling.
Obizamzam degani nima ekanligini haligacha bilmayman.
Ammo uning rangi ham, hidi ham dadam xumchaga solib
chiqaradigan musallasga juda o'xshab ketadi
Buyruqni eshitib, darrov o'rnimdan turaman-da, ko'zadagi
obizamzamdan bir piyola quyib, ustozimga uzataman.
 Bay-bay-bay!  deydi qori pochcham piyoladagini
simirib,  obikavsarning o4zi-ya!
 Qori pochcha, men ham jindak ichsam maylimi?  deb
so'rayman ba'zan,  mening ham yuragim qisilib ketyapti.
 Yuragingiz qisilmay oisin, bo'tam,  deb urishib beradi
qori pochcham,  bu bolalar uchun zaharning o'zi-ya!
 Ichsam o i i b qolamanmi?
 Til tortmay oMasiz, bo'tam. Qani, yana bir piyola quyingchi...
Ha, barakalla... Endi boring, ichkari kirib eshon oyingizga
qarashib yuboring. Odamlar kelsa, mening yonimga kiritmang,
kitob ko'ryaptilar deng...
Shunday qilib, biz qori pochcham bilan apoq-chapoq yashab,
maza qilib yurgan edik. Hali aytganimdek, u kishini fosh qilishni
unutayozgan edim. Bir voqea sabab boMdi-yu, men yana
to'nimni teskari kiyib.
 Ha, shoshmay tursinlar hali!  deb qo'ydim.
O'sha kuni nimadanligini aniq bilmayman-u, lekin juda
xursand edim. Ashula aytib Uzunquloq ota mozoriga, qori
pochchamning oldiga ketayotgan edim? YoMda Orif bilan
Zokirga duch kelib qoldim. Xunob bo'lib nimanidir
axtarishyapti.
 Nima yo'qotdilaring?  so'radim sekin.  Pul.
Ko'rmadingmi?  dedi Orif.
 Qanaqa pul?
 Puldaka pul-da. Qanaqa bo'lardi, jerkdi Orif.
Ma'lum boMishicha, ertalab ikkovlari mana shu yoMdan
yurib, ona tili o'qituvchimiznikiga o'tishgan ekan. Orif Zokirga
ona tilidan o'rgatayotgan edi-da. Bugun imtihon topshirgani
borishibdi.
 Rostdan topshirdingmi-a?  sekin turtib qo'ydim
Zokirni.
 O'lay agar, topshirdim.
 Nechta savol berdi?
 O'nta savol berdi.
 Rostdan-a?
 Rost. Undan keyin mashq daftarimni ham bir boshdan
varaqlab ko'rdi. Chakki emas, ancha mehnat qilganing bilinib
turibdi, dedi. Ishonmayapsan-a? Ishonmasang, senga ham aytib
berishim mumkin. Qani, so'ra-chi... So'rayver. Gapni aytib
beraymi? Gap tugal fikr anglatgan... Tugal fikr anglatgan. Orif,
u yog'i nima edi?
 Ishingni qil!  deb urishib berdi Orif. Zokir chap qoMining
ko'rsatkich barmog'ini chakkasiga qo'yib birpas o'ylanib turdi-da:
 Topdim,  dedi hovliqib,  tugal fikr anglatgan so'z
yoki so'zlar birikmasiga aytiladi.
 Shunday qilib, ona tilidan qutilibsan-da?
 Qutuldim. Endi algebra qoldi... Ana undan keyin to'ppato'g'ri
yettinchi sinfga kirib o'qiyveraman... Agar sen bilan
yuraverganimda, bilasanmi, men ham qolib ketar edim.
Negadir shu paytda Zokirning gaplariga quloq solgim
kelmay qoldi. Undan shartta yuzimii o4girdim-da:
 Pulingni topdingmi?  deb so'radim ariqning bo'yiga
o'tirib olib o'tlarning orasini titkilayotgan Orifdan.
 Yo'q,  boshini ko'tarmay dedi Orif,  ertalab Zokir
kelguncha mana shu yerga o'tirib sanagan edim. Keyin
cho'ntagimga solib mana bu tutdan chumchuq bola olib tushgan
edim.
 Xafa boima,  deb ko'nglini ko'tardim do'stimning.
 Bilasanmi, men uni kutubxona tashkil qilaman deb
bittalab yiqqan edim. Kelasi bozorga oyim bilan shaharga borib,
oynali javon olib kelmoqchi edim...
Shunday deb, hech narsadan-hech narsa yokq. Orif yigMab
yuborsa boMadimi. Ko'nglim buzilib ketdi. yupatay desam hech
gap topolmayman.
 Ko'pmidi?  dedim nihoyat.
 Yigirma bir so'm edi,  hiqillab dedi Orif.
Uchovimiz yana izlashga tushib kctdik. Kun tepaga
kelguncha axtardik hamki, bari bir topilmadi.
Uzunquloq ota mozoriga ko'nglim g'ash keldi. Bugun garchi
chorshanba bo'lmasa ham odam yana hech joyga sig'may
ketibdi. Qori pochcham o4z joyida, duxoba to'shaklarda o'tirib
nazr-niyoz qabul qilyapti.
 Nega kech qoldingiz, bo'tam?  deb so'radi asta.
 Bu yoqqa kclish esimdan chiqibdi,  bahona qildim.
 Boring, eshaklaringizdan xabar oling, ertalabdan buyon
hech narsa solganim yokq  och yotgandir.
Qori pochchamning eshagi ancha narida, pastqam bir joyda
turadi. Och yotgan boMsa xashak solib, suv ham berib qo'yay,
deb o'sha tomonga o'tgan edim, ona-bola eshakni xotinlar, men
tengi, mendan kichkina bolalar qurshab olishibdi. Kap-katta
bir odam xo'tikchaning boshidan ushlab, besh-olti yoshlar
chamasidagi bitta qizchani hadeb mindirmoqchi boMyapti.
 Mindirmang, -belini sindirib qo'yasiz,  dedim jahlim
chiqib.
 Belini sindirsam pulini toMayman, akasi.
 BoMmasa avval toMab qo'ying.
 Qancha olasan?
 Topganingizni beravering.
O'zim ham mana shunaqa ishlarga suyagi yo'q bolamanda.
Xo'tikchaning ustiga eski to4n tashlab, qizchani mindirib bir
aylantirib kelgan edim, boshqa bolalar ham ishqiboz bo'lib
qolishdi. Bilasiz-ku, bizning tomonlarda motorli velosiped
chiqqandan buyon eshak zoti kamayib, ajoyibxonadagi
hayvondek odamlarni qiziqtiradigan boMib qolgan. Uch-to4rt
s o 'm ishlab, Orifga bersam zoraki ko'ngli ko'tarilsa,
kutubxonasiga kitob olib, xursand boMsa degan niyatda darhol
yeng shimarib ishga kirishib ketdim. O'zim tengi bir bolani kassir
qilib tayinladim. Eshakchaga bir-ikkitasini mindirib soy bo'yiga
oborib kelgunimcha kassir bola yangilaridan pul olib, navbat
belgilab qo'yadi. Bir borib kelishim bora-bora ellik tiyinga chiqib
ketdi. Shunday qilib desangiz, rosa pul ishladim-da. Xo'tikniyam
naq boMmasa oMdiribqo'yayozdim, bechora madori qurigandan
oxiri ter bosib yurolmay qoldi. Endi ishni yig'ishtirib, tushgan
pullarni bir sanab ko'ray-chi, deb turgan edim, o4n sakkiz-okn
to'qqiz yoshlardagi bir qiz kelib:
 Hoy bola, xo'tikchangga meni ham bir mindir,  deb
iltimos qildi.
 Yo'q, xo'tikcha charchab qoldi.
 Voy, charchasa nima qipti?
 Xo'p desangiz, qari eshakka mindiraman. Quloqlarini
qarang, har bittasi karnaydek keladi...
 Juni hurpaymay o'lsin eshagingni!.. Anvar aka  deb
yonidagi turgan yigitga murojaat qildi qiz,  siz ayting, jo-oon
Anvar aka.
 Kel endi, uka, kelinoyingni bir kataysa qildir! deb
yelkamga qo'lini qo'ydi Anvar aka.
 Yo'q, besh so'm bersangiz ham ko'nmayman.
 Bir so'm bersakchi?  so'radi qiz.
 Yo'q, to'rt so'mga ham ko'nmayman.
 Ha, ana. bir so'm ellik tiyin!.. Tur endi!
 Yo'q, uch so'mga ham ko'nmayman.
 Ikki so'mga-chi?  qoshlarini chimirib dedi qiz.
Ha, mayli, deb o'yladim ichimda. Ikki so'mni olsam ola
qolay, shunda pulim roppa-rosa o'n to'qqiz so'm bo'ladi. Orifni
rosa quvontiradigan bo'ldim-da. O'zim yaxshi o'qimagandan
keyin yaxshi o'qiganlarga yordam berib turishim kerak-da.
 Avval bersangiz, keyin mindiraman,  deb sekin
o'rnimdan turdim,  lekin o'ziyam xudda Volgag<i
tushgandek maza qilasiz-da, kelinoyi.
Falokat oyoq ostida deganlari paqqos rost ekan. Kelinoyimm
xo'tikchaga mindirib, tepalikka olib chiqayotganimda, jonivor
avval oyoqlarini kerib, ter bosib, qaltiradi. Keyin baqadek yerga
yalpayib qoldi  beli uzilib ketgan ekan. Qayoqdandir paydo
bo'lib qolgan qori pochcham qulog'imdan cho'zib:
 Nima qilding, badbaxt?!  deb so'radi.
 Hali o'lgani yo'q,  dedim nima deyishimni bilmay.
Qulog'imdan cho'zgancha tosh uyga olibkirib ketdi qori pochcham.
Men endi rosa kaltakni ham yesam kerak. deb jonimni hovuehlab
turgan edim, yo'q, qori pochcham to'satdan yumshab qoldi.
 Qancha pul tushdi, bo'tam?
 Pul tushgani vo'q.
 Yolg'on gapirmang, bo'tam. Yolg'onchining joyi do'zax
bo'ladi.  Avvalgidan ham yumshab, yarim kulib, yarim jiddiy
turib davom etdi qori pochcham:  Kira qilayotganingizni
ertalabdan buyon kuzatib o'tirgan edim... Qani. pulni olingchi,
bir sanaylikchi.
 Men bu pulni Orifga beraman, bildingizmi? Kutubxona
tashkil qilmoqchi u. bildingizmi?
 Kutubxonaga balo bormi, qani, pulni chiqaring.
 Bermayman.
 Nima?
 Bermayman, vassalom!
 Nima-nima?!  shunday deb qori pochcham meni tappa
bosdi-da, cho'ntagimdagi pullarning hammasini olib qo'ydi.
Orasidan ikkita besh tiyinlikni tanlab menga uzatdi:
 Mang, bunga xo'rozqand olib yeng, bo'tam!
Shunaqangi xafa boMdimki, shunaqangi xafa bo'lib ketdimki,
ishonasizmi yig'lavorayozdim. Yo'q, yigMagan ham ekanman,
buni men qoii pochchamning gapidan bilib qoldim.
 Iye, iye, bo'talog'im, nega yig'laysiz?  deb avra
choponining o'ngiri bilan ko'z yoshimni artib qo'ydi ustozim,
 bitta xo'tikchaga ham shuncha xafa boMadimi odam. Olsa
o'libdi-da. Men sizga unaqasidan ertaga bir yo'la ikkitasini
keltirib beraman. Ustiga chiroyli gilam to'qimchalar bosib,
peshonasiga  popukchalar taqib, ko'zmunchoqlar osib
qo'g'irchoqdek yasatib beraman... Siz kirakashlik qilib turasiz,
men tushgan pullarni to'plab turaman. Ana undan keyin men
sizga yangi Moskvich olib beraman... Haydashni bilasizmi?
 Yokq!  dedim burnimni tortib.
 Hechqisi yo'q, inshoollo, o'rganib olasiz. Endi,
o'rningizdan turib mana bu go'shtlarni qassobga topshiringda,
pulini naqd berar ekansiz deng. Inshoollo, sizni o'zimdan
keyin mana shu ycrga shayx etib tayinlab ketaman...
Qori pochcham bir so'zli odam ekan. Kechasi qayoqqadir
yo'q bo'lib ketdi-yu, ertasiga ertalab o'zi aytgandek
chiroylikkina ikkita xo'tikchani yetaklab keldi. Hatto gilam
to'qimchalar, o'zangiyu taqinchoqlarigacha hamma-hammasini
taxt qilib kelibdi. O'sha kuni chorshanba bo'lgani uchun
ziyoratgohga kechagidan ham ko'p odam kelib, bamisoli katta
sayilning o'zginasi edi.
 Qani, bo'tam, boshlamaysizmi?  deb imo qilib qo'ydi
qori pochcham.
 Hozir boshlaymi voki haliroq boshlaymi?
 Yo'q, yo'q, darhol boshlang!
 Boshlasam boshlayveraman-da...  dedimu shoshilib
kechasi o'ylab qo'ygan rejamni amalga oshirishga kirishdim.
Xo'tikchalarni odamlar ko'proq to'plangan joyga yetaklab
keldim-da. dumining tagiga changal qistirib, kctma-kel qo'yib
yubordim. Nariroqdagi bolasidan ajrab shumshayib turgan qari
eshakni ham xuddi shunday qildim, u ham bir yayrab olsin
dedim-da!
 Qoch, eshak bosib ketadi!  dedi kimdir.
 Oyi!  deb dodladi bir bola.
Bir nafasda hammayoq alg'ov-dalg'ov bo'lib ketdi. Eshaklar
ham nuqul odamlar turgan tomonga yugurib shataloq otadi
deng. Qiyqirib kulgan kim. chapak chalgan kimsa voy-voylab
yig'lagan kim  ajratib boMmaydi. O'zim ham bu tomoshaga
berilib qulog'imning tagiga tarsaki kelib tushganini ham bilmay
qolibman.
 Badbaxt!
 Labbay, taqsir?  deb o'girildim qori pochchamga.
 Betavfiq,  qori pochcham bu qulog'inining tagiga ham
bir tarsaki tushirdi.
 Xo'p bo'ladi, taqsir,  dedim nima deganlariga
tushunmay. Qori pochcham bilagimdan ombir bilan qisganday
qisib, dikonglatgancha, oyog'imni yerga tekkizmay hujraga olib
kirib ketdi...
Bu yerda qanaqangi voqealar yuz berganini sizga aytmay
qo'ya qolay. Faqat shuni aytmoqchimanki, qori pochcham meni
boplab ziyofat qildilar. Lekin bu ziyofatda ogkir-oglir musht,
qaynoq-qaynoq tarsaki, yengil-yengil tepkidan boshqa hech
narsa yemadim.
 Tavba qildim, de, betavfiq!  dedi qori pochcham
ziyofatning birinchi qismini tugatib.
 Tavba qilmayman, taqsir,  dedim juftakni rostlabqolish
uchun sekin eshikka yaqinlashib,  shoshmay tursangiz hali
boshqa sirlaringizni ham ochib tashlayman.
 Nima-nima?!
Bir sakrab ostonadan o4ib ketdim.
