XI bob

YARASH-YARASH

Qori pochchamdan kaltak yeganimni eshitib buvijonim rosa
xafa bo'lar, degan uyda boigan voqeani oshirib-toshirib so'zlab
bergan edim, buvijonim sevinganidan ko'zlari qisilib:
 Xayriyat-ey!  deb qo4ydi.
 Nega endi xayriyat deysiz, axir, biqinlarim og'rib
ketyapti...
 Og'risa yana yax>lii, bolam. U kishining qoMlari tekkan
joy do'zaxda kuymaydi. Aylanib ketay pirimdan... Bundan keyin
o'ng betingga ursalar, chap betingni ham tutib bergin, bolam...
Xullas, o'sha kuni buvijonim u dedi, men bu dedim, oxiri
qori pochcham bilan yarashishga, hoziroq borib kechirim
so'rashga ko'na qoldim. Ko'nmas edimu, ammo hali u kishining
odamlarga ma'lum boimagan sirlarini ochganimcha yo'q edida.
Rostini aytsam, u kishining sirlarini ochib tashlash oson ish
emas. Qori pochcham shunaqangi puxta, shunaqangi
ishbilarmonki, mening o'zimni shaytonning bolasi deb odamlarga
tutib berib, o'idirib yuboiishi hech gap emas. Danak qori
pochcham bilan Bodom qori amakim u kishining nomini
eshitgandayoq zir-zir titrab qolishadi. Hatto bir kuni ikkovlarini
qori pochcham shunaqangi boplab savaladilarki, toshkentlik
birinchi razryadli boksyor Imomaliyev aka ham bunaqangi
chaqqon, bunaqangi kuchli boMmasa kerak deb qo'ydim ichimda.
Qori pochchamga shogird tushganimning birinchi
haftasimidi, ikkinchi haftasimidi, hozir aniq eslay olmay
turibman, ishqilib, chorshanba kuni edi-da. Kech kirib,
ziyoratchilar ketib bo'lgan. Men qori pochchamning hujrasini
changitib supurayotibman. u kishi eshikka teskari o'tirib olib,
kun bo'yi tushgan pullarni ikki oyog'i orasiga to'kib sanash
bilan ovora. Hujra eshigini birov avval tirnog'i bilan tirnagandek
bo'ldi. Keyin so'roqsiz kirsam kaltak yeyman, deb o'yladi
shekilli, qo'rqa-pisa taqillatdi.
 Kimdir u?  oyog ini birov bosib olgandek og'riq bilan
so'radi Yong'oq qori pochcham.
 Bu bizmiz, taqsir,surnayning ovoziga o'xshash ingichka
ovoz eshitildi.
Qori pochcham pullarni shoshilib qiyiqqa solib beliga
mahkam bog'lab, ustidan malla choponini kiydi-da:
 , eshikni oching!  deb qo'ydi. Eshikni ochdim.
 Assalomu alaykum,  deb avval Danak qori pochcham,
ketidan Bodom qori amakim ikkovi ham kalta qoMlarini
ko'ksiga qo'ygancha, pakkidek bukilib kirib kelishdi.
 Vaalaykum,  Yong'oq qori pochcham to'satdan
qovog4ni uyib oldi.
 Taqsir...  dedi bittasi gapini yo'qotib.
 Biz...  dedi boshqasi ham tutilib.
 , siz chiqib turing-chi,  buyurdi menga Yong'oq
qori pochcham.
Tashqariga chiqdimu, darrov qo4tig4mdagi qalpoqchamni
boshimga kiyib, ko'zga ko'rinmaydigan ׳ olgach, yana
orqamga qaytdim. Ichkariga kirishim bilan Yong'oq qori
pochcham eshikning zanjirini solib:
 Xo'sh?  dedi ikkovlariga bir-bir qarab, qo4og4m
ixtiyorlaringizda.
 Siz boshlang,  dedi Danak qori pochcham.
 Yo'q, o'zlari boshlasinlar,  dedi Bodom qori amakim
orqaga tisarilib.
 Belingizdagi pulni arra qilamiz,  deyishdi keyin ikkovlari
baravariga.
Yong'oq qori pochcham o'ng qoshini pastga, chap qoshini
balandga qilib xo'mraydi:
 Nima?
 Shunday, taqsir!  deyishdi yana ikkovlari,  bugundan
boshlab, tushgan pul o'rtada arra qilinadi.
 Arra qilinadi?
 Ha, taqsir, arra qilamiz.
 Siz, Bodom qori, jindak aqldan ozgan ko'rinasiz. Siz,
mulla Danak, butunlay tentak ׳ qopsiz.
 Yo'q, taqsir,  deb bir odim oldinga tashlashdi ikki qori,
 biz, xudoga shukur, soppa-sog'miz. Soppa-sog'  turib,
kasal odamchalik ham pul ishlay olmayapmiz. Qishloqma
qishloq yurib qavmlarga Yong'oq qori hazratlarining dami
o4tkir deb tushuntirgan kim? Biz Yong'oq qori Uzunquloq
pirimning so'nggi avlodi bo4ladi, deb, yana o4sha qavmni
ishontirgan kim? Biz har kim o4z mahallasidan chiqqan oMikning
janozasini o4qiydi, deb kelishib olgan edik. Siz bizdan oldin
borib janozani o'qib qo'yyapsiz, pulini olib bizga hech narsa
bermayapsiz... Anavi kuni Hoshim degan shogirdingiz tahorat
suviga qalampir, tuz solib bizni ko'p qiynab qo'ydi. Buni kim
o'rgatgan, siz!.. Yo'q, taqsir, bugundan boshlab pul arra.
 Nima, ikkingiz isyon ko'tarmoqchimisiz?  g'azab bilan
so'radi Yong4oq qori pochcham.
 Ha, taqsir,  deb gapga aralashdi Danak qori pochcham,
 biz isyon ko4tarmoqchimiz.
Bodom qori amakim ustozimning belidagi pulga sekin qo'l
uzatgan edi, u kishi:
 Nari tur, betavfiq!  deb baqirib berdi.
 Yo4q, taqsirim, o'z ulishimizni berasiz. Yong'oq qori
pochcham og'zini katta ochib, ko'zlarini yumib:
 Apchshu!  deya qattiq chuchkirib yubordi,  ana
sizlarga pul, bo'lib olinglar!
 Biz hali sizning mishig'ingizga teng boMdikmi?
Danak qori bilan Bodom qori amakim jon talvasasida
ustozimning belidagi pulga yopishishdi. Yong'oq qori pochcham
ikkovini baquvvat qo'llari bilan ikki tomonga itarib yuborgan
edi, biri hujraning o'ng devoriga, ikkinchisi chap devoriga borib
urildi. Yana qaytib yopishmoqchi bo'lgan edi, ustozim engashib
kalla solishni moMjallab kelayotgan Bodom qori amakining
betiga bismillohi rahmoni rahim deb tarsaki tortib yubordi.
Ana shundan keyin desangiz, zo'r mushtlashish boshlanib
ketdi, agar televizorda olib ko'rsatsa, yo tavba, qori pochchalar
ham boksga tushar ekan-da, deb yoqangizni ushlardingiz.
Bir mahal Yong4oq qori pochcham ikkovini ham yerga
yotqizib, ustiga minib oldi-da, yenglarini shimarib olib:
 Yo Hasan, yo Husan!  deya do'pposlashga tushib ketdi.
Urib-urib charchadi shekilli, hushidan ozgudek bo'lib yotgan
Bodom qori amakimning qulog'idan buvijonim mening
qulog4imdan cho'zgandaka cho4zib:
 Pul haqida yana og'iz ochasanmi?  deb so'radi.
 Yo4q, taqsir, minba'd og'iz ochmayman. Ustozim Danak
qori pochchamning ham o'ng qulog'idan cho'zib:
 Xo'sh, mulla Danak, ahvollari qalay?  deb kalta soqolini
silkitib, he-helab kuldi. Nazarimda, Danak qori pochcham ham
unga o'xshatib kulmoqchi bo'ldi-yu, ustidagi yuk og'irlik qilib:
 He...  deb qo'ya qoldi.
Yong'oq qori pochcham ostida hansirab yotgan azamatlarga
yana bir mushtdan sovg'a qilib:
 Tavba qildilaringmi?  deb so'radi.
 Ming bor tavba qildik!
Uchovlari ham bir-birlaridan hadiksirashib, etaklarini qoqaqoqa
sekin o'rinlaridan turishdi. Yong'oq qori pochcham
og'zini katta ochib kulib turibdi. Bodom qori amakimning labi
kulyapti-yu, ko'zi xo'mraygan, Danak qori pochcham kulishini
ham, xo'mrayishini ham bilmay, entikib, goh unisiga, goh
bunisiga qaraydi.
 Lekin taqsir, xudoyi taolo sizga kuchni ham bergan ekan
da,  deb qo'ydi Bodom qori amakim. Keyin, negadir uchovlari
ham baravariga kulib yuborishdi.
 Ho, ho-hoh,  deb qornini silkitdi mening ustozim.
 He-he-he!  deb yelkasini uchirdi Bodom qori amaki.
Danak qori pochcham boMsa xuddi echkining ma'rashiga
o'xshatib uzoq kuldi-da:
 Taqsir, biz shunchaki hazillashgan edik,  deb qo'ydi.
 Men ham hazillashib urdim,  soqolini silab qo'ydi
Yong'oq qori pochcham, chinakamiga urganimda biringizni
do'zaxga, biringizni undan nariga jo'natardim.
Keyin uchovlari yarash-yarash qilib bu gap shu yerda qolishi
kerak, odamlar eshitsa sha'nimizga yaxshi bo'lmaydi, kulgi
bo'lamiz. Kimki bu xususda gap ochsa, soch-soqoli to'kilib pes
bo'lsin, deb fotiha o'qishdi. Go'yo hech gap boMmagandek
mehribon aka-ukalardek bir-birini qo'ltiqlashib tashqariga chiqa
boshlashdi. Yong'oq qori o'rtada, Bodom qori o'ng
qoitig'idan, Danak qori chap qoMtig'idan ko'tarib olishgan.
 Qani, taqsir, marhamat qilsinlar.
 Yo'q, yo4q, o'zlaridan bo'lsin.
 Yo4g4-e, xo4jam, qani, boshlasinlar.
Shu gaplardan so'ng uchovlari eshikdan barvariga qiya bo4lib
chiqib ketishdi.
Xullas, Yong'oq qori pochcham hazilakam odam emas. U
kishining sirlarini oshkor qilish uchun puxta tayyorgarlik
ko'rishim kerak. Tayyorgarlikni esa o4zlari bilan birgalikda olib
borishim zarur.
 Shunday qilib, buvijon, borib kechirim so4ra deysizmi?
 deb so4radim o4rnimdan turib.
 Oyoqlariga yiqil,  dedi buvijonim,  u kishining
dargohlari keng, albatta kechiradilar.
 Qani, ketdik, bo'lmasa.
Bir qiyiq chala qurigan shaftoli qoqi olib buvijonim bilan
ustozimnikiga jo4nadik. Haqiqatan ham u kishining dargohi
juda keng ekan, menga o'xshab birovga kek saqlashni yomon
ko4rar ekan. Buvijonim mendan oldin kirib yotig4i bilan
tushuntirgan edi, qori pochcham:
 Bola-da, bola,  deb qo'ydi. Keyin mening boshimni
silab, qo'shimcha qildi,  obbo qochqoqvoy-ey, ertaga
xo4tikchalarni to'qimlab, ziyoratchilarni xursand qilamizmi?
 BoMmasam-chi, taqsir,  dedim xursand bo'lib.
 Barakalla, bo'tam, lekin Bibirobiya, nabirangizdan ajoyib
mulla chiqadi-da. Inshoollo, o'rnimga qoldirib ketmoqchiman.
Avvalgi gapim gap.
Buvijonim qori pochchamni duo qilib, chiqib ketdi. Ustozim
meni yoniga o'tqizib olib, mulla bo'lish juda mashaqqat ekanligi,
bu yo4lda ko'p zahmat chekish zarurligini aytib, hatto o4zi
Buxoroda roppa-rosa uch yil tuproq yalaganligini ham gapirib
berdi.
 Ko'nglingiz aynimadimi?  deb so'radim qo4rqa-pisa.
 Nega endi ko4nglim aynar ekan, bo4tam?
 Axir tuproq yalabsiz-ku?.. Men tuproq yalasam, darrov
ko'nglim ayniydi.
Qori pochcham javob qaytarmadi-yu, qornini silkitib kuldi.
Kulib bo4lgach:
 Endi, bo4talog4im, sizga andakkina yumush bor,  dedi.
 Buyuring, taqsir.
 Xozir qo'shni qishloqqa, Rafqonga o'tasizda, kimlar kasal
yotganini, ismi nima, yoshi nechada, qanaqa kasal bilan og'rigan
 hammasini bilib qaytasiz. Lekin, bo'tam, zinhor
kimligingizni birovga ayta ko'rmang. Kasal qarindoshimiz bor,
otini bilmayman, o'shani izlab keldim, deng. Uddasidan chiqa
olasizmi?
 Qoyillatib tashlayman, taqsir.
 Ofarin, bo'tam, inshoollo, sizga yangi Moskvich olib
beraman.
Rafqonga borib peshin mahaligacha beshta kasal borligini
aniqlab keldim. Kechqurun qori pochcham bolasi o4lgan qari
eshakni minib oksha qishloqqa shoshilinch jo'nab ketdi.