XII bob

QOCHMAGAN NOMARD

To'satdan bolalar lageri qurilishi uchun keltirilgan yog'ochtaxtalar
kuyib ketdi. Kechasi bo'lgani uchun odamlar to'planib
to o'tni o'chirguncha yog'och-taxtaning ancha qismi yonib
tamom boidi.
 Bu mana shu pismiqning ishi,  dedi dadam kechqurun
hammamiz so'rida choy ichib o'tirgan edik.
 PismigMng kim?  so'radi buvijonim.
 Kim boiardi. Yong'oq qori-da.
 Hoy, og'zingga qarab gapir, bolam.
 Og'zimga qarab gapirsam ham, qaramasdan gapirsam
ham bu ishda o'shaning qo4li bor. Lager qurilishiga kim qarshi
chiqyapti? Yong'oq qori qarshi chiqyapti. Negaki, lager bitsa,
qori mo'may daromaddan mahrum bo'lib qoladi-da. Ba'zi bir
go'l odamlarni qurilishdan ketib qolishga undayotgan ham,
mana shu pismiq. Shu bugundan kechikmay uchastkavoy
militsionerni boshlab kelaman.
 Hoy, bolam, astagTirullo de,  buvijonimning achchig'i
chiqib ketdi.
 Qo'ying-e,  qo'l siltadi dadam.  Hoshim, bugundan
boshlab sen ham o'sha haromxo'rnikiga bormaysan.
Buvijonim juda xafa bo'lib ketdi shekilli, lablari uchib,
shartta o'rnidan turdi:
 Ro'zi, bu gaplarni bilib gapiryapsanmi?
 Bilib gapiryapman. Hozir borib militsiyaga xabar
qilaman.
 Menga qara, men seni tuqqan onangnian-a?
 Ha, onamsiz.
 Oq sut berib katta qilganman-a?
 Ha, katta qilgansiz.
 Yaxshi yemadim, yaxshi kiymadim,  yig'lamsirab dedi
buvijonim,  otasi yo'q, o'ksimasin, deb, topganimni senga berdim,
odam qildim. Oqibat sendan ko'rgan hurmatim shu boMdimi?
Mcning kokz oldimda mening pirimni haqorat qiladigan bo'ldingmi?
Bir ovog'i go'rda boiib qolgan onangning humiati shu bo'ldimi?!
Shunday deb buvijonim ho'ngrab yig'lab yubordi.
Shunaqangi bir alam bilan yig'ladiki, rostini aytsam, andak
bo'Imasa men ham yigiavoray dedim. Ichkaridan oyim chiqib
dadamga qarab o'qrayib qo'ydi. Xuddi kelishib olgandek, Oysha
bilan Dono ham buvijonimga jo4r bo'lib qolishsa boiadimi?
Buvijonim yelkasini silkitib-silkitib o'rnidan turdi-da.
ichkariga kirib eski paranjini qiyshiq yopinib chiqdi:
 Men... Men... sig'may qoldim endi bu uyga.
 Oyim borib buvijonimning yo'lini to'sdi. Dono bilan
Oysha oyog'iga yopishib:
 Buvijon, qayting!  deb battar yig'lay boshlashdi.
 Hoy erkak, nega o'shshayib turibsiz, jerkib dedi oyim.
 Qaysi ofcgkil o'z onasini uyidan haydab chiqaradi!
Shu paytda dadam boMganicha bo'ldi. Nazarimda aytgan
gapiga ham ming bor pushaymon bo'lib ketdi.
 Bo'pti endi, oyi, bir aytdim-qo'ydim-da.
 Tavba qilmaguningcha orqaga qaytmayman,  oyog'ini
tirab turib oldi buvijonim.
 Ha, ana, tavba qildim. Ko'nglingiz joyiga tushdimi?
 Anavi uchastkavoyingga bormaysanmi?
 Yo'q, bormayman. Qayting, endi, oyi!
Buvijonim ko'z yoshlarini artib uyga kirib ketdi. Dadam
so'rida do'ppisini o'ynab o'tirgandan o'tirib qoldi. Olzi men
qiziqman-da! Hozirgina yigMayotganini ko'rib buvijonimga
achingan edim... Endi bo'lsa dadamga rahmim kelib o'tiribdi...
Dadamga hech kun berishmaydi. Biror narsani o'ylab amalga
oshirmoqchi boMsa, avvalo oyim qarshilik ko'rsatadi. Oyimning
qarshiligini yengib o'tsa, bu yoqda buvijonim yeng shimarib
turgan bo'ladi. Shunda dadam:
 Bilganlaringni qilinglar,  deb qoM siltaydi-da, dalaga
qarab jo'nab qoladi. Mana hozir ham bechora juda xafa bo'lib
o'tiribdi.
 Dada, issiq choy quyib beraymi?  deb scVradim.
 Ke qo4y, shu topda choy ham tomoqdan o'tmaydi, 
dadam do'ppisini kaftiga qoqib, boshiga kiydi-da, qayoqadir
chiqib ketdi.
U juda xafa edi.
Tuni bilan o'ylab chiqdim. Yo'q, endi yeng shimarib
kirishmasam bo'lmaydiganga o'xshaydi. Qori pochchamning
hamma kirdikorlarini odamlarga aytib berishim, ertadan
qolmay uni fosh qilishim kerak. Shunchadan buyon ikkilanib
yurganim ham yetar, bas endi. Ertagayoq ziyoratgohga borib
to'plangan odamlarga hammasini oqizmay-tomizmay aytib
beraman. Qori pochcham g'azablanib meni shaytonning bolasi
deb toshbo'ron qildirmoqchi boMsalar, qalpoqchamni kiyib
olamanu... u yog'iga yana biror narsa o'ylab topaman. Ammo
sirlarini fosh qilib, shataloq otib qochmagunlaricha
qo'ymayman...
Ertasiga choshgoh mahalida u kishining chillaxonalariga
salom bermasdan kirib borgan edim, atlas ko'rpacha ustida
biram chiroyli uxlab yotibdilarki... kim biladi, allaqachon
jannatga borib olib, huru paykarlarga bellarini uqalatyaptilarmi,
ammo xurrakniyam juda keltirib tortyaptilar-da. Sekin turtib
uyg'otgan edim, avval xurrak tindi. Keyin qori pochcham
ko'zlarini ochib, boshlarini sekin ko'tardilaru:
 Yo'q, ko'tarolmayapman,  deb tap etkazib yana
yostiqqa tashladilar,  la'nati, musallasga spirt qo'shgan
ekanda...
 Boshingiz og'riyaptimi?  deb so'radim nima deyishimni
bilmay.
 Og'riyapti. qattiq og'riyapti. Mulla Hoshim bo'talog'im,
ichkarida ko4zada obizamzam bor, ana shu zormandadan bir
piyola qo'yib chiqing.
 Xo'p bo'ladi, taqsir.
Ichkari kirib anor suvidek qip-qizil obizamzamdan guruch
o'ichaydigan katta piyolada to'ldirib olib chiqdim. Ustozim
ko'zlarini yumib, huzur qilib simirdilarda, kaftlarining orqasi
bilan lablarini artib:
 Bay-bay-bay, muzdakligini qarang-a,  deb qo'ydilar.
 Yana bir piyola olib chiqaymi?
 Olib chiqsangiz, olib chiqing!
Yana bir piyolani pok-pokiza urib oldilar. Urib oldilaru,
nazarimda Shotursunning dadasiga o'xshab qip-qizil mast ham
bo'lib qoldilar. Buni mcn ko'zlarini xiyol suzib kulimsirab
turishlaridan sezib qoldim.
 Bari bir o'iib ketamiz, bo'talog'im. Yana bir piyola olib
chiqing-chi...
Xiyol o'tmay qori pochcham butunlay mast bo'lib, to'shakka
cho'zilib qoldilar.
Kimdir ko'cha eshikni shiddat bilan do'pira-dupiriga olib
qoqa boshladi. Yugurib chiqsam, sochlari to'zg'igan, ko'zlari
yoshli, oltmish yoshlardagi bir kampir. Yonida uchta devdekdevdek
barvasta yigit ham turibdi. Yigitlar aka-uka bo'lishsa
kerak, nega desangiz, hammasining afti bir-biriga o'xshab ketadi.
Uchovi ham velosipedda, juda tez haydab kelishgan boMsa kerak
 hansirab turishibdi.
 Yong'oq qorining hovlisi shumi?  so'radi kampir.
 Shu.
 Yer yutkur o4zi uydami?
 Uyda. Lekin o'rinlaridan turolmaydilar, mast bo'lib
yotibdilar.
 Mast?  tokrt kishi birdan so'radi.
 Ha, mast. Obizamzamdan ko4p ichib mast bo'lib qoldilar.
Shunday deyishimni bilaman, sochi to'zg'igan xotin o'zini
eshikka urdi. Ketidan yigitlar ham kirib borishdi. Bir nafasda
hovli to'polon, qiy-chuv bo'lib ketdi. Nima gap bo'ldiykin, deb
ichkari hovlidan o'sma qo'yib o'tirgan eshon oyim ham bir
qoshida o'sma, bir qoshi o'smasiz yugurib chiqdi. Bepul tomosha
ko'rish uchun qo'ni-qo'shnilar ham chiqishdi. Bundan to'rt  un
avval sochi to'zg'igan xolaning kichik o'g'li o'iib qolibdi.
 O'g'limni topib berasan, nomard,  deb nuqul qori
pochchamga tashlanadi dcng. Qori pochcham bo'lsalar qattiq
mast bo'lib qolgan ekanlar, shuncha surgalashsa ham qani endi
bunday ko'zini ochsa  nuqul ruschalab so'kinadi deng.
Nihoyat, bir mahal muborak boshlarini ko'tarib:
 Kim u, bemahalda shovqin ko'targan?  dcb so'radilar.
 Piyanista, bolamni o'idirding. Shuhratjonimni topib bcr!
 deb sochi to'zg'igan xola qori pochchamning soqoliga
yopishib qoldi-ku! Odamlar ajratib qo'ymaganda, kim biladi
bu janjal nima bilan tugardi.
Qori pochchamning kayfi uchib, ko'zlari katta-katta ochilib
ketdi-yu, gandiraklab sekin o'rinlaridan turdilar:
 Nima gap o'zi?
 Shuhratjonim oMdi!!
 O'igan bo'lsa, joyi jannatda bo'lsin, oblovhu akbari
Shunday deb qori pochcham sekin eshikka chiqib ketmoqchi
bo'lgan edilar, ayol u kishining yo'lini to'sdi:
To'xtang, o'sha kuni bizning uyni qanday topib borgan edingiz?
 Aytdim-ku, xobimda ayon bo'lgan edi...
 Ismi-chi, axir siz, Shuhratjonimning nomini aytib kirib
bordingiz.
 Ismi ham, kasali ham xobimda ayon bo'lgan edi, dcb
qo'ydilar qori pochcham.
 Axir siz, meni o'sha kuni sariq qo'y so'yishga majbur
qildingiz, issiqqina terisiga bolaginamni o'rab yetti xil mevaning
novdasi bilan savaladingiz... Endi doktorga ko'rsatmang.
inshoollo, o'g'lingiz ertagayoq chopqillab ketadi dedingiz...
Bechora Shuhratjonim doktor chaqiring. deb biram zorlandiki.
biram zorlandiki, o'ligini ko'rgan doktorlar bir kun avval
bilganimizda kasali hech gap emas ekan, olib qolardik deyishdi..
Voy bolaginam-ey, voy Shuhratjonim-ey... Shu piyanistaning
gapiga kirguncha, onaginang o'zi o'isa bo'lmasmidi!
Ayol shunday bir alam bilan yig'ladiki, to'planganlar ham
o'zlarini tutolmay ho'ng-ho'ng yig'lab yuborishdi. Mehrim
qattiqligi bilan nom chiqargan bo'lishimga qaramay, ishonsangiz,
shu paytda men ham yiglab yubordim.
 Shuhratjonim dilida armon bilan ketdi, armoni bilan
ketdi,  deb yig'lardi ayol.
Demak, masala ravshan, men ahmoq qori pochchamning
gapiga kirib, qishloqma-qishloq yurib kasallarning kasali
qanaqa ekanligini, ismi nima ekanligini bilib kelar ekanman-u,
qori pochcham xobimda ayon bo'ldi deb asta borib,
bechoralarni shilib kelar ekanlar. Yashavorsinlar-ey!
Bo'talog'im, deb yelkamni silab qo'yishlarida gap bor ekanda.
Shartta o'rtaga chiqdim:
 Xolajon. meni taniyapsizmi?
 Yo'q, seni ta nima y man.
 Uyingizga kirib o'g'lingizning ismini, kasali nima
ekanligini so'ragan edim-ku?
 Voy esim qursin! Kirgan eding, kasal qarindoshimizni
axtarib yuribman. deb eding...
Shundan keyin butun voqeani to'planganlarga sharttashartta
gapirib berdim. Zodiyon, Makiyon, Elash, To lash degan
qishloqlarga ham borib. kasallarni surishtirib kelaman deb.
yoMlarda rosa itlarga talangan edim. Ana shulargacha
hammasini gapirib berdim.
 Bu betavfiqning gapiga quloq solmanglar!  deb xuddi
bo'g'ib tashlamoqchidek ikki qo'lini changak qilib, tishlarini
g'ijirlatib qori pochcham men tomonga qarab bostirib kela
boshladilar,  bu aqldan ozgan bola. Buvijoni o'qib, dam solib
odam qiling, deb bergan edi. Mana bunday qilib bo'g'ib
tashlamoqchi edimu...
Qori pochcham menga tashlangan edilar, lip etib
qoMtiqlarining tagidan o'tdim-da, bexavotirroq joyga borib:
 Obizamzamni siz icharkansizu, aqldan biz ozar ekanmizda,
 deb qo'ydim.
Xuddi shu payt sochi to'zg'igan xolaning o'g'illari domla
pochchamning ikki qoMidan mahkam ushlab:
 Qani, oldimizga tushsinlar-chi!  deb qolishdi.
 Qayoqqa borar ekanman?
 Sizni hoziroq prokurorga topshiramiz.
 Prokurorga?!
 Ha, prokurorga! Prokurorga topshirmaguncha oigan
ukamizning alamidan chiqolmaymiz.
 Chuchvarani xom sanabsizlar! Uyimga bostirib kirib, meni
oMdirmoqchi bo'lganlaring uchun o'zlaringni sudga beraman,
 deb shovqin solib qoldilar qori pochcham,  hali sizlar meni
bilmas ekansizlar...
Yigitlar qori pochchamning ikki qo'ltig'idan olib, kalta
oyoqlarini yerga tekkizmay dikonglatgancha olib
chiqishayotgan edi:
 To4xtanglar, to'xtanglar!  deb oyoqlarini pitillatib
qoldilar qori pochcham.  Men kiyimimni almashtirib chiqay
boMmasa... Lekin siz tuhmatchilar b i l a n . o ' s h a yerda
gaplashaman... E parvardigor, qanaqa kunlarga qoldim-a!
Qori pochcham shunday deb, go'yo kiyinib chiqsalar
butun dunyoni osti-ustin qilib yuboradigandek bir vajohat bilan
ichkari hovliga kirib ketdilar...
Besh minut, o4n minut, e boringki, yigirma besh minut kutdik
hamki, qani endi qori pochcham chiqsalar. Bir mahal ko'cha
eshik tomondan hovliqqancha Mirobiddinxo'ja kirib keldi.
 Qori pochcham qochdilar!  dedi u entikib.
 Qochdilar?!  Baravariga so'radi yigirma chogMi odam.
 Katta ariqning bo'yida ko'rdim. Motorli velosipedga
minib, tog4 tomonga qarab qochib ketyaptilar.
Yopirilib ichkari hovliga kirgan edik, chindan ham hech kim
yo'q, bog* tomonga chiqadigan eshik lang ochiq.
 Oldimizga poxol solib ketibdi-yu!  deb baqirdi qasos
olgani kelgan azamat yigitlardan biri. Keyin ko'chaga chiqib,
uchovlari ham shoshilinch velosipedga o'tirishdi. Men ham
ustozim bilan hech boMmasa xayrlashib qolay degan yaxshi bir
niyatda Mirobiddinxo'janing motorli velosipedini bir soatga
so'rab oldim-da, orqalaridan quvib qoldim.
Maktabimizda boMadigan velosiped poygalariga ilgari ham
ko'p qatnashgan edi-u, ammo bunaqa poygani, oMay agar,
birinchi marta ko'rishim. Qasos olgani kelgan yigitlar chinakam
pahlavon yigitlar ekan. Yarim soat deganda qori pochchamni
quvib yetishdi. Ustozim avra choponlarining o'ngirini pirpiratib.
haybatli bir qushdek ikki yuz metr oldinda uehib borar edilar.
Yigitlar butun vujudlaridan ter chelaklab quyilayotgan
bolishiga qaramay, tinmay pedalni tepib. o!gka intilishadi. Qori
pochcham ilgari ham shunga okxshash quvdi-quvdilarda ishtirok
etib. tajribalari ortib ketgan ekanmi yoki Uzunquloq pirim
madad qilyaptimi, ishqilib, qochganda ham jokn qochmay, o4yin
ko'rsatib, yigitlarningjig4iga tegibjahlinichiqaribqochyaptilar.
Motorni uchirib sekinlatib boradilar-da, yigitlar yetay-yetay
deganda motorni o4t oldirib, yana juda-juda ham oldinlab
ketadilar...
Nihoyat, tepalikka chiqayotganda yigitlar holdan toyib
ketma-ket velosipeddan yiqilib tushishdi.
 Obbo, mug4ambir-ey!  deb qo4ydi biri entikib.
 Devdek kuchi bor ekan dedi boshqasi.
 Qaytdik,  dedi uchinchisi hafsalasi pir bo'lib.
Dovonning tepasiga eson-omon chiqib olgan qori pochcham
velosipeddan tushib sallalarining uchi bilan yuz va
peshonalaridagi terni artib, menga qarab qo'llarini musht
qildilar:
 Sen hali qarab turgin!  degan boisalar kerak. Men ham
darrov ikki kaftimni ogkzimga quvacha qildim-da:
 Oyog'ingizni uqalab qo'yaymi, taqsir! debbaqirdim.
Tog'dan qaytib kelgunimizcha azamat yigitlar negadir birbirlariga
gap qo'shishmadi...
O'sha kuni qishloqda har xil gaplar tarqab ketdi. Xotinlar,
chollar, ilgari qori pochchamga dam soldirib ketgan kasalmand
odamlar tokp-tokp bolib olishib:
 Yong'oq qori Uzunquloq pirimning qarg'ishiga qolibdi.
 Yo'gke. u kishi Makkatilloga ketibdi-ku?
 Qip-qizil piyanista ekan, hujrasidan yetmishta butilka
chiqibdi.
 Okziyam kokhnabisot boy edi-da.
 Tokg4ri aytasiz, qo4shni, qorining tillasi ham bor edi, 
singari gaplarning keti uzilmas edi.
Men bo4lsam, hammasidan xabardor bo'lganim uchun
odamlarning: Bu yoqqa kel-chi, bir boshdan gapirib ber-chi,
deb chaqirganlariga ham parvo qilmay-sovun olib magazindan
qaytar edim. Ko'chada taxta qoitiqlab ketavotgan Zokirga
duch kelib qoldim. Men keyingi paytda, nimagadir, Zokir bilan
nuqul ko'chada uchrashadigan bo'lib qoldim. Dars
tayyorlayman deydi-yu, doim mana shunaqa ko'cha changitib
yuradi.
 Qori pochcha qochib ketibdi, cndi nima qilasan?  xuddi
ajab bo'lsin degandek bir ohangda so'radi Zokir.
 Nima qilardim, endi sen bilan Dev ovlaymiz-da,  dedim
jo'rttaga.
 Hecham-da,  Zokir qoMidagi taxtani yerga qo'yib gapida
davom etdi,  endi men hech shunaqa ishlarga yurmayman.
Rostini aytsam, sherik, endi sen bilan kamroq bordi-keldi
qilaman... Oyim Hoshimga qo'shilsang, odam boMmaysan,
deyapti... Mana, Orifga qo'shilib odam bo'p qoldim. Sen kuzgi
imtihon emas, yaxshisi, oltinchi sinfda ikkinchi yili ham qolib
okqish kerak, deb eding. Mana shu gaplar gkirt yolg'on ekan.
Kuratorimizga aytgan edim, bu  dangasaning gapi, deb
meni urishib berdi... Men-chi. sherik, algebraniyam topshirdim.
 Hisobga juda usta boMib ketibsan-da, boMmasa?
 Rost, sherik, hisobga juda usta boMib qoldim
o'qituvchimiz olzi sen bo'ladigan bolasan, deyapti.
 Hozir biqiningga bitta tepsam, yclkangga ikkita
mushtlasamu, shuni uchga ko'paytirsam hammasi nechta
boMadi?
 Iya, sherik, meni urmoqchimisan?
 Yo'q urmayman, qani ayt-chi, nechta boMadi?
 Umumiy yig'indisini so'rayapsanmi?.. Hozir... Qo iingm
musht qilmay turda, adashib ketyapman... Hozir okn beshta
boMadi!
 Topding, qandingni ur! Qani yur endi, taxtangni eltishib
beray.
Taxtaning bir uchini Zokir, ikkinchi uchini men yelkamga
qo'yib Oriflarnikiga jo'nadik. Yoi-yollakay Zokir Orif tashkil
qilayotgan kutubxona to'g'risida gapirib berdi. Uning
aytishicha, bunaqangi kitobga boy kutubxona butun dunyoda
ham topilmas emish. Darslikdan boshqa hamma kitobni o'sha
yerdan olsa bo'larmish. Hatto qalinligi bir qarich keladigan
kitoblar ham bor emish. Mana shu taxtani so'kichak qilish
uchun olib borayotgan emish. Umuman, Orifning aytishicha,
kitoblarni ozoda saqlash uchun oynali javondan so'kichak
yaxshi bo'lar emish.
 So'kichakni kim qilib beradi?
 Kim bo'lardi, men-da...
 Voy-boy, sen hali mix qoqishni bilmaysan-ku!
 Orif o'rgatib turgandan keyin... bilaman-da!
 Menga qara. kitoblarni to'plab-to'plab, keyin nima
qilasizlar?
 O'qiymiz-da. Orif. uxlagandan kitob o'qigan yaxshi deydi.
Sherik, scni ham ro'yxatga qo'shib qo'ydik. Kitob o'qiging
kelsa, kirib avval qoM qo4yasan-da, istagan kitobingni
olaverasan. Biz ikkinchi sinf bolalariga kitob bermaydigan
bo'ldik. Bilasan-ku, ularning qoMiga kitob tushsa rasmini qirqib
olib qo'g'irchoq yasashadi.
Gap bilan bo'lib Orifjonnikiga kirib borganimizni ham
bilmay qolibmiz. Orif qolida dastarra. biz ko'tarib kelgandan
sal kaltaroq bir taxtani arralayotgan ekan. Bizni kolrdi-yu,
sevinib ketdi. Hammadan ham taxtaga xursand boMdi.
Darsxonasining to'riga qilayotgan so'kichagi bitay deb qopti.
Menga ko'rsatib:
 Qalay?  deb so'radi.
 Taxtasini randalamabsan-ku!
 Shunisi yaxshi. Randalasa silliq bo4lib kitob turmaydigan
boMib qoladi,  tushuntirdi Orif.
O'sha kuni oyim sovunni tezlik bilan keltirib bergin deganini
ham unutib kun botguncha Oriflarnikida qolib ketdim.
So'kichakni bitkazmaguncha, uchovimiz ham uydan
chiqmadik.