XIII bob

QOTILLAR MASLAHATI

Kechasi bilan qo'rqib uxlay olmadim. Ko'zim uyquga ilindi
deguncha, qori pochcham orqa tomondan pisib kelib, xuddi
tovuqni tappa bosgandek bosadi-da, ikki qo'llab bo4gkib:
 Ha, hali senmiding meni sharmanda qiladigan?  dcb
qiynay boshlaydi. Qo'rqib uyg'onib ketaman. Uyglonsam, yo
og'zimga ko'rpa to'g'ri kelib qolgan bo'ladi, yo yerga qarab
yotib qolgan bo'laman. Bir mahal tushimda qornim tarsillab
yorilib ketgandek boMdi. Endi ovqatni qayerimga yer ekanman,
deb xafa bo'lib yigMab, yigMaganimcha uyg'onib ketdim.
Qori pochcham ikkovimiz o'rtamizdagi sirni birovga aytsang
qorning yorilib oiasan, degan edi... Demak, endi qornim yorilar
ekan-da. deb qo'rqib, ko'zimni ochib o'zimga quloq solib
yotdim. Kun chiqib qoldi hamki, qornim yorilmadi. Demak,
meni qo'rqitish uchun shunday degan ekanda, deb ko'nglimni
to'q qilib, xursand bo'lib o'rnimdan turdim. Yetti marta
kci ishib, uch marta esnab muzdek suvda mazza qilib yuvindim.
Keyin husayni uzum bilan choy ichdim-da. qori pochcham
hoyna-hoy Uzunquloq ota mozorida berkinib yotgandir. qani,
bir boray-chi, ehtimol, belini uqalab qo'yishga to'g4ri kelar.
degan oky bilan to'ppa-to'g'ri ziyoratgohga jo'nadim.
Qori pochchamning hujrasiga har kuni chopqillab kirib
boraverardim, bugun, negadir to'ppa-to'g'ri kirib borishga
botinolmadim. Tushim o'ngidan kelib qori pochcham bokgkib
oMdirib qo'ysa kolnglimdagi orzularim amalga oshmay qolib
ketishicjan qo'rqdim. Hamisha mushkulimni oson qiladigan
qadrdon qalpoqchamni boshimga kiyib, ichkari kirib bordim...
Yongkoq qori pochcham o'tiradigan atlas qo'rpachalar
lo'shalgan marmar supachada bugun, negadir, rasmga
tushayotgandek savlatli bo'lib, xoda yutgandek kekkayib
Bodom qori amaki o'tiribdi: boshida oppoq salla, egnida olacha
chopon, tasbeh o'girib bir narsalarni pichirlab o'qiyapti.
Hujraga kirishim bilan orqamdan Danak qori pochcham ham
kirib bordi.
 Xo'sh, mulla Danak, keldingizmi?  tasbeh, o4girishdan
to4xtab so4radi Bodom qori amakim,  avvalo eshikni ichidan
berkitib qo4ying... Barakalla! Qani endi, beriroq, kelib o'tiringchi.
Ko'p ajoyib ishlar bo'ldimi-a?
 Nimasini aytasiz, xo'jam.
 Ammo lekin xalq Yong4oq qorini toshbo4ron qilib
o4ldirganda savobga qolardi-da.
 Qochib qoldi-da, bo4lmasa o'ldirish ham gapmi, terisiga
somon tiqardi.
 Endi, mulla Danak u kishining o4rinlariga bugundan
e'tiboran men o'tiraman.
 A?  og4zini va ko4zlarini katta ochgancha angrayib qoldi
Danak qori pochcham.
 Nima, o4zlari ham umidvormidilar? 04ttiz yildan buyon
Yong4oq qori hazratlari o'rnimga sizni qoldirib ketaman, deb
kaminaning ko4nglini gul-gul yashnatib keladilar... Bugun men
murodi maqsadimga yetdim...
 Kaminani kechiring. Ammo bu o4rin shu soatdan e'tiboran
meniki bo'lsa,  deb sekin Bodom qoriga yaqinlashdi Danak qori
pochcham,  avvalambor, Uzunquloq ota hazratlarining
avlodlaridan bo'laman. So'ngra, Yong'oq qori bu o4rinni menga
o'ttiz besh yildan bo'yon va'da qilib: Mulla Danak, belni mahkam
bog4lab, xizmatni qilavering, o'zimdan so4ng bu mozorni sizga xat
qilib berib ketaman...  deb ko4nglimni tog4dek ko4tarib keladilar.
 Chuchvarani xom sanabsiz, mulla Danak.
 O'zlari xom sanabdilar mulla Bodom.
 Bu o'ringa siz noloyiqsiz,  ovozini bir parda yuqorilatib
dedi Bodom qori amakim, sababkim, halqumingiz nopokdir.
Kuni kecha qisir g'unajinni bo'g'oz deb pulladingiz va yana
kolxozning poliziga qorovul bo4lib turganingizda yetti pud
piyozni bir qadoq ko4knoriga almashtirib ichgansiz...
 Yo navzambillo!  yoqasini ushlab o4rnidan turdi Danak
qori pochcham  halqumi  deb o4zlarini atamoq
darkorkim, bog4laridan kesib olingan behi tayoq Makkatillodan
kelgan hassai Muso deb avomni aldab yuribdilar.
Qarasam, ikkovlari o'rtasidagi janjal hali-beri tugaydigan
emas. Kechasi uyqudan qolgan emasmanmi, bu yoqda uyqum
kclib ko'zlarim yumilib ketyapti. Nariroqdagi bcf sh ko'rpachaga
cho'zilib to'satdan uxlab qolibman. Qancha uxlaganimni eslay
olmayman. Bir mahal ko'zimni ochsam, ikkovlari bir o'ringa
o'tirib olib, xuddi yelimlab qo'yilgandek bir-birlariga qapishib
yelkalari bilan hadeb biri ikkinchisini itaryapti.
 Qani, nariroq o4tirsinlar-chi!  deydi Bodom qori.
 Yo'q o'zlari nariroq o'tirsinlar,  dedi Danak qori
pochcham.
O'zi uyqudan zo'ri bo'lmas ekan. Shu paytda men o'zimni
shuncha xushyor tutishga harakat qilsam ham bari bir yana
uxlab qoldim. Nazarimda bu gal uncha uzoq uxlamadim shekilli.
Nega desangiz, ko'zimni ochganimda ikkovlari hamon bir joyda
o'tirishar edi. Endi ular Yong'oq qori hammamizning obro'yimizga
putur yetkazibqochdi, endi mana bu lagerni qurayotganlar
kuchayib, hech kimdan hayiqmay bugun-erta Uzunquloq
pirimning qabrlarini buzib tashlaydi, shuning oldini olishimiz
kerak, deb maslahat qilishar edi. Danak qori endi odamlar
bizning gapimizga kirmaydi, deb bu taklifga qo'shilmadi.
 Xo'sh, unda nima qilamiz, mulla Bodom0
 Abdushukurovni o'ldiramiz.
Danak qori juda qo'rqoq ekan, bu gapni eshitib, rangi-quti
o'chib ketdi:
 Ra'yingizdan qayting.
 Qaror qat'iy. Aks holda, Uzunquloq pirimning
qabrlaridan judo bo'lamiz.
 Men bu ishga bosh qo'sholmayman,  qaltirab dedi Danak
qori pochcham,  yaxshisi, mozor ham o'zingizga  qolsin.
Menga xatmi-qur'on bilan janozadan tushgan pul ham yetadi...
Sizning yuragingiz dadilroq, qo'rboshiga yigit bo'lgansiz botirsiz!
Keyin ikkovlari Abdushukurov amakini qanday hech kimga
bildirmasdan o'ldirish to'g'risida rcjalar tuza boshlashdi. Bu
ishni, mana shu lagerda tilanchilik qilib o'tiradigan beli bukri,
soqoli oppoq oqargan bir darvish bor edi, o'shanga
topshiradigan bo'lishdi. Bukri bukri emas, balki Qizil yulduz
kolxozining omborchisi Sultonov degan yosh yigit ekan.
O'n yilga qamalib ketayotganda qochib mening ustozim
bo'lmish Yong'oq qoridan panoh so'rab kelgan ekan. Qori
pochcham o'z qo'li bilan oppoq soqol yasab berib boshiga ham
yasama soch kiygizib, beli bukri bo'lsin deb yelkasiga uvada
boglab: Uzunquloq pirimga xizmat qil! deb tayinlagan ekan.
 Yong'oq qori ko4p puxta odam edilar,  deb so'zini
tugatdi Bodom qori amakim. Danak qoriga tashqariga chiqib
darvishni chaqirib keling, deb buyurdi.
Men qora oshqovoqning yarim pallasini bo4yniga osib olgan,
bir yildan buyon qoliga ham, yuziga ham suv tegmaganidan sochsoqoligacha
sarg'ayib ketgan juldur kiyimli bu darvishni har kuni
ko'raman, gaplashaman. Kun bo4yi tilanchilik qiladi. Aziz
avliyolarning she'rlarini aytib, boshini tebratib, paranji yopingan
xotinlarni rosa yiglatadi, cho4ntagidagi bor pulini qoqib oladi.
She'rlarini ko4p eshitganimdan ohangi yoqib qolgani
uchunmi, xatto uni yodlab ham olganman:

Bismillodin baron aylab,
Hikmat avtdim toliblarga,
Durri-gavhar sochdim mano,
Riyozatni qattiq iutib,
Qonlar yufib,
Men daftari v son in so 'zin
Ochdim mano...

Danak qori darvishni boshlab kirdi. Darvish uzun irgay
tayoqqa osilib, Bodom qori amakimga ta'zim qilib, qo'l
qovushtirgancha buyruq kutardi.
 Xo4sh, mulla Boita, ishlar qalay?
 Bir navi, pul yaxshi tushmayapti.
 Pulni qo'ya turing hozircha,  qo4lini siltab qo4ydi
Bodom qori,  sizni xavf-xatardan ogoh qilib qo4ymoqchiman.
 Qanaqa xavf?  qaddini rostlab ko'zlarini o'ynatib
so4radi darvish.
 Sizni bu yerda ekanligingizdan hech kimning xabari
bormidi?
 Xudoyi taolodan boshqa hech kimning xabari yo4q.
 Lager qurilishining direktori Abdushukurovni taniysizmi?
 Taniyman. Lekin u meni tanimaydi.
 Shu odam sizning kimligingizni bilib qolibdi.
 Kecha yonimdan  turib: Ivirsimay ! degan ediya,
 dedi darvish tashvishlanib.
 Ha, barakallo!  xursand ׳ dedi Bodom qori amakim.
 Shu odam sizni melisaga chaqib bermoqchi.
 Melisaga?!  qattiq qo'rqib ketdi shekilli, darvishning
ko'zlari naq joyidan chiqib ketayozdi.
 Ha, melisaga,  tasdiqladi Danak qori pochcham ham.
 Men hoziroq borib uni chavaqlab tashlayman!  darvish
yonini paypaslab pichog4ni axtara boshladi,  ichagini boshiga
salla qilaman.
 Hay, hay, o'zingizni bosing. Shaytonga hay bering, 
nasihat qildi Bodom qori. Keyin Abdushukurovni o4dirish
yo'llarini axtara boshlashdi. Pichoqlab o'ldirish  bu jinoyat
bo'lar ekan. Shuning uchun darvish uni bo'g'ib o'ldiradiganu,
qori pochcham ertasiga odamlarga: Yigit bechora Uzunquloq
piri mozorini buzib o'rniga lager quraman deb o'z joniga jabr
qildi. Bu xudoyi taoloning g'azabini keltirdi, xudo o4z omonatini
oldi-qo'ydi... Esizgina, yosh ketdi-da... bolalariga jabr bo'ldi...
deb hammadan oldin yig'laydigan bo'ldi.
 Kechasi, el uxlaganda qishloqqa tushib borib o'z uyida,
uxlab yotgan o'rnida bo'g'asiz,  deb davom etdi Bodom qori
amakim.
 Ko'nglingiz tinch bo'sin, taqsirim,  kulib qo'ydi darvish,
 bunaqangi ishni birinchi qilayotganim yo'q xudoga shuki\
ishim doim o'ngidan kelgan.
 Iloyo omin!  qo'l  fotiha berishdi qorilar, 
xayrli ishingizda Uzunquloq pirim madadkor bo'lsin.
ziyoratchilar ko'payib, nazri niyozga baraka kirsin, oblovhu
akbar!
Har kuni fotiha o'qib o'rganib qolgan emasmanmi, qayerda
o'tirganimni ham unutib men ham ovozimni cho'zib:
 Oblovhu akbar!  deb yuboribman. Yashirmay qo'ya
qolay, shu paytda o'zimni yo'qotgudek shoshib qolgan edim.
Nima qilishimni, ishni nimadan boshlashimni bilmayman deng.
Qori pochchamning qo'lidagi behi tayoqni olib hammalarini
savalab ketay desam, o'zingdan katta odamni urish aqldan emas
Shartta o'rnimdan turib uchastkovoy militsionerni axtarib
ketdim. Uchastkovoy amaki qiladigan ishi bo'lmagani uchun
qishlog'imizdagi aptekachi bilan kun bo'yi shaxmat o'ynab
o'tiradi. Uni bugun ham xuddi aptekaning o'zidan topdim.
 Amaki, amakijon!  deb yuboribman osongina topganim
uchun o'zimda yo'q sevinib.
 Sal o'zingni bos, nima gap okzi?  xavotirlanib o'rnidan
turdi uchastkavoy amaki.
 Siz Bolta Sultonovni tanirmidingiz?
 Taniyman. Ikki yil avval qamoqdan qochgan.
 Men uning qayerdaligini bilaman.
 Rost aytyapsanmi?  negadir yonboshidagi naganini
paypaslab qo'ydi uchastkavoy amaki.
 Menga qara, sen anavi Ro'zi traktorchining o'g'limisan?
 Topdingiz, o'shaman.
 Yong'oq qori uxlab yotganda... ushlab bergan senmiding?
 O'sha men edim-da,  deb qo'ydim yaxshiroq gap
eshitsam kerak deb taltayib.
 Agar bu gaping ham rost boMsa, men senga... Men seni
drujinachilar ro'yxatiga yozib qo'yaman. Yo'q,... yaxshisi.
militsiya nachalnigiga aytib, katta mukofot olib beraman.
 Amaki, menga mukofot kerak emas,  dedim shoshibpishib,
 mengachi, kitob soladigan bitta javon olib berasiz.
Men uni Orifga sovg'a qilmoqchiman...
 Ketdik!  dedi uchastkavoy amaki qizil shapkasini
boshiga kiyib,  gaping rost boMsa, bitta emas, ikkita javon
olib beraman.
Oradan yarim soat o4tar-o'tmas, diydiyo o4qib xotinlarni
yigklatib o'tirgan darvishning qo'lini orqasiga bog'lab, iyagiga
yelim bilan yopishtirib olgan uzun soqolini yulib tashladik.
 Qani, yur!  dedi uchastkavoy amaki yelkasiga
naganning sopi bilan turtib.
 Javon esingizdan chiqmasin, amaki!  deb qichqirdim
orqalaridan.