XIV b o b

UZUNQULOQ OTA YOKI URG'OCHI ESHAK
QISSASI

Y^uguraverib rosa holdan toygan ekanman, muzdakkina
tosh ustiga o'tirib har narsalar to'g'risida o'ylanib ketdim.
04ylab-o4 y l a b zerikkanimdan keyin qoMtig'imda turgan
qadpoqcham bilan shiringina suhbat qurdim.
 Balli scnga, qalpoqcham, hammasi sen tufayli boiyapti.
Xo'p desang, uchastkavoy amakiga aytib, scnga ham bir
mukofot olib bersam?
 Menga mukofot kerak emas,  tilga kirdi qalpoqcham,
 hozir o'rningdan turib, Bodom qorining orqasidan yugur.
 Uni qayerdan topaman?
 Uyiga ketyapti, yo'ldan topasan.
Shartta o'rnimdan turib qadrdon qalpoqchamni boshimga
kiydim-da, nariroqda ziyoratchilar qozonda sho'rva
pishirishayotgan ekan, Yong'oq qori pochchamning haqlari deb
go'shtining yarmini oldim-da, yoi-yo'lakay yeb Bodom qori
amakimning orqasidan yugurdim.
Qorin go'shtga to'ygan odam yaxshi yugurishini mcn
o'shanda bildim. Ishonasizmi, yarim soatlik yo'lni oln besh
minutda bosib qolyibman-a! Qori amakim y o i yurganda, mcn
uyqumda gapirib chiqgandek, u ham gapirib yurar ekan. Mana,
hozir ham ovozini chiqarib, javrab boryapti:
 E parvardigori olam, marhamatingga ming qatla shukr.
Mana, eson-omon kattagina mozorning shayxi ham bofclib
oldim. Kechalari qilgan nolamni, tezroq, Yong'oq qorini
gumdon qilgin, deb qilgan iltijolarimni inobatga olibsan-da.
Mana endi, jaraq-jaraq pullar, nazru niyozlar, meva-cheva, olz
oyog'i bilan yurib keladigan qokyu echkilar...
Bir mahal qarasam, Bodom qori amakim, haligi radiodan
Mulla Do'stning ashulasini beradi-ku, xuddi o'shaning
ohangiga moslab ashula aytib yelkalarini uchirib o'ynavorsa
bo'ladimi!

 Mullo Bodom, oving keldi,
oving keldi.
Davringni sur, cloving keldi,
doving keldi.
Ho, doving keldi... 

Deb ashulani vang qo'yib, yana birov ko'rib qolmadimikan,
deya u yoq-bu yog'iga qarab qo'yadi deng.
 Juft bo'lsin, qori pochcha!  deb yuborganimni o'zim
ham bilmay qoldim.
Qori amaki atrofiga ko'z yugurtirib hech kimni ko'rmagach,
qornim quldiradi shekilli... deb qo'ydi o4ziga.
 Ashuladan yana eshitaylik,  dedim yana.
 A? Birov gapirgandek boMdimi?
 Ha, men gapirdim.
 Tavba, sen kimsan o'zi?
 Men Hoshimjon... Yo'q, men... Dev bo'laman!
 Dev?! E xudo, e xudovando!  qori amakim og'zini katta
ochib ko'zlarini olaytirib qo'lidagi tayoqdek qotdi-qoldi.
Anchadan keyin kelib Muhammad payg'ambarning she'ridan
juft o'qib, o'ng va chap tomoniga dam soldi-da:
 Mendan nima istaysan, e ulug' Dev?  deb so'radi.
 Hozir borib Uzunquloq pirimning mozorini buzasiz.
 Buzasiz?!
 Ha, tekislab tashlaysiz. O'rniga yozgi kinoteatr solinadi.
 Nima, qabrni boshqa yoqqa ko'chiramizmi?
 Ko'chirsak ham bo'ladi. Qani orqaga qayting,  deb
qo'lidagi xassani tortib olib o'sha bilan sekin turtib qo'ydim
qori amakimni,  bo'lmasa joningizni olaman.
Qori amaki qanaqa voqea yuz berayotganiga aqli yetmay,
o'ngimi-tushimi, xatto shuni ham aniqlay olmay, qo'rqa-pisa
duolar o'qib mozorga qarab y o i oldi. Nima qilish kerakligini,
ishni avvalo nimadan boshlash zarurligini uqdirib boryapman.
Yo'lda boryapti-yu, aroqni ko'p ichib qo'ygan odamdek
gandiraklab-gandiraklab ketadi. Ikki marta shataloq otib
qochmoqchi ham bo lgan edi, to'sib qo'limdagi tayoq bilan
ycngil-yelpi turtib qo'ydim.
Ziyoratgohga yetgach, qabrni quchoqlab:
 Ey, Uzunquloq pirim, o'zingiz panohingizda asrang,  deya
iltijo qila boshladi.  qabringizni boshqajoyga ko'chirmoqchilar...
insu jinslar yelkamga tayoq, tirab turibdi... Ey pirim!
Qori amakim men nima deb tayinlagan boMsam, xuddi
shunday qildi. Ziyoratchilarni, tilanchilarni, qassobu choyxonachini,
lager qurilishida ishlayotgan ishchilarning hammasini qabr
atrofiga to'plab:
 Pirimning hoklarini boshqajoyga olamiz,  dedi qaltiroq
ovoz bilan.
Ziyoratchilardan yetti kishi ho'ngrab yig'lab yubordi, besh
kishi yuzini teskari o'girdi. Uch kishi bu dargohdan darrov
jo'nab qoldi. Ishchilarning ko'pchiligi, nazarimda, qarsak chalib
yuborgandek bo'ldi. Qurilish direktori, ertalab qori amakim
tomonidan o'limga mahkum etilgan Abdushukurov amaki:
 Qori pochcha, siz o'zi ajoyib odam ekansiz!  dedi sevinib.
 Ajoyib bo'lmay o'lay! deb qori amakim qabrga ketmon
urdi. Keyin ko'plashib ketishdi. Hash-pash deguncha
Uzunquloq pirimning suyaklari ham chiqib qoldi.
 le, bu eshakning suyagi-ku!  dedi qabrdan suyaklarni
olayotgan kishi.
To'planganlar angrayib qolishdi. Bir xili xuddi apshu deb
aksirmoqchi bo'lgandek og'zini ochib, ko'zini yumgancha; bir
xili ham ko'zini, ham og'zini ochgan-cha; oldingi qatorda
turganlar boshini orqaga tashlab, orqada turganlar xiyol oldinga
egilgancha qotib turishardi. Nariroqda Bodom qori amakim
bilan Danak qori pochcham xuddi jin chalib ketgandek tildan
qolib. yoqalarini ushlashib, galma-gal yelka qisishyapti.
 Yo4q, otning suyagi.  dedi odamlardan biri nihoyat
tilga kirib.
 Kcchirasiz, bu xachirning suyagi,  dedi ikkinchisi.
Ziyoratgohning mo'ylovdor qassobi suyaklarni qoMiga olib,
ko'zini qisib u yoq-bu yog'iga nazar tashladi-da:
 Eshakniki,  dedi ishonch bilan,  urg'ochi eshakning
suyagi...
Odamlar asta-sekin o'ziga kelib qabrni yana ham chuqurroq
kovlab ko'rish kerak, pirimning suyaklari ehtimol pastroqdadir,
deb iltimos qilishdi. Qabr yana kovlandi. Toshdan boshqa hech
parsa chiqmadi. Yigirma choqli odam o'sha atrofni ilma-teshik
qilib yubordi hamki  hech narsa yo'q.
 Xo'sh, taqsir, bu qanaqasi bo'ldi?  deb sokradi ziyoratchilardan
bin Bodom qori amakimdan.
 Men... yo'g'-e, yaxshisi, mullo Danak gapirsinlar, 
orqaga tisarildi qori amakim,  bu kishi Uzunquloq pirimning
avlodi bo'ladilar...
 Yo'q, okzlaridan bo'lsin,  shunday deb Danak qori
Bodom qorining orqasiga o'tib, bekinib oldi.
Odamlar o'rtasida avval pichir-pichir, keyin g'ala-g'ovur
bosilmadi. Qorilar bizni laqillatib yurishgan ekan, degan gaplar
ham bo'ldi. Pirimning suyaklarini kofirlar o'g'irlab, o'rniga
urg'ochi eshakning suyagini ko'mib ketishgan ekan..., mazmunidagi
mulohazalar ham o'rtaga tashlandi. Nihoyat, lager
quri 1 ishida ishlayotgan soqolsiz bir chol o'rtaga chiqib:
Tog'ning ichkarisida bir yuz o'ttiz to'rt yoshga kirgan Qobilbobo
ismli bir chol yashaydi. Har gal ko'rgani borganimda:
O'sha eshakka sig'inuvchilar, deb so'rashadi. Ehtimol. o4sha
kishidan bir gap chiqar...  degan edi, ko'pchilik chuvillab:
 O'sha cholni olib kelish kerak!
 Darrov mashina yuborish kerak!  deb qoldi.
Hazil-hazil bilan haligi soqolsiz cholni qurilishda ishlayotgan
bir mashinaga o'tkazib toqqa jo'natib yuborishdi.
Pirimning qabridan urg'ochi eshakning suyagi chiqqani
tokg4risidagi shum xabar birpasda yaqin o'rtadagi qishloqlarga
ham tarqab, to bir yuz o'ttiz to4rt yoshga kirgan cholni olib
kelgunlaricha ziyoratgohni odam demagani chumolidck bosib
ketdi. Eski paranjini yopinib, hatto buvijonim ham kelib qoldi.
 Sen nima qilib yuribsan, Hoshim?  deb so'radi mendan.
 Olzim, shunday... O'ynab yuribman.  tushuntirdim
buvijonimga.
Qobilboboni mashinaning kabinasida olib kelishdi. Qo'ltiglidan
olib Yong'oq qori pochcham va'z aytadigan tepalikka olib chiqishdi:
 Endi bolalarim...  entikib dedi Qobilbobo. qarilik
qursin, charchab qoldim. Bir oz nafasimni rostlab olay... zap
to'planibsj^lar-da, hammasini gapirib beraman...
Bu voqeaga bir yuzu yigirma yetti yil bo'ldi. O'shanda men
yetti yoshli bola edim. Pastki qishloqda Rahiru o'tinkash dcgan
bir chol yashardi. Bechoraning bitta urg'ochi eshagidan boshqa
hech narsasi yo'q edi. Toqqa chiqib o'tin kesib, o'sha eshagiga
yuklab bozorga borar edi. Bir kuni tog'dan archa ortib
kelayotganda, eshak mana shu men turgan tepalikdan pastga
tushayotib, oyog'i tiyg'onib, yiqiladi-yu, beli cho'rt uzilib
ketadi... Chol yig'laydi, siqtaydi, yigirma yil ro'zg'orini
tebratishga yordam qilgan bu qari eshakni ko'p hurmatu e'zoz
bilan mana shu yerga ko'madi. Charchab, qabrga suyanib dam
olayotganida tog'dan begona o'tinchilar tushib kelishib:
 E, bobo, bu qanaqa qabr?  deb so'rashadi. Chol yigiab:
 Valine'matimni ko'mdim,  deydi yarim hazil, yarim chin
qilib, meni yigirma yildan bo'yon boqib kelgan... Uzunquloq
pirimni ko'mdim...
O'tinchilar bechora cholga achinib, bir tanga, yarim
tangadan berib o4tib ketishadi.
Chol uch-to'rt yil mana shu yerda tilanchilik qilib Rahimqul
oigandan keyin Azizxon eshon bu yerga kelib dahma soldirdi,
toi, chinorlar ektirdi, buloqlarning atrofiga ko'rib
turganlaringdek, harsang toshlar yotqizdirdi. Qabrning ustiga
marmar toshdan sag'ana qildirib:
 Uzunquloq pirim katta avliyo edilar. Kofirlar bilan jang
qila-qila mana shu tepalik yonida shahid bo'ldilar...  deb
boplab ma'ruza qildi.
Shu-shu boidi-yu, Uzunquloq pirimning ovozasi yetti muzofotga
tarqalib ziyoratchilar bu yerga seldek oqib kela boshlashdi. Kimki,
bu gaplar yolg'on desa, uni toshbo'ron qilishga buyurdilar... Eh-he,
bu yerda ne-ne eshon, eshonvachchalar boyib davru davron surmadi...
qo'rboshi zamonida ne-ne yigitlarning qoni to'kilmadi,
bosmachilarga qarshi chiqqani uchun kofir deb atalib, bu qabr
atrofida ne-ne azamatlar qo'ydek bo'g'izlanib ketdi...
Bir kun men ham bu yerga eshak ko'milgan, deb baloyi
azimga qoldim, toqqa qochib, arang qutuldim.
Bundoq qarasam, odamlar xuddi gipnoz qilingandek qotib
qolishibdi. Ammo hammalari ham qo'llarini musht qilib,
tishlarini g'ijirlatib turibdi. Buvijonim boMsa nima qilarini,
shuncha yil aldanib kelgani uchun alamini kimdan olarini
bilmay, bezgak tutgandek dag4-dag4 qaltirayapti.
 Endi so4z qorilarga, qorilar gapirsin!  dedi
Abdushukurov amaki.
Qori pochchalar Qobil bobo gapirib odamlarni og4ziga
qaratib turgan paytda xayr-ma'zurni nasiya qilib sekingina
juftakni rostlab qolishgan ekan, hech joydan topib boimadi.
Odamlardan biri ajoyib bir taklif kiritib qoldi. O'sha aqlli
odamning ta'rifi bilan eshakning suyaklarini yig'ib, sim bilan
bogMab, chinorga, eng novcha odamlarning ham qo'li
yetmaydigan joyga osib qo4yishdi. Tagidagi bir parcha taxtachada
esa birinchi sinf o'quvchilari ham bemalol o4qiy oladigan kattakatta
harflar bilan mana bunday yozuv yozilgan edi:
Bir yuz yigirma yetti yildan buyon dindorlar sig'inib kelgan,
beli sinib o'igan urg'ochi eshak  hazrati Uzunquloq pirimning
suyaklari mana shu bo4ladi...Qo4l tekkizilmasin, shtraf o4n
so4 m.