XV bob

YAPROQLAR QARSAK CHALADI

unday qilib desangiz, ishlarim yana yurishgandan
yurishib ketdi. Buvijonim meni boplab tarbiyalayman deb,
o'rtoqlarimdan ajratib olib, uyga qamab, eshon pochchamga
shogirdlikka berib jonginamni qiynayotgan edi. Endi u bu
fikridan butunlay qaytganga o4xshaydi, nega desangiz, bugun
ertalab namozga meni uyg4otmadi.
Ko'zimni ochib:
 Buvijon, men ham turaymi?  deb so'radim.
 Uxlayver, bolam, dedi buvijonim qo'l siltab,  mening
aldanganim ham yetar.
Buning ustiga xuddi o'sha kuni ertalab uchastkavoy amakim
va'dasining ustidan chiqib yuk tashiydigan mashinaga eskiroq
bo4lsa ham bitta kitob soladigan javon yuklab kelib qoldi.
Mashinaning orqasini to4ppa-to4g4ri Oriflarning ko4cha eshigiga
to4g4riladik. O'zimizninguyga tushirsakham bo4lar edi-yu, lekin
gap-so4z ko4payishidan qo'rqdim. Buvijonimning odatini
bilasiz-ku, axir har xil savollarni qalashtirib tashlashda algebra
o'qituvchimizdan keyin qishloqda ikkinchi o'rinda turadi.
Nega militsioner senga shkaf keltirib berdi, nega boshqaga
bermaydi, yo yashirincha aloqang bormi?.. degan savollarga
ko4milib ketishim turgan gap. Shuning uchun to4ppa-tokg4ri
Oriflarnikiga tushiraverdik.
Uchastkavoy amaki shkafni chertib:
 Taraqlashini qara,  deb qo4ydi,  eski bo'lsa ham,
yangisidan yaxshi!
 To4g4ri,  dedim men ham sevinib,  bo4yab, ko'chgan
taxtalarini qaytadan qoqsa  yap-yangi bo'ladi.
Orif shunaqangi xursand bo4ldiki, shunaqangi xursand
bo4ldiki, shkafning bir chekkasidan ko4tarish o'rniga, mening
yelkamdan quchoqlab:
 Sherik, sherikvoy!  deydi nuqul irgMshlab, 
kitoblarimning hammasi sig4adi endi, bemalol sig'adi. Ming
rahmat senga!..
 Hatto o4zing ham sig'asan,  deb yana ham xursand
qilib yubordim do4stimni,  oying bilan arazlashib qolgan
kunlaringda ichiga kirib bemalol uxlayverasan...
Shkafni ko4plashib joyiga qo4yib kitoblarni tartibi bilan terib
bo'lgan ham edikki, qovog'ini ayron xaltadek osiltirgancha
Mirobiddinxo'ja kelib qoldi. Senga aytadigan yashirincha
gapim bor, deb meni qo'ymasdan tashqariga olib chiqib ketdi:
 Sherik, maslahat so'rab keldim,  dedi u shivirlab.
Xayriyat, mendan ham maslahat so'raydigan odam bor ekan
bu dunyoda deb, ishonsangiz shu paytda boshim osmonga yetdi:
 Qanaqa maslahat?
 Hech kimga aytmayman, deb so'z bergin avval.
 Birovga aytsam. kallamni shartga kesib tashlayman.
 Men, sherik, bugun kechasi qochib ketmoqchiman...
Sen menga yo'l-yo'rig'ini o'rgatib qo'y. Axir sen bunaqa
ishlarga ustasan-ku.
 Nima, sen ham qalpoqcha topib oldingmi?  deb
yuborganimni bilmay qolibman. Aytishga aytdimu qo'ltig'imda
turgan qalpoqchamni paypaslab ko4rdim, yo4q, joyida turgan ekan.
 Qalpoq, topganim yo'q,  dedi Mirobiddinxo'ja,  men,
bilasanmi, yangi d o p p i m n i kiyib qochmoqchiman.
 Nega endi qochmoqchi bo'lding?
 Ishlar chatoq, men rasvo bo4ldim,  yig4lamsirab dedi
Mirobiddinxo'ja,  hech kimga aytmaysan-a? Xo'p, ochig'ini
aytaman. Men o'tgan yili Azroil boboni ko4rganman. Xumga
qamab olib, meni rosa savalagan. Yana tag4in yolg4on gapirib,
odamlarni aldasang, joningni olaman degan.
 Rostdan-a?  deb qo'ydim jo'rttaga.
 Rost. Oyim, mana, qorilar rasvosi chiqib qochdi, endi
qishloq o4zimizga qoldi. Tag4 in xumga tushasan, bolam,
deyapti. Men endi tushmayman desam, oyim boshimga
mushtlab tushmasang teringga somon tiqaman deydi. Bu
yoqda Azroil bobodan qo'rqaman, qori pochchalarniyam,
oyimniyam  hammasini yomon ko4rib qoldim. Yo4q,
oyim o'zlari yaxshi-ku, mana shu yolg4on gapirtirgani
yomon-da. Bu yoqda o4qishim ham rasvo bo'lgan, xumda
o ' t i r ib o'yinga tushaverib hammayoqni 2ga bostirib
yuborgan ekanman. Ko4chmay qoldim, oltinchida qolib
ketganman.
Bir xil vaqtda, nima sababdanligini bilmaymanu, ammo
gapga juda chechan bo'lib ketaman. O'zimdan katta odamlarni
ham og'zimga qaratib o4tirgan paytlarim ko4p bo4lgan. Shu
topda ham gapdonligim juda tutib ketdiyu Mirobiddinxo4jani
ham xash-pash deguncha uydan qochish to4g4risidagi fikrdan
butunlay qaytardim-qo'ydim.
 04 q i s h masalasida esa tashvishlanma,  dedim, 
ikkovimiz birga o'qiymiz. Xo'p desang, derazaning yonidagi
katta partada birga o4tiramiz. Men bu yil albatta sinfkom
bo'lsam kerak. Seni tozalik komissiyasiga rais qilib qo'yaman.
Qara, qo'llaring oppoqqina, tirnoqlaring olingan... Oyingni.
hali aytganimdek, shu bugundan qoldirmay o'zim
ko4ndiraman. Lekin mening borishimni avvaldan aytma,
xo4pmi?
 Xo4p,  dedi Mirobiddinxo'ja xursand bo4lib.
 Demak, kelishdik. Qani, oppoq qo'lingni bir qisib
qo'yaychi, tozalik komissiyasining bo4lajak raisi,  deb
qo'llarini qattiq qisib, peshonasidan o'pib, qiqirlatib kuldirib
do'stimni kuzatib qo'ydim.
Uyga kirib Sora xolamning odamiarni aldaydigan katta
xumini qanda> qilib sindirsam ekan, deb har xil rejalar
tuzayotgan edim, ko'chadan avval mashinaning signali, ketidan
bolalarning qiyqirig'i, Hoshim deb chaqirgani eshitildi.
Tashqariga chiqib kelgan buvijonim:
 Hoshimjon, chiq, o'g'lim, o'rtoqlaring keldi,  deb
qistadi,  lager qurilayotgan joyga borib, tosh terarmishsizlar.
 Chiqmayman, buvijon,  dedim jo'rttaga.
 Nega endi chiqmaysan, bolam?
 Men siz bilan o'tirib bu yerda har xil she'r o'rganaman.
Narigi dunyoning payidan bo'laman... Nima qilaman, esi yo'q
bolalarga qo'shilib.
 Narigi dunyosi qurib ketsin!  shunday deb buvijonim
menga yaqinlashib asta meni tizzasiga oldi. Erkalab peshonamlan
o'pdi.  Obbo o'zimning eslik o'g'lim-ey, buvijoningning
oltmish yil eshakka sig'ingani ham yetar... Seni behuda qiynab
qo'yibman. Mayli, yomon o'qisang ham o'rtoqlaringning ichida
bo'l. Tur endi, qarab qolishdi.
Shartta o'rnimdan turdim-da:
 Buvijon, mana shu gapingiz uchun sizga, albatta.
ko'zoynak olib beraman,  deb tashqariga chiqa boshladim.
 Umringdan baraka top, bolam.
 Yo'q, buvijon, qo'shqavatligidan olib beraman.
qo'shqavatligidan!  Yugurib ko'chaga chiqib ketdim.
Besh tonnalik katta mashina liq to'la bola ekan. Meni ko'rishlari
bilan qiyqirishib, darrov qoiimdan tortishdi. Qancha vaqtlardan
buyon bunaqangi ko'pchilik bo'lib to'planmagan edik. Sevinishib
qarsaklar chalib, ashula boshlab yuborganimizni o'zimiz ham
bilmay qolibmiz. Sheriklarim mening o'yinlarimni sog'inib
qolishgan ekan, men ham tarang qilib o'tirmay darrov kabinaning
tomiga teskari o'tirib, o'ynashga tushib ketdim:

Bo 'sh bola, bo 'sh bola,
O 'yinlari besh bola,
besh bola,
deyishib qarsak chalishganda egilib hammalariga salom berib
qo'yaman.
O'yin-kulgi bilan ziyoratgohga yetib borganimizni sczmay
qolibmiz. Mashinadan tushib birinchi qilgan ishimiz chinorga
osib qo'yilgan eshakning suyagini tomosha qilishu ostidagi
yozuvni o'qish bo'ldi. Orifning fikricha, eshak deganda ikkita
sh yezilar ekan. Men darrov e'tiroz bildirib nega endi, ikkita
sh yozilar ekan, qari eshakka bitta sh yozishsa ham
bo'laveradi, deb zo'rg'a ko'ndirdim.
Shu atrofda bir yo'la beshta buldozer ishlab, o'nqir-cho'nqirlami
tekislayotgan ekan. Tekislangan yerlardagi tuproqdan
chiqib qolgan katta-kichik toshlarni tezroq terib olishda
yordamlashishimiz kerak ekan. O'ng-tersini surishtirib o'tirmay,
ko'ylaklarni yechib har tomonga uloqtirdik-da, ishlash mana
bunaqa bo'ladi deb, ishga tushib ketdik. Men darrov yigirma
chog'li bolani ajratib, alohida brigada tuzib, narigi brigadani o'zaro
musobaqaga chaqirdim. Bilasiz-ku, qishlog'imizning bolalari
sho'xlik qilib, doim oyilaridan gap eshitib yursa ham, ammo ishga
kelganda katta odamlarni ham qochiradi. Ikki soat o4tar-o4mas,
uch paykal yerning toshini terib, chinorning tagiga uyub tashladik.
 Tag'in ish bormi, ko'rsating?  deb so'radi o'qituvchimiz
Abdushukurov amakidan.
 Bir oz dam olib turinglar, hozir buldozer narigi yerga o'tib
ketadi.
Endigina ziyoratchilar har kuni maza qilib dam oladigan
salqin buloqlar bo'yiga, soy ustidagi bahavo so'rilarga o'tirib,
birpas dam olsak olaylik, deb turgan edik, qishloq tomondan
halloslagancha Zokir kelib qoldi:
 Meni chaqirmabsizlar-a!  dedi u xafa bo'lib.
 Chaqirish ham gapmi, deb qo'ydi tosh tashishda hozircha
ikkinchi o'rinni egallab turgan Mirobiddinxo'ja,  mashinaning
signalini chalaverib, qishloqni ko'chirib yuboray dedik-ku!
 Men bo'lsam bog'da uxlab yotuvdim,  o'zini oqladi
Zokir,  signalni eshituvdimu tush ko'rayotgan bo'lsam kerak,
deb yotaverdim. Qani, menga ham ish bormi?
 Bor,  dedi o'qituvchimiz,  qani, bir Kichkinajonga
o'ynab yubor-chi.
Sizga aytaman deb, esimdan chiqib qolgan ekan, Zokir jindak
uyquchiroq-ku, ammo qiziqchilik o'yinlariga tushishda undan
o'tadigani yo'q. Ayniqsa, Kichkinajonni qiyib tashlaydi.
Hammamiz katta chinor tagiga to'planib, davra olib, Zokirni
o'rtaga chiqardik. Avval uyalib turdi-da, keyin qoMlarini yoniga
qisib san'atini ko'rsata boshladi Zokir.

Kiehkinajon, kichkina,
Tovuqdan ham kichkina,
Tarvuzdan ham kichkina
Kiehkinajon, kichkina,
Tariqdan ham kichkina,
Kiehkinajon kichkina
Qo 'noqdan ham kichkina,
Kich k ina, kieh ikk Uici.

Yeru ko'kni qarsak, qiyqiriq ovozi tutib ketdi. Ishonasizmi,
xuddi shu paytda xursand boMganidan tepamizdagi chinorning
yaproqlari ham bizga qo'shilib qarsak chalar edi.
O'sha kuni lager qurilishidan qosh qorayganda xayrlashdik.
Do'stlarim bilan xayrlashib, uyimizga tomon jadal kelayotgan
edim, to'satdan qalpoqcham:
 Sheriklaring bilan uchrashganingdan xursandmisan? 
deb so'rab qoldi.
 Bo'lmasam-chi?!  deb qo'ydim.
 Bugun-erta o'qishlar ham boshlanadi, xabaring bormi.
Xabarim bor. Men bu yil yeng shimarib o'qimoqchiman.
 Unda meni o'z uyimga eltib qo4y,  dedi qalpoqcham,
 qachon yordamim kerak boMsa tortinmay boraver sen uchun
hamisha xizmatga tayyorman...
Shunday qilib desangiz, men o'sha kuni qadrdon qalpoqcham
bilan ikkinchi bor xayrlashdim.
 Xayr, qalpoqcham!  dedim ko'zimga yosh olib,  biz
yana ko'rishamiz.
 Xayr, quvnoq do'stim,  dedi qalpoqcham ham yigiab.
 albatta, ko'rishamiz.